O’quv materiallari 1-mavzu. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” faniga kirish. (1 Soat)



Yüklə 430,09 Kb.
səhifə1/6
tarix08.04.2023
ölçüsü430,09 Kb.
#104751
  1   2   3   4   5   6
1 мавзу (2)


O’QUV MATERIALLARI
1-MAVZU. “IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI”
FANIGA KIRISH. (1 SOAT)
1.1. G‘OYALAR KUCHI VA FIKRLAR TARIXINI O‘QITISH

Мamlakatimizda olib borilayotgan keng islohotlar negizini to‘g‘ri talqin qilish, ular asosida qarorlar amalga oshirish yoki xulosalar berish uchun insoniyat iqtisodiy tafakkurini chuqur o‘rganishni talab qiladi. Bu, eng avvalo, iqtisodiy qonun va kategoriyalarni yuzaga keltirgan tarixiy ildizni, ya’ni iqtisodiyot fani tarixiga nazar tashlashni taqozo etadi. Demak, har qanday g‘oya va qarashlarni keltirib chiqargan tarixni o‘rganish, avvalo hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Taniqli yozuvchi va adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: «Moziyga qarab ish tutish xayrlidir»2. Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganish katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.


Fransuz yozuvchisi, iqtisodchi olim Antuan de Monkretenning “Siyosiy iqtisod haqida” (1615-yil) nomli mashhur risolasi tufayli jahon iqtisodiyoti 2015-yilda jahon iqtisodiy fanining 400 yilligini nishonladi. 1615-yili merkantelist oqim vakili Monkreten, o‘zi bilmagan holatda kelajakda insonlarning rizqi, boyligi va rivojini belgilab bergan siyosiy iqtisodiyot faniga asos soldi. To‘g‘ri “siyosiy iqtisodiy fikrlar” atamasi uning risolasi paydo bo‘lganga qadar ham mavjud bo‘lgan, lekin davlatning siyosiy-iqtisodiy xatti-harakati, bozor munosabatlaridagi hukmron g‘oyalari fan sifatida yuzaga chiqmagan edi. Tarix – bu o‘rinda iqtisodiy ilm-fanning ajralmas qismi, davlati, jamiyati, shaxslarni hayot farovonligini ta’minlash sohasi. Albatta, 400 yil
mobaynida iqtisodiyot fani tubdan o‘zgardi. U o‘z
yo‘lini siyosiy iqtisoddan to hozirgi zamonaviy
mikro, makro, mezo va megoiqtisodiyotgacha
bosib o‘tdi, bu yo‘lda davlatning ichki va tashqi
iqtisodiy xatti-harakatni ko‘plab inqilobiy
o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oldi.

Tomas Robert Maltus
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani esa iqtisodiyot
nazariyasiga qaraganda atigi uch yuz yilni bosib
o‘tdi. Iqtisodiy ta’limotlar bo‘yicha birinchi ishlar
XIX asr ikkinchi yarmida ingliz iqtisodchisi

2 Razzoqov A., Toshmatov Sh., Ormonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.: “Iqtisod va moliya”, 2007. 19-b.


4

Tomas Robert Maltusning (1766–1834) “Siyosiy iqtisod qonuniyatlari”(1827.) va fransuz iqtisodchisi Jerom Adolf Blank (1798– 1854)ning “Yevropaning siyosiy iqtisod tarixi” (1839.) asarlarida aks etgan. Shu davrda iqtisodiy ta’limotlarni tarixiy nuqtayi nazardan birinchi marta tahlil qilishga urinilgan. Fanning faol rivoji esa XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to‘g‘ri kelib, unda turli xo‘jalik yuritish faoliyati va nazariy tajribalar bir qator olimlar tomonidan izohlanadi. Ular ichida nemis olimi Vilgelm Rosher (1817–1894), AQSHdan Richard Eli (1858– 1943), Sharl Jid (1847–1932) va fransiyalik Sharl Rist (1874–1955)dir. Ularning ishlarida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanning predmeti, uning vazifalari, ilmiy davrlash tamoyillari, g‘oyalari shakllanishi bo‘yicha fikrlar berib o‘tilgan3.


Demak, iqtisodiyotga oid fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlar atigi uch asrlik tarixga ega. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot, konsepsiyalar, insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi tarixiy rivojlanish qonuniyatlari asosida taqiq etiladi.
Bugun har qanday bilim o‘z tarixiy xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. Insoniyat doimo izlanishda bo‘lib, o‘z iqtisodiy qarashlarini sekin- asta g‘oyalarga, qonuniyatlarga aylantirgan. Ibtidoiy jamoada inson ovchilik, dehqonchilik bilan shug‘ullangan bo‘lsa, quldorlik davrida mulkka egalik, feodal davrida yerga egalik, kapitalistik davrda kapital egasi sifatida turli mulkchilikni tashkil qilish bilan bog‘liq g‘oyalar va nihoyat sotsializm va demokratik jamiyatda eng haqiqiy iqtisodiy g‘oyalar davlatni boshqargan. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganishda biz bir qator ibora va tushunchalarni ishlatamiz. Ularning ta’rifini berib o‘tamiz.
Iqtisodiy qarashlar tizimi – bu inson real xo‘jalik yuritish jarayonida yuzaga keladigan o‘zaro bog‘liq iqtisodiy fikrlar tizimi bo‘lib, u iqtisodiy holatlarni ta’riflash orqali yuzaga keladi. Iqtisodiy qarashlar qonunlar, tamoyillar, model va formulalar birlashmasidan iborat. Ular amaliy tajribalar asosida nazariyalarga aylantirilgan.
Nazariya – bu iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ularning real omillari evaziga ilmiy asoslangan holati. Ba’zi hollarda nazariya konsepsiyaga aylanishi mumkin.
Konsepsiya – qarashlar, fikr yuritish, dunyoni anglash usuli.
3 История экономической мысли/ Под ред.В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. СПб.: Питер, 2008. С.12-13.

5



Doktorinna – bu oldindan ishlab chiqilgan tamoyillar asosida, qattiq asosga ega bo‘lgan konsepsiyadir.
Iqtisodiy fikrlash – olinadigan natijani taqqoslash ma’lum bir qolipga solish asosida yuzaga kelgan ratsional ong faoliyati.
Oqim – bu iqtisodchi olimlarning hodisa va jarayonlarning birlamchi va ikkilamchi ko‘rinishida isbotlagan o‘zaro bog‘liq iqtisodiy qarashlar yig‘indisi.






Merkantilizm

Antik olimlarning iqtisodiy qarashlari

Fiziokratlar










Ilk klassik maktab










O‘rta asrlardagi

a


Liberal maktab

Angliy
klassik




iqtisodiy qarashlar




Utopik – sotsalistik
nazariyalar

maktab













Marjinalizm




Neoklassik yo‘nalish







Markscha iqtisodiy
talimot

Yangi tarixiy
maktab





























































20–30-yy. neoklassik nazariyalar














Neoklassika- ning tanqidi











Insitutsionalizm









Keynschilik

















Marksizmning
sotsalistik
demokratik
yo‘nalish

Marksizmning
Bolshevik
yo‘nalishi




Sovet dаvridagi iqtisodiy
g‘oyalar

Hozirgi davr
neoklassik maktabi


Hozirgi davr keynschiligi


Hozirgi davr
institutsionalizmi



Yüklə 430,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə