O’quv materiallari 1-mavzu. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” faniga kirish. (1 Soat)



Yüklə 430,09 Kb.
səhifə4/6
tarix08.04.2023
ölçüsü430,09 Kb.
#104751
1   2   3   4   5   6
1 мавзу (2)

1.3. IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI FANINING BOSHQA IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR BILAN CHAMBARCHAS
BOG‘LIQLIGI

Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani insonlarning iqtisodiy bilim saviyasini oshirish, iqtisodiy fikr, g‘oya, nazariyalarning kelib chiqish tarixini, ularning mohiyatini, iqtisodiy maktablar, hozirgi zamon iqtisodiy yo‘nalishlari, ularning asosiy qoidalarini yaxshi bilish, har bir nazariyaning o‘ziga xosligi bilan, uning asosiy tomonlarini, nazariya bilan amaliyotni bir- biriga bog‘lab o‘rganish zarurligi, har qanday iqtisodiy xulosa, yakun universal bo‘lmasligi, shu bois ularning amal qilish xususiyatlarini to‘g‘ri tushunish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fan chuqur iqtisodiy bilimga, hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda iqtisodiy fikrlash ko‘nikmalariga, iqtisodiy jarayonlarni mustaqil tahlil qilish, to‘g‘ri xulosa chiqarishga xizmat qiladi.


Iqtisodiyot tarixi (xalq xo‘jaligi tarixi) va iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiyot fanining tarix va metodologik asoslarini ta’minlovchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli u iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani iqtisodiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. U mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o‘ynaydi.
Bugun “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani mustaqil fan sifatida, iqtisodiy fanlar qatoridan joy olgan. Iqtisodiyotning amaliy va ilmiy yutuqlarini shaklanish darajalarini birlashtirib, ularni yanada kengroq o‘rganishga sababchi bo‘lmoqda.
Iqtisodiyotning zamonaviy qonuniyatlari ulug‘ iqtisodchi olimlarning ko‘p asrlik ishlari tufayli yuzaga kelgan. Ularni
10

o‘rganmasdan iqtisodiyotni anglash qiyin. Shu sababli “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” bu – zamonaviy iqtisodiyotga kirishdir.


“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani iqtisodiy fanlar turkumidagi barcha fanlar bilan bog‘liq. Jumladan, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani doirasidagi iqtisodiy qarashlar, tushunchalar va qonuniyatlar tarixiy rivojlanish xarakteriga ega bo‘lib, ularni shakllanishi iqtisodiy ta’limotlar tarixining asosiy obyektini tashkil etadi. “Iqtisodiyot nazariyasi”da, asosan, eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning so‘nggi davr uchun tahlili beriladi. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy qarash, g‘oya, nazariya va ta’limotlarni, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini va umumiy tomonlarini tarixiy nuqtayi nazardan tadqiq etadi. Shu nuqtayi nazardan ushbu fan “Makroiqtisodiyot”, “Mikroiqtisodiyot” va “Milliy iqtisodiyot” kabi iqtisodiy fanlar bilan ham bog‘liq deb ko‘rsatishimiz mumkin.
Fanlarning otasi bo‘lgan “Falsafa” iqtisodiy fanlar rivojlanishiga sababchi bo‘lgani kabi iqtisodiy qarash va fikrlarning rivojlanishiga ham turtki bo‘lgan.Iqtisodiy ta’limotlar tarixiga, balki boshqa fanlarga ham xos bo‘lgan falsafiy xususiyat shuki, iqtisodiy g‘oyalar doimo dialektik rivojlanishda bo‘lib, ularning tahliliga so‘nggi nuqta qo‘yish qiyin. Bundan bir necha yuz yil avval yuzaga kelgan fikr va
g‘oyalarning ma’nosi ustida


















tortishuv va bahslar hali ham


davom etib kelmoqda.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
fanining boshqa fanlardan farqli muhim xususiyati shuki, har bir g‘oya, unda ta’limot uni yaratgan bir yoki bir guruh insonlar, olimlar, davlat rahbarlarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda beriladi.

11




Yüklə 430,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə