Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent


Oilaning ijtimoiy mavqeini aniqlash uchun uning bir qator tuzilish – funktsional xarakteristikalarini hamda oila a’zolarining individual xususiyatlarini bilish kerak



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə51/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Oilaning ijtimoiy mavqeini aniqlash uchun uning bir qator tuzilish – funktsional xarakteristikalarini hamda oila a’zolarining individual xususiyatlarini bilish kerak.
Oilaning tuzilish xarakteristikalari:

  1. Nikohli sheriklarning mavjudligi (to’la, rasman to’la, to’la emas).

  2. Oilaning hayotiy shakli bosqichi (yosh, yetuk, qari).

  3. Nikoh tuzish tartibi (birinchi, takroriy).

  4. Oiladagi avlodlar soni (bitta yoki bir necha avlodlar).

  5. Bolalar soni (ko’p bolalik, kam bolalik).

Oila a’zolarining individual xususiyatlari.Ularga ijtimoiy-demografik, fiziologik, psixologik, oila katta a’zolarining patologik odatlari kiradi va bolaning xarakteristikalari kiradi: yoshi, bola yoshiga munosib nutqi rivojlanganligi, jismoniy, psixologik rivojlanish darajasi; uning qiziqishlari va qobiliyatlari; u boradigan tahlim tashkilotlari, munosabat va o’qitish muvaffaqiyatlari; o’zini tutishda chetlanishlar, patologik odatlari, nutqiy va psixik buzilishlar mavjudligi.

Oilaning ijtimoiy moslashishi tuzilishi.


Oilaning ijtimoiy moslashishi birinchi tashkil etuvchisi – oilaning moddiy axvolidir.Oilaning daromadlari darajasi, hamda turar joyi sharoitlari belgilangan normadan past bo’lsa (tirikchilik minimum va boshqalar) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan oziq-ovqat, kiyim, turar joyi uchun haq to’lash talablarini qondira olmaydi, bunda oila kambag’al hisoblanadi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei – past hisoblanadi.


Teng huquqlilik va hamkorlik printsiplarida qurilgan munosabatlar mahqul hisoblanadi. Oilada bir-birlarining huquqlarini hurmat qilishadi, bir-biriga bog’langanlik mavjud, emotsional yaqinlik xis etiladi. Bularning hammasi oilaning asosiy vazifalaridan biri bo’lgan –psixoterapevtik, ya’ni stressni va charchoqni yo’qotish, jismoniy va mahnaviy kuchlarini tiklab olishi kabi vazifasini bajarishga har bir oila a’zosiga halaqit qiladi. Bunday holatda ijtimoiy psixologik muhiti – past darajali bo’ladi.
Shu bilan birga yomon munosabatlari inqirozli, butunlay bir-birini tushunmaslik, bir-biriga dushmanlik, jahl bilan kuch ishlatish (psixik, jismoniy, jinsiy), ajrashish istagi paydo bo’lishi bilan ifodalanuvchi holatlarga aylanishi mumkin. Inqirozli munosabatlarga misollar: ajralish, bolaning uydan qochib ketishi, qarindoshlari bilan munosabatlari, aloqalarining to’xtalishi.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə