O’quv materiallari 1-mavzu. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” faniga kirish. (1 Soat)


TA’LIMOTLARNING PAYDO BO‘LISHI VA



Yüklə 430,09 Kb.
səhifə3/6
tarix08.04.2023
ölçüsü430,09 Kb.
#104751
1   2   3   4   5   6
1 мавзу (2)

1.2. TA’LIMOTLARNING PAYDO BO‘LISHI VA
RIVOJLANISHI JARAYONLARI

Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda ma’lum davrlash tizimidan foydalaniladi. Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g‘oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas bog‘langandir; bu g‘oyalar ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g‘oyalar o‘z maqsadlariga to‘la javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‘zgarib turishlari kerak» deb yozgan edi.


Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g‘oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta’limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini to‘la o‘rganish alohida bob, maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil
7

etish va umumlashtirib e’lon qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin.


Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‘oyalarni ma’lum tizimga solish va shu asosda o‘rganish maqbuldir. O‘tgan davr hodisalari va g‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‘rma- zo‘raki kelishtirish, moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni yuzaki zamonaviylashtirishga, o‘rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fan sifatida tarixning rivojlanish turkumlari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
− alohida mamlakat va hududlarning iqtisodiy rivojlanish davrlari;
− jahon iqtisodiyotining bozor iqtisodiyotigacha bo‘lgan davri;
− bozor munosabatlari rivojlanayotgan davr;
− ijtimoiy yo‘naltirilgan va nazorat qilinadigan jahon iqtisodiyoti
davri;
− zamonaviy davr.
Xo‘jalik rivojlanishining davriy tarixi B.Gildebrand bo‘yicha quyidagicha:
− natural xo‘jalik davri (m.a. XII asr yarmi). Savdo hali rivojlanmagan, xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasida barter munosabatlari davri;
− pul xo‘jaligi (milodiy XII-XVIII asrlar). Tovar almashinuvi murakkablashgan davr;
− kredit xo‘jaligi (XIX asr o‘rtalarida to hozirgacha) tovar almashinuvi geografik chegaralanmagan, savdo va kredit nihoyatda faol davr.
K.Marksning formatsion rivojlanish nazariyasi bo‘yicha iqtisodiy tarix davrlari:
- ibtidoyi jamoa davri (m.a.VI asr);
- quldorlik davri (m.a.V asr va milodiy VI asr)
- feodal davr (VI – XVIII asrlar);
- kapitalistik davr (XIX asrdan XX asrgacha);
- kommunistik davr (XX asr).
Tarixiy xronologik nazariya bo‘yicha:
− eski zamon (m.a. 223-8 asrlar) insonlar ko‘chmanchilik, ovchilik va terimchilik mehnati bilan shug‘ullanishi;

8



− antik davr (m.a. V asrdan to milodiy VIII asrlar) quldorlik rivojlanishi va yerlarga xo‘jalik, savdo rivojlanishi;
− o‘rta asr (milodiy V va XVI asrlar) davlat va iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi;
− renessans davri (XVI-XVIII asrlar) buyuk ixtirolar davri;
− buyuk ochilishlar davri (XVIII asrning 1-choragi va o‘rtalari)
dunyoda yangi davlatlar ochilishi;
− erkin raqobat davri (XVII asrning ikkinchi yarmi XIX asr oxirlari)
bozor mexanizmlarining faollashuvi, ishlab chiqarish revolyutsiyasi bilan bog‘liq;
− monopolik raqobat davri (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning o‘rtalari) ishlab chiqarishning murakkablashuvi va kapitalning kengayishi;
− ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot (XX asr yarmidan hozirgacha) har bir shaxsning iqtisodiy shakllanishi davri.
Ibtidoiy jamoa davri quyidagi davrlarga bo‘linadi:
− poleolit (m.a. 400-40 asrlar) jamiyat to‘da bo‘lib yashashi, yig‘im
terim va ovchilik bilan shug‘ullanishi;
− mezolit (m.a. 40-14 asrlar) ovchilik anjomlarining rivojlanishi,
junlarni qayta ishlash, baliq ovlash, to‘da o‘rniga ibtidoiy jamoa shakllanishi;
− neolit davri (m.a. 14-10 asrlar) dehqonchilik rivojlanishi, uy hayvonlarini vujudga kelishi, hunarmandchilik va ijodiyotning rivojlanishi, o‘troq hayot kechirishi;
− ilk temir davri (m.a. 10-5 asrlar) mehnat qurollari, dehqonchilik, barter rivojlanishi.
Bu davrdagi asosiy o‘zgarishlar:
− o‘troq hayot kechirishni tanlash;
− qishloq xo‘jaligining vujudga kelishi;
− aholining ko‘payishi;
− birinchi shaharlar vujudga kelishi.
Jahon iqtisodiyotning rivojlanish davrlarini esa quyidagi davrlar bilan bog‘liq:
− genezis (1880–1940-yillar) xo‘jalik munosabatlari inqirozli davri;

9

− shakllanish (1950–1970) kolonial tizimning buzilishi va rivojlangan mamlakatlarning vujudga kelishi (dunyo kapitalizm va sotsializmga bo‘linishi)
− rivojlanish (1980–1990) mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy munosa- batlar keng tarmoq olishi davri.
Shuningdek, barcha mamlakatlar ishlab chiqarishi rivojlangan, o‘tish davri va rivojlanayotgan mamlakatlarga bo‘linadi.


Yüklə 430,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə