Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi transport tizimini loyihalashda transport harakatini prognoz qilishi va takomillashtirish»



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/32
tarix19.12.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#150741
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi tran

Yo‘lning o‘tkazish qobiliyati 
– vaqt birligi ichida yo‘lning ma’lum kesimidan 
o‘tkazishi mumkin bo‘lgan avtomobillar soni, u avt/soatda yoki avt/sutkada 
aniqlanadi. 
O‘tkazish qobiliyatini quyidagi turlarga ajratish mumkin: 


– 
maksimal nazariy o‘tkazish qobiliyati 
– yengil turdagi avtomobillarni qulay 
yo‘l sharoitidan ideallashtirilgan tartibda o‘tkazishi mumkin bo‘lgan soni. Uni 
transport oqimining dinamik formulasi yordamida aniqlanadi: 
– 
amaliy o‘tkazish qobiliyati 
– qulay ob-havo sharoitida aniq yo‘l bo‘lagidan 
ma’lum harakat tartibiga ko‘ra avtomobillarni maksimal o‘tkazish mumkin 
bo‘lgan soni.
 
Avtomobil yo‘lining maksimal nazariy o‘tkazish qobiliyati quyidagi 
empirik formula orqali aniqlanadi: 
P=1000*V/L
d
; (avt/soat) 
Bu yerda: V – tasmada harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi, 
km/soat; Ld – avtomobillarning dinamik gabariti, m. 
O‘tkazish qobiliyati yo‘lning asosiy hisobiy ko‘rsatkichi bo‘lib, u yo‘lning 
holatiga va harakatni tashkil etishning darajasiga bog‘liqdir. 
Yo‘lning yuklanganlik darajasini quyidagicha baholash mumkin: 
Z=N/P. 
Bu yerda: P – o‘tkazish qobiliyati, avt/soat; N – harakat miqdori, avt/soat. 
Avtomobillarning dinamik gabaritidan ko‘rinadiki, bu ko‘rsatkich transport 
vositalarining bir tasmada bo‘ylama joylashuviga va transport turlariga bog‘liq. 
 
1.3. Shahar ko`cha yo`llarida transport tizimi boshqaruvining xorij tajribasi 
Ushbu dissertatsiyada biz avtomobil yo‘llarini boshqarishni xorij tajribasi 
misolida O‘zbekistonga qo‘shni davlat xisoblangan Qozog‘iston Respublikasini 
tanladik. 
Qozog‘iston Respublikasining poytaxti Ostona . Eng yirik shaxarlaridan biri 
Olmata shaxri hisoblanadi. Qozog‘istonning maydoni janubiy sharqdan 3000 km 
va shimoliy g‘arbdan 1700 km ni tashkil qiladi. Qozog‘iston Respublikasining 
maydoni 2724,9 ming.kv.km ni tashkil qiladi. CHegarasining umumiy uzunligi 
121187 km ni tashkil qiladi. Qozog‘iston shimolda va g‘arbda Rossiya 
Federatsiyasi bilan, (6467km), janubda Turkmaniston (380km), O‘zbekiston 
Respublikasi (2300km), Qirg‘iziston Respublikasi (980km), sharqda Xitoy halq 


Respublikasi bilan (1460km) chegaradosh hisoblanadi. CHegara kasbiy dengizga 
600 km gacha cho‘zilgan. Qozog‘iston Respublikasining avtomobil yo‘llarining 
umumiy uzunligi 90845 km.ni tashkil qiladi. Ulardan 23508 km respublika 
ahamiyatiga ega va 67337 km yo‘l viloyat va tuman ahamiyatiga ega yo‘llarni 
tashkil qiladi. Umumiy foydalanishdagi yo‘llarning katta qismi asfaltobeton, qora 
qoplamali va kum-shag‘alli qoplamalardan iborat yo‘llarni tashkil qiladi. Bu 
yo‘llarning umumiy uzunligi – 1963 km.ni tashkil etadi. Butun yo‘l tarmog‘i 
bo‘yicha qoplamasiz, ya'ni faqatgina tuproqli yo‘llarning umumiy uzunligi 170 
km.ni tashkil qiladi.Yo‘llarning katta qismini halqaro va respublika ahamiyatiga 
ega yo‘llar tashkil qiladi. Ularning umumiy uzunligi 20651 km.ni tashkil qilib, ular 
II-III-texnik toifaga kiradi va yo‘l qatnov qismi eni 7-8 metr uzunlikda bo‘lgan 2 
tasmali harakatlanish yo‘lagidan iborat. I texnik toifali yo‘llar 4 ta xarakatlanish 
tasmasiga ega bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 675 km.ni tashkil qiladi. I texnik 
toifali yo‘llar – viloyat markazlarini va ahli ko‘p istiqomat qiladigan punktlarni o‘z 
ichiga qamrab oladi. IV texnik toifali yo‘llar - 2040 km.ni va V texnik toifali 
yo‘llar–141 km.ni tashkil qiladi. Umumiy foydalanishdagi yo‘llarning katta qismi 
(25087 km) o`tuvchi qoplamaga (shag‘alli va chaqiq toshli) ega bo‘lib, shundan 
310 km qismi xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llardan iborat. Umumiy 
foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 3099 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar mavjud 
bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 117,6 ming pogonnometrni (pm) tashkil etadi. 
Shundan 95 foizi temir va temir-betonli, hamda 5 foizi yog‘ochli ko‘priklardan 
iborat. Ko‘priklarning aksariyat qismi Almata va Sharqiy-Qozog‘iston 
viloyatlarida joylashgan bo‘lib, har 100 km uzunlikdagi yo‘lga 6 ta ko‘prik to‘g‘ri 
keladi.



Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə