Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə50/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Reproduktiv vazifasi-(‘roductio lotincha, so’zdan – o’zini qayta ishlab chiqish, ko’payish, avlod ishlab chiqarish) inson zotini davom ettirish zaruriyatini sababini asoslaydi. Oxirgi paytlarda 2-3 odamdan tashkil topgan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarning aytishlaricha bolalar ota-onalarning erkinliklarini cheklaydi: ta’lim olishda, ishda, malakasini oshirishda, o’zining qobiliyatlarini amalga oshirishda. Bola ko’rmaslik afsuski faqatgina mavjud bo’lmay, ular bolaga ega bo’lish yoshidagi er-xotinlar orasida keng tarqalmoqda, bu yevropa davlatlari uchun xosdir. Oila kattaligini qisqarishi quyidagi omillar sababli sodir bo’lmoqda: tug’ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota-onalaridan ajralib chiqishlari, ajralishlarning o’sib borishi natijasida bir ota yoki onalik oilalar soni ortib bormoqda. Aholining sog’lig’i sifati va mamlakatda sog’liqni saqlash rivojlanish darajasi-ekspertlarning baholashlari bo’yicha yomon ekologik sharoit, axloqsiz hayot kechirishi, kasalligi yomon ovqatlanish va boshqalar sababli yoshi katta aholining 10-15% sog’lig’i holati sababli bolaga ega bo’lishi mumkin emas.
Iqtisodiy va xo’jalik-turmush vazifalari-azaldan oilasi har doim jamiyatning xo’jalik boshlang’ich tashkiloti bo’lib kelgan. Ov qilish va don yetishtirish, hunarmandchilik va savdo oilada har doim vazifalar tqsimlangan bo’lgani uchun mavjud bo’la olgan. Azaldan ayollar butun uy ishlari bilan mashg’ul bo’lganlar, erkaklar kasb-hunar bilan shug’ullanganlar. Ilmiy texnik revolyutsiya asriga kelib odamlar hayoti yumushlarining ko’plari (ovqat tayyorlash Kir yuvish, uy tozalash, kiyim tikish va boshqalar) qisman maishiy xizmat sohasiga yuklatildi.
Boshlang’ich ijtimoiylashtirish vazifasi-oila bolaning shaxsi shakllanishiga faol ta’sir ko’rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruhdir. Oila ijtimoy mikromuhitdir. Ijtimoiy ta’sir ko’rsatish omillaridan biridir. U bolaning jismoiny, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Oilaning vazifasi bolani u dunyoga kelgan mamlakat madaniyatiga va bola tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta-sekin jamiyatga kiritib borishdan iboratdir.
Insoniyat to’plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug’ilib o’sayotgan mamalakat madaniyatiga, uning mahnaviy-axloq qoidalariga, xalq an’analariga bolani o’rgatish – ota-onalarning majburiy vazifasidir.
Tarbiyaviy vazifasi-boshlang’ich ijtimoiylashish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo’lganlar va shunday bo’lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir. Bahzan bolaning oilada olgan tajribasi bolaning atrof dunyoga, odamlarga nisbatan yagona o’lchov belgisi bo’lib qoladi. To’g’ri ba’zi oilalarda ota-onalari bemor bo’lganida, buzuq axloqli hayot kechirganlarida, pedagogik madaniyatga ega bo’lmaganlarida va shu kabilarda tarbiya buzilishi mumkin. Albatta, bola shaxsi tarbiyasiga shunchaki o’zining borligi bilan ta’sir ko’rsatmaydi, balki qulay mahnaviy-psixologik muhiti, uning a’zolari o’rtasidagi sog’lom munosabatlar bilan ta’sir ko’rsatadi.
Rekeatsion (qayta tiklash) va psixoterapevtik vazifalari,buning mazmuni oila inson o’zini to’la himoyalangan deb xis etadigan, to’la qabul qilingan, uning mavqei, tashqi ko’rinishi, hayotdagi muvaffaqiyatlaridan moddiy ahvolidan qat’iy nazar, oila uni qabul qiladigan boshpana bo’lishidan iboratdir.“Mening uyim – mening qasrim” iborasi sog’lom, tinch oila – dunyodagi hamma notinchliklardan vaqtinchalik bo’lsa ham yashirinishga, dam olib o’z kuchlarini to’plab olishga eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi ifoda etib beradi.Rafiqasi o’z uyida o’zining hokimining hamma kamsitishlari va jahllariga indamay chidab kelgan an’anaviy modeli endi o’tmishda qolib ketmoqda. Ko’pchilik ayollar ham endi ishga boradilar va uyga charchab, toliqib qaytadilar. Oilaviy sharoitda, yaqinlari bilan munosabatlarda, bolalari bilan bo’lganida kuchlari ancha yaxshi tiklanadi.
Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlari-oila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida turgan muammolardan biri – bu oilaning jamiyatda moslashishidir (lotincha ada’to - moslashtiraman), ya’ni oilaning zamonaviy muhitda (jamiyatda) hayot sharoitlariga moslashishi hisoblanadi.
Moslashish jarayonining asosiy xarakteristikasi bo’lib, ijtimoiy mavqei ishtirok etadi, ya’ni oilaning jamiyatda moslashish jarayonidagi holati.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə