Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə42/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Tarbiya jarayoni - uni tiklash, rivojlantirish va hayotda joriy qilish, ta’lim, milliy, ma`naviy - axloqiy qadriyat va normalar bilan bevosita bog’liq. Ular xalq pedagogikasi, urf - odatlari, bayramlari, o’yinlari va boshqalarda o’z ifodasini topadi». Ma`naviyat va ma’rifat» markazi, «Ma'rifatparvarlar», «Oltin meros», «Tarixchilar», «Faylasuflar» va boshqa jamoat tashkilotlari, jamgarmalari yuqorida qo’yilgan vazifalarni hal etishga katta imkoniyatlariga egadir «Qiyin» bolalar o’quvchilarning kam kismini tashqil etsa ham ular o’quv - tarbiyaviy ishlarda barharorlikka jiddiy to’siq bo’ladilar. Ular maktabda va undan tashharida (oilada, ko’chada, dam olish joilarida va h.k.) tartibsizlikni vujudga keltiruvchilar hisoblanadi.
Shuning uchun ham «qiyin» bolalar maktabda ham, undan tashharida ham o’qituvchi va barcha jamoat e’tiborida turishi kerak. 5- m. Tarbiyasi qiyin bo’lganlarning kelib chiqishining ijtimoiy - psixologik va psixologik - pedagogik sabab va omillarni byosh guruhga ajratish mumkin:
1.Noqulay oilaviy muhit, ota - onalari ortasidagi ziddiyatli vaziyatlar.
2.O’qishga bo’lgan qiziqishning pasayib ketishi va shu munosabat bilan o’qishdan sovib ketishi (60 - 70 % voyaga etmagan jinoyatchilar bir sinfda ikki yil o’qigan).
3. Ijtimoiy faolligi past va maktab jamoasida noqulay holat mavjud.
4. Mikromuhitning salbiy ta’ siri, salbiy referent guruh ta’ siri.
5. Biror faoliyat yo’zasidan o’z moyilligini, kiziqishini namoyon qilish imkoniyati bo’lmasligi.


Mustahkamlash uchun savollar
1 .Ijtimoiy ta’lim konsepsiyasining vazifasi ?
2.Ijtimoiy ta’lim va tarbiyaning davomiyligi?
3. Ijtimoiylashishda oila, maktabning hamkorligi.


Mahallalar - ijtimoiy o’z-o’zini boshharish o’rgani. Ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar.

Oila ko’z ochib ko’rgan dargoh bolsa, mahalla vatan ichidagi Vatandir. Mahalla oilallardan tashkil topadi. Farzandlar oila barida kamol topganlari kabi oila ham mahalla ichidagi ravnaq topadi, nurli kelajak sari intiladi. Shunday mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi , togday tayanchidir. Mahalla shunday bir dargohki, unda insonlar bir biri bilan opa-singil, kak-uka, quda-anda, dost birodar farzand tarbiyasida ahli ma’suldir.


Jamiyatimoizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish haroitida inson omilini vujudga keltirish davr talabiga aylandi. Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi, ma`naviy taraqqiyoti haqida g’amho’rlik jumhuriyatimizning asosiy maqsadidir. Kishi xislatlari uning mehnatga, ma’naviy, g’oyaviy va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oilada shakllanadi.
Jamiyat mustahkam, ma`naviy va axloqiy jixatdan sog’lom oila bo’lishidan manfaatdordir. Shu sababli jumshuriyatimiz oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi, shuningdek, ijtimoiy turmush haroitlarini yaxshilashda yordam berishni davlat ahamiyatiga molik ish deb bo’ladi.
Keyingi yillarda respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir qator qaror va yo’l-yoriqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta’minlovchi fikrlar, tavsiyalar berildiki, bular respublikamo’zning asosi - oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy kamolotida muhim ro`l o’ynamoqda. Chunki, oilalarning har tomonlama yuksalishi, tabir joiz bo’lsa, jamiyatning yuksalishi demakdir. Xuddi shu ma’noda kelajagimiz bo’lmish yosh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyoti davlat ahamiyatiga molik masala hamdir. Ikkinchi tomondan, jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo’lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Ota-onalarning bolalar tarbiyasi yo’zasidan mas’uliyatini kuchaytirish, tarbiyalashga oid layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini ta’minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Oila o’zining tarixiy taraqqiyoti davrida uzoq va murakkab yo’lni bosib otdi. Bu yo’lning o’ziga xos xususiyatlaridan biri jamiyatning o’zaro aloqalari va ijtimoiy vazifalarining tubdan o’zgarganligidir.
jamiyatning moddiy texnika va ma`naviy yonalishidagi o’zgarishlari oila faoliyatining o’zgarishiga sabab bolmoqda. Bunday o’zgarishlar oila qurish, mehr-muhabbat, o’zaro do’stlik va farzand ko’rishni rejalashtirishda o’z ifodasini topmoqda.
Davlatimiz oilalarni o’zining olib boradigan siyosati markazida olib haraydi. Shu sababli imkoniyat doirasida moddiy va ma`naviy yordam berishga majbur. Oilaviy tarbiyani maktab, jamoatchilik bilan uyg’unligini ta’minlashdan manfaatdordir.
Oilaning eng muhim xususiyatlaridan biri insonlar avlodini ko’paytirishdir. Bolalarni ijtimoiy haetga tayyorlash borasida oila malum darajada ijtimoiy tashkilotlar bilan jamiyat taraqqiyotiga hamohang holda faoliyatda bolmoqda.
Oilaviy tarbiya muammolarini tadqiq etish, asosan ikki yonalishda olib borilmoqda. Bir tomonda oilaviy tarbiya pedagogikaning an’ anaviy qismi sifatida organilmoqda. Ikkinchi tomondan esa oila sotsiologiya va filologiya yonalishida ham tadqiq etilmoqda. Matbuotda elon qilingan maqolalarda mazkur sohaga qiziqqan olimlarning oilaviy tarbiya xususiyatlariga ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan yondashayotganliklari ma’lum bolmoqda.
Bolalarning bolalar yasli va bog’chasida uzoq muddat bo’lishlari ularning kamolotiga, ehtiyoj, qiziqish va muomala harakteriga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Baxtga qarshi hozirgi vaqtda ota-onalarning ishlab chiharishda ko’plab mashg’ul bo’lishlari sababli o’zlarining to’laqonli tarbiyaviy vazifalarini bajara olmasliklarini tasdiqlamoqda. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo’lsagina o’sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlash mumkin. U yoki bunisining yo’qligi tarbiyaviy jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Respublikamizda ayni hozirgi kunda oilalarning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda. Oilalarning moddiy ehtiyojlarini to’laroq qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni kuchaytirish jarayoni tezlashmoqda. Biz uchun oila mustahkamligini ta’minlovchi axloqiy ruhiy aloqalar juda muhimdir. Huddi ana shu aloqadorlik oilaviy munosabatlar, to’laqonli hissiy-emotsional, otalik yoki onalik, oilaviy baxtni ta’minlash ehtiyojlarini qondiradi.
Ota-onalarga pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya bo’yicha tajriba almashishi, ota va onalarni tarbiya ishlariga qizg’in jalb qilish uchun ularni maktabga, mahalla qo’mitalariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalarning bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari kamolotini oldindan tasavvur eta olishlari, tarbiya maqsadini aniqlashlaridir.
Qo’yilgan maqsadni amalga oshirish faoliyatni mohirlik bilan tashkil etishga bog’liq. Buning uchun

            1. Bolalarning hayoti va mashg’ulotini to’g’ri tashkil etish (rejim, o’yin, mehnat, uydagi o’quv ishlari, sport va shunga o’xshash)

            2. O’zining shaxsiy faoliyati va dam olishini tashkil etish (ishda, uy- xo’jaligida, bolalarni parvarishlashda, o’qishda, dam olishda, yosh avlod tarbiyasi yuzasidan jamoat ishlarida va hokazo).

Biroq, bu yo’lda bir qancha qiyinchiliklar mavjud. Birinchi qiyinchilik shundan iboratki, ilg’or oilalar ham tarbiyaning maqsadini va o’z mas’uliyatlarini yaxshi bilsalar ham tarbiya uslublari, usul va vositalarini aniq qo’llay olmaydilar. Ma’lumki, oilada biron-bir uslub alohida qo’llanilmaydi, balki barcha uslublar uyg’unlashuvda qo’llaniladi. Bizning hozirgi haroitimizda ko’proq ishontirish va unga hamohang uslublar ko’proq tatbiq etiladi (masalan, ma’qullash, rag’batlashtirish). Majbur etish esa boshqalarga nisbatan yordamchi usul sifatida qo’llaniladi.
Demak, tarbiya usullari va uslublarini tanlash, ularni takomillashtirish va tatbiq etish oila hayotining muhim formasidir. Yosh avlod tarbiyasining muvaffaqiyati biron-bir alohida olingan usullarga emas, balki o’ylab va yaxshi tashkil etilgan uslublar tizimiga bog’liqdir. Oilada qo’llanilgan eski bu usullar haqida gap ketganda, shuni esda saqlash lozimki, agar oilaning hayot tarzi, turmushi va axloqiga monand usullar tanlansa, tarbiyaviy samaradorlik oshishi yoki mos kelmasa, aksincha bo’lishi hayotda ko’plab kuzatilgan.
Oilada bolalarni tarbiyalash o’zining bir qancha milliy xususiyatlariga ega. Ular xalqning shakllangan oilaviy an’analari, urf-odatlari, xalqning ruhiyati, hayoti va turmush tarzidir.
Respublikamiz bolalariga ko’rsatadigan amaliy ta’sirini oila orqali amalga oshiradi. Oilaning bolalariga ko’rsatadigan ta’sir doirasi shunchalik kattaki, u jamiyat ta’siri bilan uyg’unlashib ketadi. Shu bilan birga, biz uning o’ziga xos imkoniyatlari mavjudligini inkor eta olmaymiz.
Barkamol inson tarbiyasida oila jamiyat bilan yaxlit bir birlikni tashkil etadi, bu esa hozirgi kunimiz uchun xos xususiyatlardan biridir. Ayniqsa, ota-onalar va jamiyat a’zolarining mehnat faoliyatlari harakteri, er va ayolning teng huquqligi, o’zaro hurmat, farzandlarni e’zo’zlash, hurmatlash, ijtimoiy va fuqarolik e’tiqodi, oilaviy madaniy hayotning mavjudligi va o’sayotganligi oilalarga xos fazilat sifatida qadrlanmoqda.
Bolalar tarbiyasiga birinchi navbatda ota va onaning o’zaro munosabatlari katta ta’sir ko’rsatadi. Bizning jamiyatimizda er va ayollarning teng huquqligi ta’minlangan bo’lsa-da, lekin biologik tenglik yo’qligini inkor eta olmaymiz. Shu sababli onalar bolalari tarbiyasi uchun ko’proq mehnat qilishlarini taqozo etadi. Bundan tashhari, ayollar oilada erkaklarga nisbatan ko’proq vaqtini uy ishlariga sarflaydi. Sotsiologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, hatto dam olish kunlari ham ayollar uy ishlari uchun toqqiz soatdan o’n bir soatgacha vaqt ajratishadi. Ishlovchi ayol bolalar tarbiyasi uchun juda oz vaqt ajratishga majbur bo’ladi. Ertalab, ishga jo’nashdan oldin bolalarini ovqatlantiradi, qiyintiradi, yasli yoki bog’chaga olib boradi, maktabga jo’natadi. Katta yoshdagi farzandlari o’zlarini eplaydi. Kunning ikkinchi yarmida ishdan qaytgach, ayolning ikkinchi - uchun bo’lgan ish faoliyati boshlanadi, ya’ni bolalarining uy vazifalarini bajarishlarini nazorat qilish, kechki ovqat tayyorlash va hokazo.



Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə