Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Ma’muriy usullarga
Markaziy bankning tijorat banklari faoliya-
tiga, uning miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan belgilaydigan 


43
bevosita cheklovlar (limitlar) yoki taqiqlar kiradi. Ma’muriy ta’sir ko‘r-
satish choralarini qo‘llashda ko‘pincha quyidagi vositalardan foydalani-
ladi: 
 
6-chizma.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini 
ro‘yobga chiqarish usullari. 
– turli toifadagi qarzlarni berishning va kredit resurslarini jalb 
qilishning eng yuqori miqdor (yoki limit)larini joriy etish; 
– tijorat banklarining filiallari va bo‘limlarining ochilishini cheklash
– vositachilik haqining, har xil xizmatlar ko‘rsatganlik uchun tariflar-
ning, foiz stavkalarining miqdorlarini limitlash
– operatsiyalarning, ta’minotning ayrim turlarini, shuningdek, ba’zi xil 
operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan banklar ro‘yxatini 
belgilash. 
Bu usullar yordamida bankdan tashqari sohada vujudga kelayotgan 
moliyaviy sharoitlar, ya’ni foiz stavkalari va kreditlar ustidan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri nazorat amalga oshiriladi. 
Iqtisodiy usullarga
asosan bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan tadbirlar 
kiradi. Bu usullar ko‘proq, bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lib, bunda o‘z-
o‘zini boshqarish jarayonlarining rivojlanishi ikkilamchi darajaga man-
sub har bir kredit muassasasi tomonidan mikro darajada mustaqil pul-
kredit siyosati amalga oshirilishini taqozo etadi. Bu siyosatning natijalari 
va samaradorligi mazkur kredit muassasasining bank tizimidagi ahami-
yatini belgilab beradi va raqobatni rag‘batlantiradi. 
Bu usullar banklar va bankdan tashqari muassasalarning harakat-
lariga faqat bozor kuchlari yordamida ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amal 
qiladi. Ana shu maqsadda Markaziy bank o‘zining vakolatlaridan muo-
maladagi pul massasi hajmini belgilash uchun foydalanadi va iqtiso-
diyotga pul bozoridagi foiz stavkalarining o‘zgarishiga qarab ish tutish 
imkonini beradi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə