Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent


Jazoni ijro etish kolonniyalarida jazo olayotgan



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə55/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Jazoni ijro etish kolonniyalarida jazo olayotgan.

  • Jinoyat qilganlikda ayblanadi va qamoqqa olingan.

  • Bolalarni tarbiyalashdan bosh tortadi.

  • Bola vaqtincha joylashtirilgan davolash, ijtimoiy tashkilotlardan bolani olib ketishdan bosh tortadilar.

    Vasiylik va qaramog’iga olish – yetim-bolalarni va ota-onasi qarovisiz qolgan bolalarni boqish, tarbiyalash, tahlim berish va ularning huquq va qiziqishlarini himoya qilish uchun joylashtirish shaklidir. Vasiylik 14 yoshga yetmagan bolalar ustidan o’rnatiladi, qaramog’iga olish 14 yoshdan 18 yoshgacha bolalar ustidan o’rnatiladi.
    Etimlik – jamiyat oldida turgan juda jiddiy muammolardan biridir. Ota-onasini yo’qotgan bola – bu alohida juda ham fojeali dunyodir. Ota va onali bo’lish talabi ehtiyoji bolaning eng kuchli talablaridan biridir.
    Ijtimoiy yetimlik bugungi kunda ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun xosdir. Masalan, amerikalik tadqiqotchilari butun dunyo bo’yicha kasalxonalar, tug’ruqxonalar, ijtimoiy muassasalar tashlab ketilgan chaqaloqlar bilan to’lib ketganligini aytadilar. Ularni turlicha “voz kechilgan bolalar”, “davlat bolalari”, “tashlab ketish uchun tug’ilganlar” ham deb ataydilar.
    Urush boshlanganda Shoahmad Shomahmudov va uning xotini Bahri Akramova artelda temirchi bo’lib ishlaganlar. Toshkent ayollarining O’zbekiston barcha ayollariga murojaat etib (1942 yanvar) ularni evakuatsiya qilib kelingan bolalarga nisbatan onalik g’amxo’rligini ko’rsatishga chaqirganlaridan keyin ular turli millatlardan yetim-bolalarni tarbiyalariga olishgan. Ular orasida rus, belorus, moldavan, ukrain, latish, qozoq, tatar va boshqa millat bolalari bor edi. Shomahmudovlar boshpanasiz qolgan bolalarga g’amxo’rlik ko’rsatadilar, ularni o’qitib tarbiyalab bizning mamalakatimizga munosib kishilari qilib o’stirdilar. 1966 yilda zilziladan so’ng Shomahmudovlar boshpanasiz qolgan bolalarni oilaga qabul qildilar. Shomahmudovlar “Hurmat belgisi” ordeni bilan B.Akramova “qahramon ona” ordeni bilan ham mukofotlanganlar. Ular Raxmat Fayzining “Ulug’ inson” romanining, “Sen yetim emassan” badiiy filg’mining asosiy qahramonlari timsoli qilib olinganlar. Toshkentning ko’chalaridan biri Shomahmudovlar nomi bilan ataladi, Xalqlar do’stligi maydonida “Do’stlik” monumenti o’rnatilgan. Ulardan tashqari yana minglab o’zbek oilalari urush yillarida evakuatsiya qilingan bolalarni asrab olganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida xalq shoiri Gofur Gulom o’zining “Sen yetim emassan” shehrida o’z ota-onalarini va uylarini yo’qotgan bolalarga qaratilgan qalb so’zlarini yozgan:
    Sen yetim emassan, tinchlan jigarim!
    Quyoshdek mehribon vataning onang,
    zamindek vazminu mehnatkash, mushfiq,
    xalq bor, otang bor cho’chima jigarim.
    O’z uyingdasan, uxla jigarim.
    Etimlikning hamma sabablarini aytib o’tish qiyin, chunki bu turli fan sohalari olimlari (shifokorlar, psixologlar, sotsiologlar, pedagoglar va ko’plab boshqalar) shug’ullanadigan ko’p qirrali muammo va u ham oxirigacha o’rganib bo’linmagan. Ammo hech bo’lmaganda yetimlikning uchta sabablarini aytish mumkin:

    1. Ota-onalar (ko’pincha onalar) o’zining balog’atga yetmagan bolasidan o’z ixtiyori bilan voz kechadi, shu bilan birga bu ko’pincha chaqaloqlik yoshida kuzatiladi: voz kechish, tashlab ketilgan chaqaloqlar.

    2. Bolaning qiziqshlarini himoya qilish maqsadida ota-onalik huquqidan mahrum etilganda bolani oiladan majburlab tortib olish. Bu holat asosan ichkilikbozlikka berilgan, jamoatchilik, jamiyat qoidalariga zid ravishda hayot kechirayotgan, nosog’lom ota-onalari bo’lgan, notinch oilalarda yuz beradi.

    3. Ota-onalari vafot etganda. Bunga aholini shoshilinch ko’chishga majbur etuvchi qandaydir tabiiy yoki ijtimoiy kataklizmlar (urush, yer qimirlashi va shu kabilar) oqibatida yo’qolib qolgan bolalarni ham kiritish mumkin. Har qanday jamiyat va davlatning asosiy vazifasi – bolaning oilada tarbiyalanish huquqini amalga oshirishdir. Bolaning bu huquqlari xalqaro hujjatlarda qayd etilgani kabi (BMTning bolaning huquqi haqidagi konventsiya va boshqalar), O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarda qayd etilgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi oila kodeksida eng ustun va mustaqil sifatida quyidagi bolaning huquqlari ko’rsatiladi: oilada yashash va tarbiyalanish huquqi, ota-onalari va boshqa qarindoshlari bilan aloqa qilish huquqi, o’zini himoya qilish huquqi, ismi, familiyasi, otasining ismiga huquqi. Davlat birinchi navbatda bolani oilada saqlab qolishga va uni davlat muassasalariga tarbiyalashga berishni oldini olishga bor kuchi bilan intiladi. Agarda bolani oilada saqlab qolish mumkin bo’lmasa uning uchun yangi oila izlash afzal deb hisoblanadi.

    O’zbekistonda ota-onalarisiz qolgan yetim-bolalarga yordam ko’rsatish uchun “Sen yolg’iz emassan” Respublika ijtimoiy fondi tashkil etilgan. Har bir mamlakatlarda bola tarbiyasi va rivojlanishiga tegishli ijtimoiy alg’ternativ masalalar tizimi yaratilmoqda, rivojlantirilmoqda va mustahkamlanmoqda. Ularga quyidagi mumkin bo’lgan usullarni kiritish mumkin:

      • Oilaga qaytarish.

      • Mamlakat ichida asrab olish.

      • Tarbiyalash uchun oilaga berish;

      • Maxsus tarbiya muassasalariga berish.

    Etim-bolalarga vasiylik qilish ikki yo’l bilan amalga oshirilishi mumkin – asrab olish yoki davlat qaramog’iga olish bilan. Asrab olish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: asrab olgan oila, vasiylik qiluvchi oila, bolalikka olgan oila.
    Farzand qilib olish – bu bolani himoya qilish maxsus chorasi, bunda bola va uning haqiqiy ota-onasi bo’lmagan odam yoki er-xotin o’rtasida qarindoshlik aloqalari yuridik o’rnatiladi. Bolaning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun bolani farzand qilib olganida u aynan oilaga ega bo’lishi, unga biror-bir o’rnini bosuvchi emas, oilaga ega bo’lishi muhim holat hisoblanadi. Bizning davrimizda ko’plab hamyurtlarimiz mehribonlik ko’rsatib ota-onasiz qolgan bolalarni oilalariga oladilar. Masalan, Nizomiy nomidagi TDPU pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi Ishmuxamedov Ravshan Djuraevich yetim qolgan bola – koreys bolani asrab oldi.(2003). Ishmuxamedovlar oilasida o’zlarining to’rtta farzandlari bor. Bunday harakat haqiqiy insonparvarlik va begonalar baxtsizligiga g’amxo’rlik munosabatini bildiradi.Davlat vasiyligiasrab olingan bolaga (etim bolaga) uning tarbiyasi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratib, uni bu maqsadda maxsus tashkil etilgan tashkilotga joylashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
    Bola bolalar uyiga (maloletka), vaqtinchalik asrab olinadigan oilaga, mehribonlik uyiga (bolalar uyi) maktab-internatga joylashtirilishi mumkin.
    Asrab olingan bola har xil turdagi qabul qiluvchi oilaga tushishi mumkin: bu vasiylik qiladigan oila yoki bola qilib oldigan oila bo’lishi mumkin. Bular orasida farq birinchi holatda bola uchun unga qarindosh bo’lgan odamlar topiladi, ikkinchi holatda – bola bilan qarindoshlik aloqasi bo’lmagan odamlar oila vazifasini bajarishlaridan iborat bo’ladi. Vasiyning vazifasi bolani tarbiyalash va rivojlantirish, uning huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Vasiy voyaga yetmagan bolada mavjud bo’lgan mol-mulki va ko’chmas mulkini saqlash va foydalanishini nazorat qilishni amalga oshiradi, lekin o’zi bu mulkdan foydalanish huquqiga ega emas. Bola qilib olgan oila umuman olganda bolaning yangi yuridik va haqiqiy oilasi hisoblanadi, bu yerda u o’z bolasi huquqiga ega bo’ladi.
    Bola uni oilasiga olgan ota-onalarining familiyasini olishi mumkin, hatto yangi ism ham. Farzand qilib olingan bolaning hamma huquq va majburiyatlari haqiqiy o’z bolalari huquq va majburiyatlariga tenglashtiriladi.Asrab oluvchi oilaning yana bir turi - vaqtinchalik asrab olish oilasi. Vaqtinchalik asrab oladigan oila bolalikni himoya qilish usuli sifatida bir qator rivojlangan mamlakatlarda juda ham keng tarqalgan hisoblanadi.
    O’zbekistonda asrab oladigan oilalar hozircha keng tadbiq etish va tarqalishga ega emas.Vaqtinchalik asrab olish oilasini vasiylik oilasi yoki bola qilib oluvchi oiladan farqi birinchi navbatda bu professional mutaxassislar oilasi bo’ladi. Agarda chet el tajribalariga murojaat etsak unda vaqtinchalik asrab oluvchi oilaning bir necha belgilarini ko’rsatish mumkin:-ota-onalarda ma’lum professional malakalari bo’lishi kerak; -oila kerakli professional-pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak; bunday oilaning xizmatlariga xizmat haqqi to’lanadi. Bolaning oilada bo’lishlari asrab olgan ota-onalarning ish staji sifatida hisobga olinadi.Asrab olgan ota-onalarning ish vaqtlari o’z shaxsiy uylarida o’tadi.Vaqtinchalik asrab olish oilasining faoliyati bolaning keyingi taqdiri hal etilgunga qadar bolaning oilada bo’lishini ko’zda tutadi: o’z oilasiga qaytishi; bolalar uyiga jo’natilishi, muassasalarga yuborilishi.
    Asrab olgan oila bilan ijtmoiy-pedagogik faoliyat.

    Ijtimoiy-pedagogik faoliyat bosqichlari



    Ijtimoiy pedagogning faoliyat vazifalari

    Ijtimoiy-pedagogik faoliyati metodlari



    1. Asrab oladigan oilani izlash

    Axborot-ma’lumotlar



    Anketa tuzish, suhbat, intervg’yu, ma’lumotlarni o’rganish

    1. Bo’lajak asrab oladigan ota-onalarni o’rganish

    Diagnostik (boshlang’ich diagnostika)

    Anketa tuzish, suhbat

    1. Bola joylashtirilgan muassasalar va oialalarni borib ko’rish (inqiroz oila, bolalar uyi va boshqalar)

    Vositachilik

    Kuzatish, suhbat

    1. Bo’lajak oilani va uning yaqinlarini o’rganish

    Diagnostik (chuqur diagnostika)



    Anketa tuzish, test sinovlari, suhbat, ishontirish, hujjatlarni o’rganib chiqish

    5. Kiritish o’qitishi, ma’ruza, hikoya, suhbat, videofil’mlar

    O’qitish (boshlang’ich, dastlabki o’qitish)

    Lektsiya, suhbat, kuzatish, ishonish, mashq qilish

    6. Bolani asrab oluvchi oilaga joylashtirish, asrab oluvchi ota-onalarni chuqur o’qitish kursi

    Patronaj qiluvchi.18






    Davlat vasiylik tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat-agarda bola asrab olinmasa va bola qilib oladigan oilaga tushmasa unda bu bolaning tarbiyasi, tahlim va rivojlanishi bilan davlat tashkiloti shug’ullanadi. Hozirgi kunda O’zbekistonda bolalar uylari (malyutka) invalidlar uchun maktab-internatlari reabilitatsion markazlari va 28 ta mehribonlik uylari (bolalar uylari) mavjud. Mehribonlik uylarida 3400 ga yaqin bolalar yashaydilar. Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar tarbiyalanadigan davlat tashkilotlari faoliyatlarining asosiy maqsadlari: bu tashkilotlardagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish; reabilitatsion, tibbiy va ijtimoiy xususiyatdagi tadbirlarni amalga oshirish; bolalar umumiy tahlim olishlarini tashkil etish.
    Bolalar mehribonlik uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:1.Bolaning rivojlanishiga yordam beruvchi uy vaziyatiga yaqinlashtirilgan qulay, maishiy sharoitlarni yaratish.2.Bolalar sog’lig’ini saqlashni tahminlash.3.Bolalaning ijtimoiy himoyasini, uning tibbiy-pedagogik va ijtimoiy moslashishini tahminlash.
    4.Tarbiyalanuvchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.
    5.Bolalar tahlim dasturlarini olishlari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarida munosib tahlim olishlari.
    6.Trabiyalanuvchilar umumiy madaniyatini, ularning hayotga moslashishlarini shakllantirish.
    7.Tarbiyalanuvchilarda o’zini rivojlantirishga va o’zini anglashga talablarini yuzaga keltirish.
    8.Kasb-hunar tahlim dasturlarini tushunib ongli ravishda tanlashi va keyinchalik o’zlashtirishi uchun sharoitlar yaratish.
    Ijtimoiy pedagogning bolalar mehribonlik uyidagi ijtimoiy-pedagogik faoliyatini chuqurroq ko’rib chiqamiz. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning maqsadi – bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini ijtimoiylashtirish (bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni). Bu maqsad turli masalalarni bajarish bilan amalga oshirilishi mumkin. Jadvalga qarang, unda ijtimoiy pedagogik faoliyat masalalari, vazifalari, faoliyatini tashkil etish metodlari va shakllari ko’rsatilgan.



    Yüklə 3,71 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   220




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə