Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi transport tizimini loyihalashda transport harakatini prognoz qilishi va takomillashtirish»



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/32
tarix19.12.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#150741
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi tran

Shaharning transport infrastrukturasi quyidagilardan iboratdir

-aholini shaharning barcha rejaviy tarkiblariga borishini va zaruriy yuklarni 
tashishni ta’minlovchi ko’cha-yo’l tarmog’i (KYT); 
-ko’cha-yo’l tarmog’idan tashqari (yer osti va yer usti)dagi transport 
tarmog’i; 
-shahar rejaviy tarkibiga bog’langan tashqi (shaharlararo) transport; 
-transport xo’jaligiga xizmat qiluvchi inshootlar (transportlarni saqlash 
harakat tarkibini ta’mirlash parklari va depolari, yuklarni qayta ishlash 
tayanchlari yoki yuk tushirish maydonlari, energetika xo’jaligi, vokzallar va h.k.). 
Bundan tashqari, ko’chalar-bu shahardagi bino va inshootlar ansambliga 
estetik, ekologik rux bag’ishlovchi ochiq fazoviy muhitdir. Ko’chalarning 
chegaralari eni bo’yicha bosh rejada belgilanuvchi «Qizil chiziq»lar bilan 
belgilanadi.
Ko’chaning chegarasida quyidagilar: transport vositalarini o’tkazish uchun 
qatnov qismi, piyodalar harakati uchun trotuarlar, velosiped yo’laklari, relsli 
transportlarning yo’llari, ko’kalamzor qismi, yer usti qurilmalari-tashqi yoritish 
chiroqlarining tayanchlari, elektr transportlari uchun tayanchlar, ko’cha harakatini 
boshqarishni ko’rsatuvchi belgilar va turli xildagi qurilmalar joylashadi. 
Ko’chadagi yashil polosalar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
-trotuar bilan binolar orasida joylashadigan maxsus himoyalovchi yashil 
polosalar tashkil etish bilan aholini, binolarni shovqindan, changdan, gazlardan 
saqlash uchun; 
-trotuar bilan qatnov qismi orasida joylashadigan maxsus himoyalovchi 
daraxtzor va bo’talar ekish bilan piyodalarni qatnov qismidan himoyalash uchun; 
-qatnov qismini qaram-qarshi yo’nalishdagi harakatlarga bo’lish uchun 
ajratuvchi polosalar va h.k.lar uchun. 


Ko’cha va yo’llar yomg’ir va qor suvlarini shahar tashqarisiga olib chiqish 
uchun ham xizmat qiladi. Bu narsa ochiq ariqlar, yer osti suv tarmoqlari orqali 
amalga oshiriladi. 
Ko’chaning ostidan shaharni ta’minlovchi barcha turdagi muxandislik 
qurimalari o’tkaziladi. 
Umuman shaharsozlikda ko’chalarning yo’nalishi turarjoylar bilan bog’liq 
ravishda rivojlanib, asrlar davomida saqlanadi. 
Shuning uchun ko’cha va yo’l tarmog’i shaharning asosiy turarjoy 
tumanlarini sanoat zonalari, shahar markazi, tashqi transport, dam olish 
maskanlari va h. k. joylar bilan eng qisqa masofalarda hamda eng kam vaqt 
sarflanadigan holda bog’lashi lozim. 
Ko’cha-yo’l tarmog’i nafaqat amaldagi transport oqimini, balki yaqin 
istiqbolga mos ravishda bo’lishi lozim. 
Bunga misol, bugungi kunda ko’pgina eski shaharlarimizdagi dolzarb 
mavzuga aylanib ulgurgan transport harakatini tashkil qilish masalasidir. Bugungi 
kunda shaharlarimiz katta oqimga va yuqori tezlikka mo’ljallangan, boshqa 
ko’cha va yo’llar bilan turli sathlarda kesishadigan zamonaviy, tezkor yo’llarni 
talab etadi. Bu narsa esa o’z navbatida shahar ko’cha-yo’l tarmog’i sxemasida 
katta kapital mablag’ni talab etuvchi o’zgarishlar evaziga amalga oshiriladi. 
Qatnov qismida xaydovchining 
ko’rish zonasi
tushunchasi binolardan, 
kiosklar, plakatlar, daraxtlar, va boshqa xildagi halaqit beruvchi narsalarga, 
qatnov qismining sirtiga nisbatan eng kam masofa: 60-120km/s tezlikka mos 
ravishda 75-175m gacha qabul qilinadi. Qarama-qarshi yo’nalishdagi 
avtomobillar uchun bu ko’rsatkich ikki marta katta bo’ladi. 
Ko’cha yoki yo’lning markazidan o’tuvchi chiziq ko’cha yoki yo’lning 
trassasi 
deb ataladi. Trassa fazoda chiziqni ifodalab, u nafaqat gorizontal, balki 
vertikal holatini ham o’zgartiradi. Ko’cha trassasining vertikal proyeksiyasining 
ma’lum bir miqyosda bajarilgan grafik tasviri-ko’chaning bo’ylama profili 
deyiladi. 
Ko’cha yoki yo’lning bo’ylama profili
ko’cha trassasining o’qidan 
o’tgan vertikal tekislikda kesilgan tasviridir. Bo’ylama profil ko’chani alohidagi 


oraliqlarini loyihaviy qiyaliklarini yerning xaqiqiy sirtiga nisbatan holatini 
ko’rsatadi. Ko’chaning alohidagi qismlarini loyihaviy chizig’i ikkita nuqta 
orasidagi bo’ylama qiyalik 
i
ni ifodalaydi. Ko’chaning bo’ylama qiyaligi 
quyidagicha aniqlanadi. 
Tadqiqot oldida turgan navbatdagi yana bir muammo, bu-shahar hududida 
avtotransport vositalari ta’sirini kamaytiruvchi chora-tadbirlarga ketadigan 
mablag’ sarfini optimallashtirishdan iborat.
Bunday muammolarni ijobiy hal etishda: 
Shahar ko`cha yo`llarida transport harakatini boshqarish to`g`ri yo`lga 
qo`yilganmi? 
Magistral yo’l transport tizimini mukammallashtirish, yo’l sharoitlarini 
yaxshilash, tadqiqot jarayonida ko’zda tutilganmi? 
Aholi turar-joylaridan o’tgan magistral yo’l qismida piyodalar o’tish 
yo’lagi to’g’ri rejalashtirilganmi?
Olib borilgan tadqiqotning bajarish tavsifi va tadqiqot usuli ishlab 
chiqiladi. 
Tadqiqot ob’ektining farqlovchi xususiyatlari shundaki sfetofor bilan
boshqaruvchi harakat yo’lining avtotransportlar o’tishiga ijobiy ta’sirini 
oshirish chora-tadbirlar turkumi keng qamrovli ilmiy asoslangan tadqiqot 
natijalari asosida taqqoslash, matematik statistika usullarida taqqoslanadi va 
ular, o’z ahamiyatiga qarab, koeffitsientlar bir necha toifaga ajratish, chora-
tadbirlar o’zini oqlash muddatlari bashorat qilinadi. Bu hal etishga qaratiladi 
va u kerakli ma’lumotlar bilan shakllantiriladi. 
Tadqiqotda bajarilishi kerak bo’lgan masalalar va hal etish uchun
topshiriqlar shakllantiriladi va bo’lishi mumkin bo’lgan savollarga javob 
olinadi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə