Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə41/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Ijtimoiy ta’lim (o’qitish)
Ijtimoilashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar. Ijtimoiy makon va o’rinlar, ijtimoiy o’zini tutish meyor va qoidalari haqida ko’pgina bilimlarni o’z lashtiradi. U shuningdek integratsiyasi va jamiyatta kirishita yordam beraligan turli xil malaka va ko’nikmalarni egallaydi. Agar normal bolada normal bola (jismonan va psixik sog’lom) tugilsa, unda uning jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlariga ko’ra sodir bo’ladi. Bola avval jismoniy makonni o’z lashtiradi, unda yo’lini topishga o’rganildi: emaklash, utirish, yurish, yugirish va hokazo so’ng ko’chani o’zlashtirildi.
Bola yaqin kishilarini ajratadi otani, onani, aka-ukalarini o’z ismiga egaligiga o’rganadi, unta javob berishni boshlaydi. Bolada ijtimoiy hush ko’rishlar, his tuyg’ular, ijtimoiy tajriba shaqilanadi. Bola ijtimoiy rivojlanishda nutq xazinasidagi bor narsa til yordamida bola diliga o’tadi. Tilda xalq; tarixi, xarakteri, odatlari, ana’nalari saqlanib koladi. Tilni o’zlashtirib, bola xalq madaniyati, ijtimoiy tajriba va ijtimoiy ananalarni ham o’zlashtiradi. Eng muhim bo’lgan bola ijtimoiy rivojlanishi o’yinlarda sodir bo’ladi.
O’yinlar yordamida bolalar turli xil ijtimoiy ro’llar bilan tanIshadi. Agar bolalar jismonoy va psixik kamchiliklar bilan tug’ilsa, unga ijtimoiy tajribani o’zlashtirilishi ancha murakkabdir. Agar bunday bola oddiy oilada tug’ilsa bu haqda bolaning ijtimoiy tiklanishi ko’p holda bunga tayyor bo’lmagan ota-onalar zimmasiga tulanadi.
Bola o’zi uchun zarur bo’lgan muhitlaridan tashqarida, masalan, chaqaloq, uyida, so’ngra bolalar uyida tarbiyalansa boshqa gap. Bu holda bazi bir ijtimoiy ro’llarni tabiiy yil bilan o’zlashtirish bo’lmaydi: ota-ona. aka-uka boshqa qarindoshlar. Bunday hollarda bolalarda muayyan bir bilim va malakalarini shaqillantirishga imkon beradigan, ular ijtimoiy tajribani o’z lashtirilishiga va jamiyatda ularning entegratsiyasiga yordam beradigan maxsus metodiklar va texnologiyalar mavjud bo’lishi kerak.
Maktabda o’qitish jarayonida bola avvalombor akademik bilimlarini oladi. Biroq, shu bilan birga ijtimoiy me’yorlarini, ko’rsatmalarini, qadriyatlarini, ro’llarni yanada muffaqiyatli o’zlashtirilishini ta’minlaydigan ma'lum bir ijtimoiy bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashi lozim, bola ijtimoilashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarini berish va ijtimoiy malaka va ko’nikmalarni shaklantirish maqsadga haratilgan jarayoni ijtimoiy o’qitish deb ataladi.
Ijtimoiy ta’lim, birinchidan, o’qish va o’zini rivojlantirish turli shakllarda (faqat maktab yoki professional ta’lim shaklida emas) amalga oshirilishni va odamlar butun umr buyi mustaqil o’qishni davom ettirishlarini, ikkinchidan, ta’lim berish - davlatning mutloq vazifasi emas, balki butun jamiyat bu haqda gamshurlik qilish va faoliyat ko’rsatishini tan olishga asoslangan. Shu sababli har qanday hamjamiyat o’z muammo hamda vazifalarini o’z ini o’z i tashqil etish va o’z ini o’z i boshharish asosida hal qilish uchun turli (muqobil va variantli) ta’lim tizimlarini tashkil etish mumkin.
Ijtimoiylashtirilgan ta’lim ikki inson o’rtasidagi muomala madaniyatini shakllantiradi, hayotning ma’nosini va yo’nalishlarini aniqlashga, jamiyatda o’z o’rnini topishga, o’z imkoniyatlarini chamalab kurishga imkon beradi. Tabiiy - ilmiy ta’lim inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatni, uning tabiiy rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlarini hamda o’zlashtirishning maqsadga muvofiq usullarini o’tkazadi.
Texnologik ta’limda inson ilmiy - texnika yutuqlari, uning tamoyillari, metodlari, shozirgi zamon texnologiyasini o’zlashtiradi. Bu faqat ishda emas, balki turmushda, komunnikastiya sohasida, madaniy hayotda ham kerak. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining insonparvarona mohiyati shundaki, bunda ta’lim - shaxsni shakllantirish va rivojlantirish shakli va usullari sifatida qabul qilinadi.
Bu o’qitish va tarbiyalash maqsadi, mazmuni, metodi va vositalarini aniqlashda hal qiluvchi ro`l o’ynaydi. U o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasida ta’lim jarayonidagi o’zaro munosabatlarida o’zgarish yasaydi, o’quvchilar faolligi va mustaqilligini oshirish o’zini o’zi kashf etishining sufrekti bo’lib qoladi.
Ta’limni ijtimoiylashrirish o’qitish subyekti - o’quvchiga o’z qobiliyati va ichki imkoniyatlarini ochishga yordam beradi. Milliy dasturning ijtimoiy mazmuni tufayli ta’limda yangi qadriyat o’z ifodasini topadi. O’quvchining shaxsiy qiziqishlari va intilishlari birinchi o’ringa chiqadi, bunda ta’lim oluvchi o’z imkoniyatlarini tula ochishga muyassar bo’ladi. Mazkur, muammada insonparvarlik ta’limi bilan ijtimoiylashtirish o’rtasidagi munosabat muhim ahamiyatga ega. Bu faqat masalaning mohiyatini belgilash uchun emas, balki ayni vaqtda ta’limda boshlangan ijtimoiy o’z garishlarni amalga oshirishda va hayotga joriy etish yo’llari va vositalarini aniqlashga ham muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiylashtirish insonparvarlikning moshiyatini tushunib etishga ko’maklashadi, insonni totalitarizm asoratlaridan halos etadi, o’zligini anglatadi. Bu maqsadga bilimsiz erishib bo’lmasligi ma’lum narsa.Ta’limni ijtimoiylashtirish insonni bu dunyoda borligini anglashga imkon beradi.U faoliyat usullarini anglash va samarali o’zlash, o’ziga, boshqalarga, tabiyatga nisbatan uyg’un munosabatda bo’lish imkoniyatini beradi. Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o’quvchi inson moshiyatini anglaydi.
O’z hayoti dovomida inson to’g’risida hosil qilingan tushunchalar asosida, shaxs haqiqiy fuqaro bo’lib eto’shadi. Insonparvarlikka asoslangan ta’lim - ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funkstiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mo’taxassis shaxsi va uning dunyoharashi yaxlitligini ta’minlaydi. Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, ko’nikma, malaka, malaka berish, ularning insoniy dunyoharashini shakllantirishdan iborat. U bulajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli sohalarida insonparvarlik goyasi va qadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo’lib xizmat qiladi.
Ta’limda metodologik hayot tajribasiga ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi:

  • ijtimoiy - shaxsiy hayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon hisoblanadi;

-real vaziyatdan kelib chikib, ziddiyatli holatlarida ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi;
-mavjud amaldagi holatga doim moslashish jarayoni hisoblanadi;
shaxslararo aloqalarni hamrab oladi;
-shaxsning shakllanish jarayonini yo’naltiradi.
Ijtimoiy ta’lim (hamjamiyat orqali ta’lim berish) - tashabbuskor guruhlar, hamjamiyatlar, jamoalar, odamlarning o’zini o’zi boshharadigan uyushmalari shayoti va ixtiyoriy faoliyatining bir qismi sifatida muntazam, uzluksiz ta’limni tashkil etish konstepstiyasi va amaliyoti. Ijtimoiy ta’lim konstepstiyasi quyidagi g’oyat muhim prinsiplarini o’z ichiga oladi:

  • u ayrim odamlarda ham, guruhda ham o’z kuchlariga ishonishni va ularga tayanishni rivojlantirishga aratilgan;

  • u hamjamiyatda, hamjamiyat bilan birgalikda va hamjamiyat uchun ta’limning variyantliligi prinsiplari asosida (ya’ni uning obyektiv xilma - xilligini e’tirof etish va ushbu xilma - xillikni ta’lim amaliyotida ro’yobga chiharish asosida) amalga oshirilgan uzluksiz ta’limni qo’llab - quvvatlaydi;

  • u hamjamiyatdagi odamlarning muammolari va yoshtiyojlariga ta’lim jarayonining boshlangich nuqtasi deb munosabatda bo’ladi, shu sababli tug’ilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy muammolarni mustaqil hal qilish maqsadida samarali o’qitish va konkret professional trening shakllarini ahamiyatli, deb beriladi;

  • u ochiqdir va mushkul ahvolda tushib qolgan odamlar yoshtiyojiga hamda bolalarning muammolariga, ayniqsa hamdardlik bilan qaraydi, ularni pedagogika va psixologiya nuqtayi nazaridan qo’llab - quvvatlashga qaratilgan muxsus maqsadlarni qo’yadi;

  • u mavjud maorif tizimining xilma - xil ta’lim xizmatlarini ta’minlash borasidagi ishini to’ldiradi va har bir odamning aynan o’ziga kerakli va ta’lim standartlari hamda tasdiqlangan o’quv rejalari bilan belgilab qo’yilganiga qaraganda ancha keng ma’lumot olishga imkon beradi.

Ijtimoiy ta’lim, birinchidan, o’qish va o’zini rivojlantirish turli shakllarda (faqat maktab yoki professional ta’lim shaklida emas) amalga oshirilishni va odamlar butun umr bo’yi mustaqil uqishni davom ettirishlarini, ikkinchidan, ta’lim berish - davlatning mutlaq vazifasi emas, balki butun jamiyat bu haqda g’amho’rlik qilish va faoliyat ko’rsatishini tan olishga asoslangan. Shu sababli, har qanday hamjamiyat o’z muammo hamda vazifalarini o’zini o’zi tashkil etish va o’zini o’zi boshharish asosida hal qilish uchun turli (muqobil va variantli) ta’lim tizimlarini tashkil etish mumkin.
Mamlakatimizning o’tgan yillaridagi mentalitetida ijtimoiy ta’limni tushinish mafko’raviylashtirilgan tarbiyadan, ta’limni ijtimoiy - siyosiy maqsadlar bilan chegaralab quyilgan tizim deb tasavvur qilishdan iborat edi. Jamiyatdagi o’z garishlan talimga ham, hamjamiyatga ham, ularning o’zaro aloqasiga ham harashlarni ancha kengaytirdi.
Talim va hamjamiyatlarga mulTimadaniy tizimlar deb haraladigan bo’ldi, bu tizimlarda hamjamiyat individdan yuqori turib, uning rivojlanishini belgilamaydi, balki turli individlar birgalikda hayot kechiradigan, turli odamlarning birgalikdagi harakatlari amalga oshadigan jonli makon deb hisoblanadi.
. Tarbiya- ijtimoiy shayotning abadiy va umumiy mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini shaxs axloqiy xislatlarini shakllantirshning maqsadga haratilgan jarayoni sifatida ko’rib chiqiladi. Agar qandaydir sababga ko’ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo’lsa, demak munasabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo’lgan ijtimoiylashuvda qandaydir mos xislatlari ham shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan xislatlar shakllangan bo’lish kerak-shuni o’zi ijtimoiy tarbiyani vazifasidir. Ya’ni ijtimoiy tarbiya deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi xislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushiniladi.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə