O’quv materiallari 1-mavzu. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” faniga kirish. (1 Soat)


IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI FANINING



Yüklə 430,09 Kb.
səhifə5/6
tarix08.04.2023
ölçüsü430,09 Kb.
#104751
1   2   3   4   5   6
1 мавзу (2)

1.4. IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI FANINING
PREDMETI VA O‘RGANISH USULLARI

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanning predmeti – bu shakllanish, rivojlanish jarayoni, iqtisodiyot, fan, texnika va ijtimoiy sohada insoniyat rivojlanishining turli bosqichlarda iqtisodiy qarashlarningkurashi va almashinuvidir.


Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda o‘rganiladi. Shu bilan birga, bir narsani qayd qilib o‘tish kerakki, iqtisodiy ta’limotlar tarixi zamonaviylikka yo‘naltirilgan. Bu ko‘rib chiqilayotgan muammolarning hozirgi kundagi dolzarbligi bilan ifodalanadi. O‘tgan davr iqtisodiy ta’limotlari tahlili ehtiyojlarni to‘la qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni o‘rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o‘tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish va yangi g‘oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Zero, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o‘tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o‘rgangach, iqtisodchi mutaxassislar, eng avvalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv qonunlarining mohiyatini ochib berish, muqobil xo‘jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ularni amalga oshirishda ijobiy yondashish uchun zarur bo‘lgan o‘zlarining tadqiqotmahoratlarini oshiradilar.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining o‘rganish predmeti – iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, iqtisodiy g‘oya va nazariyalarning shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari va ularning almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Iqtisodiy ta’limotlarning vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro qilingan quldorlik davridan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani bir qator maqsadlarga tayanadi:
− iqtisodiy nazariyasining qonuniyatlari va xususiyatlarini anglash;
− shu fan yuzasidan bilimlarni kengaytirish;
− turli davrlarda yashab ijod etgan iqtisodchilar va ularni qarashlari
bilan tanishish;

12



− jahon va milliy iqtisodiyotning rivojlanishi asosida yuzaga kelgan
qonuniyatlar bo‘yicha bilimlarning amalda qo‘llanish jarayonini o‘rganish;
− iqtisodiy madaniyatni oshirish.
Hozirgi paytda dunyodagi ilg‘or g‘oyalarni o‘rganish davomida hur
fikrlilikka (plyuralizmga) keng o‘rin berish, har qanday fikrni atroflicha tahlil etish kerakligi aniq bo‘lib qoldi. Shu sababli fanni tadqiq etish usullariga turli tomondan yondashamiz.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining uslublari turli adabiyotlarda turlicha yondashilgan holda ko‘rsatib berilmoqda. Rossiya olimlari tomonidan yaratilgan darsliklarda u ikki usulda ko‘rsatiladi6. Bular:
1. Tarixiy tahlil uslubi. Iqtisodiy konsepsiyalarning shakllanish va rivojlanish jarayonini anglash asosida, ularning kelib chiqishini tahlil qilishdir. Konsepsiyani tahlili asosida uning qaysi davrda vujudga kelganini anglash uni chuqurroq tushunishga yordam beradi.
2. Turli nisbatlar uslubi. Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda iqtisodiy kategoriyalar nisbatini va o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Iqtisodiy konsepsiyani o‘rganish iqtisodiy fanlarning ichki xossalarini aniqlash, ularni o‘zaro bog‘liqligi va nisbatlarini ko‘rib chiqishni zaruriyatini tug‘diradi. Ana shunda tarixiy rivojlanishni o‘rganish qo‘l keladi.
G.M. Gukasyan va G. Ninseva7 quyidagi usullar “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini kengroq ochib berishga xizmat qiladi deb hisoblagan, ya’ni:
– kumulyativ usul (unga ko‘ra keyinchalik vujudga kelgan iqtisodiy qonuniyatlar ilgari yaratilgan g‘oyalarning tekislanishi oqibatida vujudga kelgan deb hisoblanadi);
– evolyutsion usul (tarixiy hodisa va jarayonlarga tayanilgan holatda o‘rganishga asoslanadi);
– tajriba, induksiya va deduksiya usullarining birga qo‘llanilishi.
6 История экономической мысли. Под ред. В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. СПб.: Питер, 2008. С.15-16.
7 Гукасьян Г.М., Нинцева Г.В. История экономической мысли. СПб.:Питер, 2008. 6-7 стр.

13





Tarixiy

Funksional







Ular:




















Yüklə 430,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə