O’quv materiallari 1-mavzu. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” faniga kirish. (1 Soat)



Yüklə 430,09 Kb.
səhifə6/6
tarix08.04.2023
ölçüsü430,09 Kb.
#104751
1   2   3   4   5   6
1 мавзу (2)

Induksiya
Sistemali











































Kazual







(tasodifiy)

Mantiqiy abstraksiya

Matematik
modellashtirish


2-rasm. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi uslublari

O‘zbekistonlik olimlar “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”ni o‘rganish usullari sifatida quyidagi bir qator progressiv uslublarni ajratadi:


har qanday tadqiqotning asosi uslubi sifatidagi dialektika, induksiya va deduksiya, analiz va sintez;
o‘tmishdagi iqtisodiy qarashlarni o‘rganishda abstrakt va konkretlikni ajratish;
iqtisodiy nazariya va amaliyot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning tahlili, iqtisodiy ta’limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni aniqlash.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda umumiylik, yagona va
alohidalik uslubini tovar tahlili misolida ko‘rish mumkin:
umumiylik – tovar iste’mol qiymat va almashuv qiymatga ega
ekanligi;
yagona – tovar konkret foydalikka ega ekanligi;
alohidalik – tovar ne’matlarning maxsus ko‘rinishi ekanligi.
Demak, yuqoridagilarni jamlaydigan bo‘lsak, Iqtisodiy ta’limotlar
tarixi bir qator progressiv iqtisodiy tahlil uslublarini qo‘llaydi8.

1.5. IQTISODIY FIKRLAR TARIXIDA BIOGRAFIK
VA KONTEKST ELEMENTLARI

XXI asr insoniyatni hozirga qadar boshdan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan jarayonlar zamiriga tortdi. Mazkur asr intellektual avlod, globallashuv, axborot-kommunikatsion texnolo-


8Djumanov D., Allaberganov Z., Husanov D., Mamadiyorov O., Ruziyev B. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ma’ruzalar matni). –Toshkent: 2016. 10-b.
14

giyalar davri deb ta’kidlanmoqdaki, buning sababi biz albatta, tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan o‘ta shiddatli va murakkab texnikaviy islohotlar bilan birga shaxs tafakkurida kechayotgan o‘zgarishlarda deb aytamiz. Albatta, bunday o‘zgarishlar ko‘lami intellektual saviyani yanada samaraliroq sohalarga yo‘naltirishga undamoqda, jamiyat a’zolarini esa bunday sohalardagi o‘zgarishlarni tezda ilg‘ab oladigan, voqealarga befarq bo‘lmaydigan iqtisodiy tafakkurga ega qilib tarbiyalamoqda.


Insonni bilish faoliyati voqelikni, narsa va hodisalarni sezish hamdaidrok qilishdan boshlanadi, so‘ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishning aqliy yo‘l bilan aks ettirishga o‘tadi. Fiziologik jihatdan qaraydigan bo‘lsak, tafakkur sezgi, idrok, tasavvur yordamida atrof- muhit bilan bevosita bog‘lanadi, so‘ngra voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning belgi va sifatlarini bosh miya yarim sharlarida aks ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur aks ettirishning adekvatligi (to‘g‘riligi) insonning amaliy faoliyatida, tabiatni o‘rganish va jamiyatni rivojlantirish holatida tekshirib boriladi, ong va aql idrok yordamida uzluksiz ravishda nazorat qilib turiladi.
Albatta aytish lozimki, iqtisodiyot – odamlarning xo‘jalik yuritish munosabatlarini o‘rganadigan ilmiy bilim sohasi bo‘lib, uni amalga oshirish darajasi esa iqtisodiy tafakkurga tayanilgan holat va jarayondir. Iqtisodiy munosabatlarda asosiy omil bo‘lib, inson qatnashgani uchun ham, uning xatti-harakati tafakkur hosilasidir.
Iqtisodiy tafakkurni o‘rganishdan asosiy maqsad bo‘lib, iqtisodiy tafakkurni shu jamiyatdagi taraqqiyoti, rivojlanishi va moddiy turmush darajasi ko‘tarilishida aniq nazariy asos yaratilishi va jamiyatning demokratik nuqtayi nazardan yangilanishi bilan bog‘liq. Iqtisodiy tafakkur iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtiradi, teran fikr yuritish, vaziyatga ko‘ra iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilib, to‘g‘ri qarorni chiqarishga asos bo‘ladi.
Jahon iqtisodiy fani va amaliyotida “iqtisodiy tafakkur” tushun- chasiga nazariy yondashuvlar, iqtisodiy tafakkurni shakllantirishga oid umumiy masalalar yoki uning ayrim jihatlarini bir qator olimlar9 qarashlarida uchratish mumkin.

9Беккер Г. Человеческое поведение: экономический подход. Избранные труды но экономической теории: Пер. с англ. / Сост. и науч. ред. Р.И. Капелюшников; Предисл. М.И. Левина. М.: ГУ- ВШЭ, 2003. Абалкин Л.И. Рост потребления и фактор разнообразия. Новейшие исследования
15

L.I.Abalkin, G.N.Sokolova, L.S.Blyaxman10 iqtisodiy tafakkurni aniq jamoaviy vaziyatlarda iqtisodiy ong mahsuli sifatida qarab, u uy xo‘jalik faoliyatini boshqarishda bevosita vaziyatni baholash va qaror chiqarish usullari sifatida gavdalangan nuqtayi nazar deb qaraydilar. Ularning ta’kidlashi bo‘yicha doimiy gavdalangan nuqtayi nazarlar, tahlillar, qarorlar tufayli vujudga kelgan iqtisodiy qarash empirik bosqichni hosil qiladi yoki kundalik hayotda boshqariladi, lekin har doim ham nazariy xulosalar bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Shunday qilib, iqtisodiy ong va iqtisodiy tafakkur bir turga xos bo‘lsa ham turli darajada qo‘llaniladi.


Belorus olimi G.N.Sokolova11 iqtisodiy tafakkurni jamoaviy vaziyatlarda vujudga kelgan iqtisodiy ong mahsuli sifatida qaraydi.
P.Xeyne “iqtisodiy tafakkur shakli”ga tayyor xulosalar yoki “tafakkur texnikasi” ko‘rinishida emas, balki iqtisodiy tafakkurni yo‘nalish sifatida qabul qildi. Bunday yo‘nalish individlarning o‘z manfaatiga ko‘ra faoliyat olib borishga intilishida aks etadi, deb bilgan. Iqtisodiy tafakkur mavjud vaziyatning tahlili va uni baholanishi asosida kishilarning o‘z foyda va daromadlari ularning muqobil tanlovi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bunday tanlov ikki yoki bir necha muqobil faoliyat yo‘llari sifatida ifodalanadi12.
Iqtisodiy tafakkurga berilgan bir qator ta’riflarda iqtisodiy kategoriya va qonunlarning ong orqali anglash jarayoni, shuningdek, faoliyat boshqaruvining shakli deb ta’kidlangan. Biroq, aytish lozimki, iqtisodiy tafakkur iqtisodiy faoliyat, kategoriya va qonunlarga hamda ularning qo‘llanishiga bog‘liqdir. Iqtisodiy tafakkurning “mustaqil manbasi” sifatida nafaqat qonun va kategoriyalar, balki subyektning iqtisodiy faoliyat sohasida vujudga keladigan ehtiyoj va qiziqishlari ham chiqadi. Xuddi shuning uchun ham bir qator mualliflar iqtisodiy tafakkurni obyektiv-subyektiv jarayonlarning muhim darajasi sifatida

западных и российских эволюционистов. М.: 2004 Соколова Г.Н. Рыночные отношения в Беларуси: от эволюции к инновациям // Социологические исследования. 2007. № 2. 118. Улыбин К.А. Социалистическая собственность без иллюзий и догм. –М.: 1990 П.Хейне"Экономический образ мышления" –М.: Новости, 2001.


10Абалкин Л.И. Рост потребления и фактор разнообразия Новейшие исследования западных и российских эволюционистов.М., 2004 Соколова Г.Н. Рыночные отношения в Беларуси: от эволюции к инновациям // Социологические исследования. 2007. № 2. 118. Бляхман Л.С.Перестройка экономического мышления. - М., Политиздат, 1990
11Соколова Г.Н. Рыночные отношения в Беларуси: от эволюции к инновациям//Социологические исследования. 2007. № 2. 51-57 с.
12 П.Хейне "Экономический образ мышления" –М.: Новости, 2001. C.34
16

chiqishini, unda ongli ravishda obyektiv iqtisodiy qonunlar va mexanizmlar o‘zaro aloqadorlikda ishlatilishini ta’kidlaydilar13 (L.I. Abalkin, P. Xeyne).


Bundan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tafakkur tushunchasini ta’riflashda ikki asosiy tamoyilga asoslanadi, bir tomondan, iqtisodiy munosabatlar amal qilishi asosida vujudga kelgan tushuncha va xulosalar aksi sifatida, ikkinchi tomondan, qonun, kategoriyalarning amaliyotda qo‘llanish jarayoni sifatida chiqadi.
Bir qator olimlar (A.P.Sudelskiy, L.S.Blyaxman14 va b.) iqtisodiy tafakkur hamma faoliyatning ichki mexanizm sifatida bog‘liqlikda chiqishini ta’kidlashadi. Ularning fikricha, iqtisodiyotda kishilar faoliyatining tarkibiy qismi sifatidagi yondashuv, iqtisodiy va psixologik tafakkurning integratsiyasini belgilaydi.
Adabiyotlarda, shuningdek, “zamonaviy iqtisodiy tafakkur” degan ibora vaqti – vaqti bilan uchrab turibdiki, u iqtisodiy taraqqiyotni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarilishining bosh omiliga aylanib bormoqda. Zamonaviy iqtisodiy tafakkur tushunchasiga turli iqtisodchilar turli xil ta’rif berib o‘tishgan. Jumladan, iqtisodiy lug‘atda: “Zamonaviy iqtisodiy tafakkur – bu hozirgi zamon rivojlanish bosqichida fan va jamoa ishlab chiqarish jarayonidagi erishilgan yutuqlarga iqtisodiy qarash va tasavvurlar majmuasidan iborat”15 deb qayd qilinadi. A.Yu.Arxipov esa mazkur tushunchaga: “zamonaviy iqtisodiy tafakkur bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida infratuzilmaning yangilanishi, davlat tasarrufidan chiqarish, ya’ni xususiylashtirish bosqichida individlar tafakkurida kechgan o‘zgarish” deb qaraydi. E.F.Borisov fikriga ko‘ra: “Iqtisodiy tafakkur ikki turga ajraladi, ular odatiy hayotning iqtisodiy tafakkuri va ilmiy asoslangan iqtisodiy tafakkur. Yangicha iqtisodiy tafakkur obyektiv borliqning nazariy asosini tashkil qilib, xo‘jalik yuritish faoliyatini chuqur

13 Абалкин Л.И. Рост потребления и фактор разнообразия Новейшие исследования западных и российских эволюционистов. –М., 2004 Соколова Г.Н. Рыночные отношения в Беларуси: от эволюции к инновациям // Социологические исследования. 2007. № 2. 118., П.Хейне "Экономический образ мышления" –М.: Новости, 2001. C.35
14 Судельский А.П. Формирование у школьников экономической культуры. Ж.Педагогика. – М.: 1987., Бляхман Л.С.Перестройка экономического мышления. – М.: Политиздат, 1990
15 http://www.ekoslovar.ru/493.html
17

o‘rganishga qaratilgan ilmiy asoslangan iqtisodiy qarashdir”16 deb qaraladi.


Jahon amaliyotida iqtisodiy tafakkur sohalarida anchagina yutuqlarga erishgan Nobel mukofoti bilan taqdirlanganlar misolida ham ko‘rish mumkin17. Ular orasida 1992-yil Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan Geri Bekker o‘zining iqtisodiy yondashuvlari bilan alohida ajralib turadi.
G.Bekkerning ishlari zamonaviy iqtisodiy fan sohasida keng e’tirof etilgan, ayni vaqtda ularda bir qarashda bir-biriga bog‘lanmagan muqobil vaziyatlarning iqtisodiy tahlili umumiy tamoyil asosida bog‘langan. Bekker o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida xulosaga keladiki, inson jamoaviy va hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda, o‘zi anglamagan holatda ko‘p hollarda “iqtisodiy zehn”ga tayanadi18.
Yuqoridagilarni jamlagan holda, zamonaviy iqtisodiy tafakkur:
− insonlar farovonligini ta’minlaydigan taraqqiyotining zamonaviy
darajasi;
− “o‘z manfaati yo‘lida hamkorlik” hamda ishonch;
− “iqtisodiy zehn”dir deb ayta olamiz.
Mamlakatimizda “iqtisodiy tafakkur” tushunchasiga bir guruh
olimlar19 ham o‘z yondashuvlarini bayon qiladi: “Iqtisodiy hodisaning mohiyatini, iqtisodiy rivojlanishning qonun-qoidalarini, o‘ziga xos tomonlarini tushunib yashash, bu iqtisodiy nazariyalarni bilish va ulardan samarali foydalanish qobiliyati iqtisodiy tafakkurni vujudga
16 Е.Ф.Борисов. Экономическая теория. Курс лекций для студентов высших учебных заведений. СП.: 2008,34 б.
17 XXI asrda erishgan yutuqlar sifatida biz Djordj Akerlof, Maykl Spens, Djozef Stiglitsning “Axborotlar
asimmetriyasi asosida bozor tahlili uchun” (2001-yil), Deniel Kaneman, Vernon Smitning “Alternativ bozor mexanizmi va qarorlar yechimini topish sohasidagi tadqiqoti uchun” (2002-yil), Robert Inglning “Geteroskedastichnost avtoregressiv sharoitida matematik model asosida iqtisodiy modelning ba’zi tahlil usulini ishlab chiqqanligi uchun” (2003-yil), Edvard Preskott “Ishbilarmon sikllar asosida harakatlanuvchi kuch tadqiqoti va shu kabilarning mazkur mukofot bilan taqdirlangani iqtisodiy siyosatga vaqt omilini ta’sirini o‘rganilgani uchun” (2004) va boshqalar iqtisodiy tafakkurning qanchalik yuksak cho‘qqilarini zabt etganini anglatadi.
18 Беккер Г. Человеческое поведение: экономический подход. Избранные труды но экономической теории: Пер. с англ. / Сост. и науч. ред. Р.И. Капелюшников; Предисл. М.И. Левина. М.: ГУ-ВШЭ, 2003, 32 б.
19 T.Ergashev, R.Ismatov. Iqtisodiy savodxonlik asoslari. T.: Sharq. 2001., Do‘sxodjayev T., Mirhamidov –M., Hasanov S. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb muammolari. –T.: “Moliya iqtisod” 2004, Qodirova Z.R. Yangicha iqtisodiy tafakkur va xalqaro munosabatlar//Xalqaro munosabatlar// 2004, №2, 84 b., D.Tojiboyeva, N.Xo‘jayev, G.Avalova. Iqtisodiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T., “Fan va texnologiya”, 2008

18



keltiradi”20. Mazkur ta’rifda iqtisodiy tafakkurning mohiyati va xususiyatlariga qarab, uning uchta turini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
− oddiy kuzatish va anglash tamoyillariga asoslangan iqtisodiy
tafakkur, ya’ni empirik tafakkur ko‘rinishida chiqadi;
− chuqur bilimlar va g‘oyalarga asoslangan iqtisodiy tafakkur. U abstrakt tafakkur sifatida chiqadi;
− murakkab jarayonlar tahlili bilan bog‘liq iqtisodiy tafakkur21.
U ijtimoiy tafakkur sifatida chiqadi.
Iqtisodiy tafakkur – shaxsning iqtisodiy voqelik va jarayonlarga munosabatini ifodalaydigan iqtisodiy g‘oyalar, qarashlar va tasavvurlar majmuidir22. Ular (T.Yergashev, R.Ismatov) ushbu ta’rif orqali iqtisodiy tafakkurni iqtisodiy g‘oya, qarash va tasavvurda deb bilib, ularni yoshlikdan ta’lim orqali anglatish lozimligini uqtirishadi.
Xuddi shunga o‘xshash fikrlar “Iqtisodiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasida ham ifodalangan: “Iqtisodiy tafakkur – bu iqtisodiy fikrlash, bilimning natijasidir. Iqtisodiy tafakkur chegarani his qilish, me’yorni bilish, hisob-kitob qilish orqali xohish, istak bilan imkoniyatni taqqoslab qaror qabul qilishda ifodalanadi. Iqtisodiy tafakkur 1) iqtisodiy bilim, qarashlar, g‘oyalar, ma’naviy yaxlitligi sifatida; 2) iqtisodiy qarashlar g‘oyalarning asosi; 3) odamlar tomonidan o‘rganilgan iqtisodiy bilimlargina emas, balki iqtisodiy munosabatlar, aloqalarda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy tafakkurning shakllanishi dastlab, shaxsiy tajribalar, og‘ir jismoniy mehnatni yengillashtirishga, cheklangan resurslardan samaraliroq foydalanishga, turmush darajasini ko‘tarishga bo‘lgan intilishlar bilan bog‘liq bo‘lsa, keyinchalik u falsafiy, so‘ngra diniy qarashlar bilan bog‘liq holda rivojlanadi”23. Mazkur iqtisodiy tafakkurga berilgan ta’riflar iqtisodiy bilimlarning iqtisodiy munosabatlarda namoyon bo‘lishi, uning natijasi deb qaralgan.
Ta’riflardagi asosiy kamchiliklar deb quyidagilarni keltirish
mumkin: birinchisi – ular iqtisodiy tafakkurni bilim, qarash va g‘oyalar
20 Do‘sxodjayev T., Mirhamidov M., Hasanov S. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb muammolari. –T.: “Moliya iqtisod”, 2004, 216 b.
21 Do‘sxodjayev T., Mirhamidov M., Hasanov S. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning
dolzarb muammolari. –T.: “Moliya iqtisod”, 2004, 216 b.
22 Т.Ergashev, R.Ismatov. Iqtisodiy savodhonlik asoslari. –Т.: Sharq. 2001. 11 b.
23 D.Tojiboyeva, N.Xo‘jayev, G.Avalova. Iqtisodiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Fan va
texnologiya”, 2008, 126 б.

19



majmui, ularning natijasi ekanligiga ko‘p e’tibor qaratishgan. Jumladan, T. Do‘sxodjayev va boshqalarda berilgan ta’rifda iqtisodiy voqelik va jarayonlar natijasi bo‘lgan iqtisodiy qarash, g‘oya va tasavvur deb ta’riflangan. Bu bilan ular iqtisodiy tafakkur allaqachon shu g‘oya, qarash va tasavvurda shakllanib bo‘lgan natija deb qaralgan. Ikkinchi kamchilik – bu inson iqtisodiy jarayonlarning va munosabatlarning doimiy ishtirokchisi ekanligi inobatga olinmagan. Xuddi shunday fikr D.Tojiboyeva va boshqalar tomonidan berilgan ta’riflarda ham ko‘ringan. Aslida esa iqtisodiy tafakkur to‘xtamas, doimo rivojlanib, boyib boradigan iqtisodiy kategoriyadir.
Mamlakatimiz olimlaridan biri X.P.Abulqosimov iqtisodiy tafakkur kishilarda shakllangan o‘z iqtisodiy salohiyatining maqsadi, vazifalarini bozor qonunlari talablariga muvofiq asoslash bilan bir qatorda ularni amalga oshirish vositalari va usullarini o‘zining hamda hamkorlarning manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlashga, tanlashga qaratilgan fikrlash tarzini ifodalaydi24 deb ta’rif beradi. Albatta bu yerda iqtisodiy tafakkurda inson omilining roliga ko‘proq e’tibor berilgan. Ammo jamiyat nafaqat bir insonning manfaatida yotadi, balkim bir qator davrlarda shakllanib kelgan qonuniyatlar asosida kechadi. Ta’rifda shu jihatga ahamiyat berilmagan.
Tadqiqotchilarimizda yangicha iqtisodiy tafakkur tushunchasiga ham ta’riflar uchrab turadi. Yangicha iqtisodiy tafakkur bir tadqiqotchi olim (Z.R.Qodirova) tomonidan quyidagicha ta’riflanadi: “Yangicha iqtisodiy tafakkur, bizning nazarimizga ko‘ra, uchta asosga ega, birinchidan, insonning bozor sharoitida muhim bo‘lgan shaxsiy fazilatlari. Ikkinchidan, texnika taraqqiyotining zamonaviy darajasi, xususan moddiy ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari nisbati. Uchinchidan, davrimizga xos ijtimoiy jarayonlarning har mamlakat ijtimoiy madaniy xususiyatlarini o‘ziga xos nisbati va ijtimoiy turmushning globallashuvi bilan tavsiflanadi”25. Bu ta’rif ancha mukammal, chunki unda zamonaviy iqtisodiy tafakkurga xos uch belgi keltirilgan.
Yuqoridagi ta’riflarni umumiylashtirsak, iqtisodiy tafakkur:



24 Аbulqosimov Х.P. Shakllanayotgan bozor iqtisodiyotida inson omili va uni faollashtirish yollari. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. –Т., 2005, 37–38-betlar.


25 Qodirova Z.Р. Yangicha iqtisodiy tafakkur va xalqaro iqtisodiy munosabatlar//Ж. Хаlqaro
munosabatlar// 2004, №2, 84-б.
20

− xususiy ehtiyoj va manfaatlarning to‘qnashuvi oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy bilim, qarash va g‘oyalar;


− iqtisodiy kategoriya va qonunlarni ong orqali anglash jarayoni;
− iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish tamoyillari;
− qonun, kategoriyalarning amaliyotda qo‘llanilish jarayonidir. Ilmiy
izlanishlarimiz natijasida biz “iqtisodiy tafakkur” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdik. Iqtisodiy tafakkur – bu xususiy (jamiyat) ehtiyoj va manfaatlarining o‘zaro ta’siri jarayoni natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy tushuncha, xulosa va qarorlar hamda ular asosida shakllangan iqtisodiy xatti-harakatlardir.
Tayanch so‘z va iboralar: iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash, ta’limot, iqtisodiy tafakkur, iqtisodiy fanlar, iqtisodiy ta’limotlar tarixi, iqtisodiyot nazariyasi

NAZORAT SAVOLLARI
1. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining o‘rni nimadan iborat?
2. Iqtisodiyot nazariyasi va iqtisodiy ta’limotlar tarixining tarixiy
asoschilari kimlar?
3. Bu fanni o‘rganish uslubi qanday?
4. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganishda qanday usullardan
foydalanish mumkin?
5. Ushbu fanning ilmiy davrlash uslublari nimadan iborat?
6. Bu fanni o‘rganishning asosiy vazifasi va ahamiyatini izohlab
bering.
7. Fanning asosiy manbalarini ta’riflab bering.
8. Mazkur fanning predmeti nima?
9. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganishdan maqsad nima?
10. Hozirgi iqtisodiy fanlar qatorida iqtisodiy ta’limotlar tarixi
qanday o‘rinni egallaydi?
Yüklə 430,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya