Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent


Agressiya va egressiya: sabab va oqibat-



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə58/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Agressiya va egressiya: sabab va oqibat-agressiya yoki kishilar o’rtasidagi kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan vajohat holati – bu shunday yo’nalishki, unga oid xulosalar nafaqat psixologlarni, balki sotsiologlar, huquqshunoslar, pedagoglar, faylasuflar, ijtimoiy soha xodimlar, turli bo’g’in rahbarlarining barchasini qiziqtiradi. Zero, inson tabiati va uning boshqa insonlarga bog’liq jihatlarini o’rganish uchun xulqning aynan shu tomonini ham o’rganish, bilish va boshqara olish kerak.
Amerikalik olimlar Robert Beron va Debora Richardsonlarning 2000 yilda Sankt-Piterburgda rus tilida nashr etilgan “Agressiya” nomli kitoblarida ham agressiv xulqqa nisbatan yangicha yondashuv bayon etilgan. Xususan, kitobda agressiv xulqqa taalluqli bo’lgan asosiy nazariyalardagi (psixoanaliz, kognitiv nazariya, evolyutsion, frustratsion yondashuv va boshqalar) fikrlar keltirilganki, mualliflar ularni xulosalab, bunday xulqning aynan biologikdan ham ko’ra, ijtimoiy tabiati borligini tahkidlaganlar. Freydning instinktlar to’g’risidagi nazariyasida ta’kidlangan agressiyaning tug’ma, biologik tabiatga egaligi to’g’risidagi fikridan farqli o’laroq, oxirgi yillarda o’tkazilayotgan tadqiqotlar uning aynan bir insonning boshqa insonga munosabatidan, uning o’ziga nisbatan qarashlarining ongida aks ettirishi va o’zini turli xavf-xatardan asrashning vositasi ekanligi fikrini isbotlamoqda. Aynan ijtimoiy ko’nikmalar paydo bo’lish jarayoni doirasida qaralgan agressiyani boshqarish imkoniyati borligi amerikalik olimlar xulosalari asosida yotadi.
Shu narsa alohida diqqatga molikki, agressiv xulq-atvorning kelib chiqishi va namoyon bo’lishida oila va oilaviy o’zaro munosabatlar, tenqurlar guruhi hamda ommaviy axborot vositarining roli katta ekanligi, ayniqsa, birinchi omil ta’sirchan ekanligi fikri yangi tadqiqotlarda alohida o’rin tutadi. Odatda bolalar oilada ko’rgan-kechirganlari, ota-onasining o’rinli-noo’rin tanbehlari, ba’zan ularning agressiv munosabatlarining “qurbonlari” sifatida vajohatli bo’lib borishadi. Ya’ni, oilaviy hamjihatlik, to’g’ri tashkil etilgan o’zaro muomala, tarbiya uslublari va boshqaruv usullari agressiv harakatlarning oldini oluvchi, bartaraf etuvchi muhim shartlardir. O’tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’ldiki, ota-ona o’rtasida tez-tez nizolar, kelishmovchiliklar chiqib turadigan, oiladagi bolalar o’rtasidagi (aka-uka, opa-singil va hokazo) nizolar odatiy bo’lgan oilada tarbiyalangan bolada agressiyaga moyillik darajasi yuqori bo’ladi. Chunki, ayniqsa kichik yoshli bola o’zgalar o’rtasida sodir bo’layotgan nizolar va janjallarga o’ta sezgir va kuzatuvchan bo’ladi. Shuning uchun ham oiladagi muomala madaniyati, bola ongiga ilk yoshlikdan singdiriladigan muloqatga oid qadriyatlar uning kelajakda o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlarini ijobiylashtiradi.
Psixologiyada oxirgi yillarda yana bir tushuncha paydo bo’ldi, bu egressiv xulqning motivatsiyasi tushunchasi, Ya’ni kishilar o’rtasidagi nizo, bir-biriga nisbatan zo’ravonlik va vajohat kabi hissiyotlarni keltirib chiqaruvchi sabablar masalasi amaliy ahamiyatga molikdir. Shu nuqtai nazardan paydo bo’lgan tushunchalardan biri “egressiya” tushunchasidir.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə