Milliy universiteti jurnalistika fakulteti



Yüklə 321,87 Kb.
səhifə1/12
tarix23.04.2023
ölçüsü321,87 Kb.
#106688
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Metaforaning badiiy


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI



MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI
JURNALISTIKA FAKULTETI


KURS ISHI
MAVZU: Metaforaning badiiy san'at hosil qilish xusisyatlari
ILMIY RAHBAR: NAMOZ RASULOV
_________________-2022


M U N D A R I J A




MUNDARIJA



M U N D A R I J A 2
I.BADIIY MATNDA METAFORANING AHAMIYATI 3
1.1.Metaforaning lisoniy tahlili masalasi 3
1.2.Metaforaning mohiyati 11
1.3.Metaforaning turlari 18
II.METAFORANING BADIIY SAN'AT HOSIL QILISH 21
2.1.Metaforaning uslubiy xususiyatlari 21
2.2.Metafora va so‘z yasalishi 25
X U L O S A 33
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 35

K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi. Badiiy matnda leksik sathdagi ko’chim (trop)lar nihoyatda katta ahamiyatga ega, ular badiiy mazmunni ifodalashda eng faol vositalardir. Ayniqsa, ko’chimlar orasida metafora muhim va keng qo’llanuvchi vosita sifatida tilimizda badiiy tasavvurlarining natijalari asosida yuzaga kelgan. Metaforalarning lisoniy, mazmuniy va uslubiy xususiyatlari o’zbek tilshunosligida ancha keng o’rganilgan.
Tilda ilgari mavjud bo’lgan nomning muayyan o’xshashlik asosida yangi ma‘no uchun qo’llanishi oddiy nominatsiya vazifasinigina bajarmaydi, balki tinglovchiga ta‘sir etish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi hamda tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi. Ana shunday ko’chimlardan biri metaforadir.
Metafora nominatsiya jarayonida muhim o’rin tutishiga qaramay, ko’proq badiiy vosita sifatida adabiyotshunoslarning diqqatini jalb qilib keldi. Lekin har qanday badiiy ifoda lingvistik vosita yordamida amalga oshiriladi. Shunday ekan, badiiy nutq tarkibidagi ko’chimlar muayyan lingvistik qonuniyatlar asosida maydonga keladi. Shuning uchun ham ular faqat adabiyotshunoslikninggina emas, balki tilshunoslikning ham tekshirish obyekti sanaladi. Metafora va metaforiklik masalasi bugungi kunda nafaqat filologiya, balki falsafa, mantiq, germenevtika, psixologiya kabi qator gumanitar ilm sohalari tomonidan ham o’rganilib, metaforaning mohiyati, strukturasi, xillari va ko’rinishlari borasida yangi-yangi qarashlar paydo bo’ldiki, natijada ular erishgan yutuqlar asosida tilshunoslikda ham bu masalani qayta ko’rish zarurati yuzaga keladi. Ana shu masalalarni hal qilish bu mavzuning o’zbek tilshunosligi uchun dolzarb ekanligini ko’rsatadi.
Metaforani ko’p ma‘nolilikni yuzaga keltiruvchi usullardan biri sifatida baholash an‘ana tusiga kirgan. Bu bahoga qanchalik qo’shilish yoki qo’shilmaslik, avvalo, ko’p ma‘nolilik tushunchasini baholashni talab qiladi. Ko’p ma‘nolilik ilmiy tilshunoslikda, shuningdek, polisemiya va polisememiya atamalari bilan ham belgilanadi.
Polisemiya atamasi bir muncha keng tarqalgan bo’lib, masala mohiyatiga nazar tashlash bu atamaning o’zi belgilayotgan hodisa tabiati bilan mos kelavermasligini ko’rsatadi.

Yüklə 321,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə