Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə48/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Sotsiometrik metod.
Metodlar –o’rganilayotgan obektning mohiyati va qonuniyatlaridan kelib chiqib, borliqni amaliy va nazariy o’zlashtirish usullaridir. Ijtimoiy pedagogika esa pedagogikaning bir sohasi bo’lib, uning metodlarini pedagogikada qo’llanadigan tarbiyalash va o’qitishning ananaviy metodlariga tayanamiz, boshqa tomondan ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiyaning ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy faoliyat bilan o’zviy bormoqda. Yana shuni yodda tutish kerakki, buning diqqat markazimizda bola va uni o’rab turgan ijtimoiy muhit turadi ijtimoiy pedagog esa bolaga muammolarni uni ijtimoiylashish jarayonini hal qilishga yordam beradi.
Ijtimoiy pedagogika bola bilan bevosiga yoki bilvosita -oila, do’stlari, bolalar jamoasi orqali ta’sir o’tkazadi. U qandaydir qisqa muddatli vazifalarni bajarilishi yoki, bola bilan uzoq vaqt davomida ishlashi mumkin.ekanligini hisobga olamiz. Ijtimoiy pedagog metodlar orqali bolaning ongi, xulqi xis-tuyg’ulariga maqsadga muvofiq ta’sir o’tkazilish hamda uni o’rab turgan ijtimoiy muhitga ta’sir o’tkazilishi mumkin.
Metodlar - bolaning ijtimoiylashilishi va tiklashda hamkorlik qiluvchi, pozitiv ijtimoiy tajriba to’plashida yordam beruvchi ijtimoiy pedagog va bolaning o’zaro bog’liq xatti- harakatlari usullaridir.
Shuning uchun ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishdagi metodlardan keng foydalanadi. U shakllanishi bosqichida o’z kasbiy faoliyatni bajarish uchun ijtimoiy pedagog alohida usullardan tashkil topgan metodlarni egallashin kerak. Metodlar, usullar va vositalar shu tariqa bir-birlari bilan bog’liqki, metodlar va usullar holatida vositalar ro’lini bajarishi mumkin. Ijtimoiy pedagogik faoliyatda ishontirish va mashq qilishi metodlari keng qo’llaniladi, Bu metodni qillashning xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy pedagog qaysidir sabablarga ko’ra odob - axloqning umum qabul qilingan me’yorlari shakllanmagan yoki noto’g’ri shakllangan bola bilan ish olib boradilar. Shu jamiyatga qabul qilishgan hayot meyorlari, ular to’g’risidagi to’g’ri va aniq tasavvurning yuzaga kelishi, oxir - oqibatda shaxsning ishonchi uning hayotdagi o’rnini shakllantiradi, bilim va ular haqidagi tasavvur bilan bog’liq.
Ishontirish metodi jamiyatda qabul qilingan me’yorlarni bola xulqi va faoliyoti motivlariga ko’chirishga yordam berib, e’tiqodni shakllantiradi. E’tiqod-bu bolaning ma`naviy bilimlarining haqiqiyligi va adolatliliga qat’iy ishonch bo’lib, u shaxsning axloqiy faoliyatiga va harakatiga ichki xohishdir.
E’tiqod - bu muayyan harakatning zarurligi va to’g’riligi tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida ijtimoiy pedagog bolaning ongli, xis – tuyg’ulari va irodasiga ta’sir o’tkazadi. Ishontirish metodi maqsadga erishishi uchun bolalarning psixologik xususiyatlari, ularning xulqi, qiziqishlari, shaxsiy tajribasini hisobga olish zarur. Ishontirishning asosiy qismi talab qilishdir. Uning asosiy vazifasi shundan iboratki, bolalar oldiga vazifa qo’yilib, axloq - odob qoidalarining mazmunini ularning ongiga yetkazishi va kelgusi faoliyat mazmunini aniqlashdan iborat. Ishontirish quyidagi pedagogikaga ma’lum bo’lgan metodlar orqali amalga oshiriladi, ya’ni hikoya, lektsiya, suhbat, disput.
Hikoya va lektsiya-bir kishi ijtimoiy pedagog tomonidan olib boriladigan metodning monologik formasi. Hikoya kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashda qo’llaniladi, u uzoq vaqt cho’zilmaydi, aniq va ravshan faktlarga asoslanadi. Ma’ruza katta yoshdagi bolalarga qo’llaniladi, vaqti uzoqroq bo’lib, murakkab axloqiy tushunchalar ( gumanizm, do’stlik, yaxshilik) ni ochib beradi. Suhbat va disput- dialogik shakldagi usul, bunda bolalarning ishlash muhim. Suhbat - bu savol- javob metodi ijtimoiy pedagog suhbatni shunday olib borishi kerakki savollarni nafaqat u, balki bolalar ham bersin. O’smirlar uchun disput metodi qo’llanadi, bu metod fikrlarini shakllantiradi. Shunday qilib ishontirish - bu ma’lum axloqning to’g’riligi va zarurligini tushuntirish va isbotlash.
Agar ishontirish bola ongini "programmalashtirsa, mashq qilish bilim-ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. Mashq qilish oxir- oqibatda bolalarda odob-axloqni shakllantirishi uchun zarur. Axloqiy mashqlar deganda, bolalar faoliyati va harakatlarining zarur bo’lgan ko’nikma va odat hosil bo’lib, mustashkamlanishga qadar bo’lgan ko’p marta takrorlanuvchi harakatga aytiladi. Ko’nikma va odatlarning shaklanishi quyidagi usullardan iborat : vazifani qiyish, uning bajarilishi qoidalarini tushuntirish va talab uyg’otish, amalda qilib ko’rsatish, amaliy mashqni tashkil qilishi, talab kuyishi, talabni bajarishni zslatish va uning bajarilishini kuzatib borish.
Malaka va odat o’rtasida ma’lum distantsiya bor. Bu malakani shakllantiramo’z keyin ma'um vaqt muntazam mustashkamlab borib, uni odatga aylantiramizz. Mashq qilishi metodining unumliligi ijtimoiy pedagogning mashq qilishini iyin shaklida tashqil qilishi orqali oshadi. Mashq qilishi va ishontirish metodlari o’zaro chambarchas bog’liq. Ijtimoiy pedagogik metodlar orasida muhim guruhni korrektsiya metodlari tashqil qiladi, unga rag’batlantirish va jazolash metodlari kiradi. Ijtimoiy- pedagogogika tarix guvohlik beradiki, rag’batlantirishi va jazolash-bola shaxsiga ta’sir qilishining murakkab usullari.
Rag’batlantirish va jazolash bir maqsadga yo’naltirilgan - ya’ni ma’lum axloqiy sifatlarni bola harakterida shakllantiradi. Lekin bu maqsad turli yillar bilan amalga oshiriladi: raqbatlantirish harakat va xolatni ma’qullaydi, jazolash noto’g’ri harakat va faoliyatni qoralaydi, unga yomon basho beradi. Jazolash va raqbatlantirish bola harakati va uning oqibati orasidagi muharrar bog’liqlikni eslatadi (raqbatlantirish - qoniqish, jazo - norozilik ). Ijtimoiy pedagogning amaliy faoliyatida bu metodlarning turli xil turlari qillanilishi mumkin. Modomiki bolalarda adashish va xato qilish xos ekan, qayta ishontirish, ogoxlantirish, qiziqishlarini o’zgartirish va jazolash metodlarni qo’llash mumkin. qayta ishontirish bola ongidan noto’g’ri tasavvurlar, xato shayotiy planlarni aqliy tasavvurlar va harashlar orqali surib chiharish. Bu ishontirish metodiniig bir turidir.
Ogohlantirish ijtimoiy pedagog va pedagog faoliyatiga keng qo’llaniladi va u bola noto’g’ri harakatni oldini oladi va noto’g’ri faoliyatga yil qiymaydi. Yuqorida ko’rib chiqilgan metodlar ijtimoiy pedagogikada alohida emas balki bir- biri bilan bog’liq holda qo’llaniladi.



Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə