Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə53/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

18-21 – ijtimoiy o’zini aniqlash davri.
Oilaga inqiroz paytida faqatgina ijtimoiy pedagog emas, balki professional psixolog, yordam ko’rsatish norasmiy guruxlari, maxsus tashkilotlar (ijtimoiy himoya, reabilitatsiya markazi va boshqalar) yordam ko’rsatadilar.
O’zaro aloqalar muammoli- yo’naltirilgan modeli (shakli) qisqa vaqtli ishlar strategiyasiga kiradi, uning davomiyligi 4 oydan oshmaydi. Muammoli-yo’naltirilgan modeli oila murojaat etgan aniq amaliy masalalarni hal etishga qaratilgan bo’ladi.
Bu model diqqat markazida muammo va yordam ko’rsatuvchi mutaxassislar bo’ladilar, oilaga yordam ko’rsatuvchilar o’z kuchlarini oila anglab yetgan va ular buning ustida ishlashga tayyor bo’lgan muammoni hal etishga qaratishlari kerak. Bunday muammolar bolaga destruktiv munosabatlar (lotincha destructio-buzish, barbod etish, biror narsaning normal tuzilishini parchalash), tarbiyalash noto’g’ri usuli, oiladagi yomon, ko’ngilsiz psixologik muhit bo’lishi mumkin. Chet el davlatlari ish tajribalarida asosan ustun bo’lgan ishlar olib borish uzoq vaqtli shakllari mijoz bilan uzoq vaqt munosabatda bo’lishni (4 oy va undan ko’p) talab etadi va odatda psixologik yondoshishga asoslanadi.
Oilalar ijtimoiy-pedagog va psixologik yordam so’rab murojaat etmasa (ular bunga muhtojlar aslida) unda ularga nisbatan patronaj kabi ish usuli qo’llaniladi. Patronaj ijtimoiy pedagogning ish usullaridan bir shaklidir, bu usulda ijtimoiy-pedagog diagnostik, tekshirish, nazorat, moslashish-reabilitatsion maqsadlarda oilalarni uyiga kelib ishlashidan iborat bo’ladi. O’zbekiston respublikasida patronaj ish usuli mavjud bo’lib va pediatrik xizmatlar, nogironlar va nafaqaxo’rlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Lekin tibbiy va xo’jalik-turmush xizmatlari patronaj imkoniyatlarini chegaralamaydi, uning doirasida turli xil tahlim, psixologik yordamlari amalga oshirishi mumkin, shuning uchun ijtimoiy pedagogning oilaga kelib ishlash shakli uning ajralmas qismi bo’lishi kerak.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə