O’quv materiallari 1-mavzu. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” faniga kirish. (1 Soat)



Yüklə 430,09 Kb.
səhifə2/6
tarix08.04.2023
ölçüsü430,09 Kb.
#104751
1   2   3   4   5   6
1 мавзу (2)

1-rasm. Iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari va maktablari4

Ilmiy maktab – bu o‘zaro bog‘liq nazariy qarashlar va tadqiqot uslubiyotiga ega olimlar guruhi5.



4 Razzoqov A., Tаshmatov Sh., Ormonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. – T.: “Iqtisod va
moliya”, 2007, 5 b.
5 История экономической мысли/ Под ред.В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой.– СПб.: Питер, 2008.
14 стр
6

Bu fan tarixi shuni aniq isbotlamoqdaki, ko‘pgina iqtisodiy g‘oyalar obyektiv xo‘jalik amaliyoti bilan chambarchas bog‘liq. Ko‘pgina olimlar avvallari (hozir ham uchrab turadi) o‘z qarashlarini mutloq universal bekami-ko‘st deb ko‘rsatishga uringanlar. Albatta, «abadiy» qonuniyatlar ham mavjud bo‘lib, ularni istalgan tizimda kuzatish mumkin, ammo ko‘p hollarda olimlar bugungi haqiqatning tarixiyligini ilg‘ab olishga har doim qodir emas.


Quyida (1-rasm) biz shu davrgacha yuzaga kelgan iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari va maktablari bilan tanishamiz.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixida bir muhim masala ustida to‘xtab o‘tish kerakki, avval yuzaga kelgan iqtisodiy g‘oyalarga shu kungi o‘lchovlar bilan baho beriladi va odatda ilgarigi g‘oyadagi «xato» va «kamchilik»lar aniqlanib, yangi g‘oyaning undan afzalligi «isbotlanadi».
Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta’kidlanganidek, avvalgi g‘oyalar tufayli odatda yangi g‘oyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu g‘oya «yaxshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan bo‘lmaydi. A.Smitning mashhur asarida o‘zidan avvalgi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta’limotlarini tahlil qilgan, Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o‘rganilgan va yangi g‘oya vujudga keltirgan.


Yüklə 430,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə