Ўзбекистон республикаси ўрта махсу ва олий таълим вазирлиги


UMURTQA POG’ONASINING ASORATLANGAN



Yüklə 242,35 Kb.
səhifə2/3
tarix02.10.2017
ölçüsü242,35 Kb.
#2594
1   2   3

UMURTQA POG’ONASINING ASORATLANGAN

ShIKASTLANIShLARI

Umurtqa pog’onasini yopiq shikastlanishida orqa miya va ot dum tutamlarining turli darajada zararlanishi kuzatiladi mikroskopik o’zgarishlardan lat yeyishgacha, majaqlanishi va xatto anatomik uzilib ketishi mumkin. Bularda orqa miya shishi shu darajaga borib yetadiki, unda qattiq pardani chegaralab turuvchi kanal ichi butunlay to’lib qoladi.

Orqa miya shikastlanish darajasiga, orqa miya va undan chiquvchi tutamlardagi o’tib ketuvchi va o’tmaydigan o’zgarishlarga qarab A.L.Polenov nomidagi Leningrad neyrojarroxiya ilmiy tekshirish instituti taklif qilgan tasnifga asosan orqa sohaning asoratli shikastlanishi uch guruhga bo’linadi:

Birinchi guruh - orqa miya va ot dumi tutamlarining qaytar


funkstional o’zgarishlari (orqa miya chayqalishi, qon aylanishnin
qaytar angionevrotik buzilishlari bilan ko’rinadi); I

Ikkinchi guruh - qaytar va qaytmas orqa miya va ot dum tizimchalaridagi o’zgarishlarning qo’shilib kelishi (orqa miya lat yeyishi va ezilishi).

Uchinchi guruh - orqa miya ko’ndalangiga anatomik uzilishi eyu uning to’qimalarini butun ko’ndalangini egallagan kon qo’yilish bilan kechuvida qaytmas o’zgarishlar.

Orka miya jarohatlanish og’irligi qaytmas morfologik o’zgarishlarning ustunligi, faoliyatining tiklanishi esa kayta] funkstional o’zgarishlarning yo’qrlishta bog’liq..

Jarohat olingan vaqtdan o’tgan davrga bog’liqholda, orka miyadagi o’zgarishlar tom ma’noda travmatik shikastlanish (ular shikastlanii vaqtida va ta’siri ostida paydo bo’ladi) va angionevrotik xarakterga ega bo’lgan ikkilamchi o’zgarishlarga va sistemali hamda sistemasi demielinizastiya va degenerastiya, shikastlanishdan o’tgan uzoq.davrda uning jyuratlariga kiradi. Asoratlari esa soha to’qimalarinin surilib tiklanish, chandiklanish va ichki turli to’qimalar bilan to’la kistalar hosil bo’lish jarayonlari bilan xarakterlanadi va travmatik kasalligi deb atadi. I.Ya.Razdolskiy orqa miya travmatik kasalligani 4 davrini ajratdi:

1)2-3 kunni ishgol kiluvchi bu davr uchun betartib klinik manzara xos bo’lib, orqa miyaning turli darajada shikastlanishidan kelib chikadi va spinal karaxtlik (shok) rivojlanishi bilan bog’liqdir. Bu davrda orqa miya okir shikastlangani xozirgi zamonda klinik manzaraga asoslanib, orqa miya va ot dumi tizimlarida morfologik o’zgarishlar xarakterini amaliy jixatdan aniqdab bo’lmaydi;

2) erta davri 2-3 xafta davom etadi. Bu davr xam orqa miyaning to’la
funkstional uzilish belgilari bilan ko’rinadi. Bu belgilar majmuasining kelib chiqishida kon, limfa va orqa miya suyukdigi almashuvining mutadil oshib buzilishi xamda orqa miya kulrang modstasida mikroskopik o’zgarishlar yotadi. Bu nekroz va qon qo’yilishlar bosktiida, jarroxlik yo’li bilan orqa miya tekshirilganda anatomic butunligi saqlangandek tuyuladi, ammo lat egan, majaklangan va kon ko’yilgan o’choklar topiladi. Orqa miya to’qimasi bo’kib suyuklik bilan
shimilgan bo’ladi; 3) oralik davr odatda 3-4 oygacha davom etadi. Uning boshlangich
fazasida spinal karaxtlik alomatlari yo’qoladi va zararlangan soxada chandiklanish jarayoni ketadi xamda shikastlanishning chin xarakteri aniqlanadi. Bu davr uchun orka miya o’sib boruvchi kistoz
degenerastiyasining klinik-morfologik o’zgarishlarining boshlanshch bosqichi xosdir;

4) orqa miya travmatik kasalligining kech davri (4 oydan ko’prok) zararlangan o’chokda avval glial, so’nga kupol biriktiruvchi to’qimadan chandiq rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Miya to’qimasida, ko’pincha, posttravmatik kistalar xosil bo’ladiki, ular orqa miya faoliyatini


yanada ko’prok buzadi va miya to’qimasining qayta tiklanish jarayonini ko’p x.ollarda yomon okibatlarga olib keladi. Orka miya pardalari va epidural yok kavitida rivojlanadigan chandikli o’zgarishlar hamda shikastlangan umurtkalarda hosil bo’luvchi suyak kadogi kech davrda
orka miyani ezib qo’yishi, kon va suyuklik aylanishini buzishi, bo’kishiga olib kelishi mumkin, bular o’z navbatida ikkilamchi nekrotik o’choklar va x.atto' kon ko’yilishlar paydo bo’lishiga olib
keladi.

UMURTQA POG’ONASINING ASORATLANG AN

ShIKASTLANIShLARI KLINIKASI

Umurtqa pog’onasining asoratlangan shikastlanishlari orka miya funkstional uzilish belgilari o’tkir davrda (shikastlanish sohasiga karab) to’rtala muchalar yoki ikkala oyoqlar tonusining pasayib shollanishi, reflekslarning yo’q.olishi, o’gkazuvchi tipidagi og’riqsiz-lanish, shaxvoniy ko’zgalish, chanoq a’zolari faoliyatinin buzilishi, vegetativ o’zgarishlar (terlash, vegetativ nerv sistemasiga xos reflekslar, teri xdrorati, kon aylanishi va boshkdlar) bilan xarakgerlanadi. Klinik amaliyotda yozib o’gilgan dastlabki davr «spinal karaxtlik» atamasi bilan yuritiladi.

Bu davr muddati nevrologax o’zgarishlarning qayta rivojlanishida turlicha bo’lib, bir necha xaftadan bir necha oylarga teng bo’lishi mumkin. Ko’pchilik bemorlarda orqa miya shikastlanishi klinik manzarasi umurtka pogonasining jaroxatlanish daqiqasida oydinlashadi, bu zararlangan soxada umurtka kanali shaklining to’satdan o’zgarishi nakadar ahamiyatli ekanini ko’rsatadi. Bo’yindan past va bel-dumg’aza segmentlaridan yuqori soxalar shikastlanganda ikki oyoq paralitik shaklga, keyinchalik esa spastik shaklga o’tadi. Bo’yindan pastki sohalar shikastlanganda yukrrshyuvchi kistoz degenerastiya kuzatilmasa, qo’llar intakt bo’lib krlaveradi.

Orqa miya travmatik kasalligining turli davrlarida undagi morfologik o’zgarishlar, kon va suyuklik aylanishining buzilishi, kistoz degenerastiya rivojlashshsh va xokazolarga karab klinik manzara o’zgarishi va orqa miya faoliyatining ko’ndalangiga shikastlanishining turli nevrologik belgilari kuzatilishi mumkin:



  1. ko’ndalang to’la uzilish belgilari (orqa miyaning funkstional
    uzilishi);

  2. orqa miya yarim yuzasining uzilish belgilari (ventral, dorsal
    yoki lateral);

  1. markaziy medullyar shikastlanish.

Bu belgilarning x,ar bir sindromi ma’lum simptomlar yig’indisidan iborat bo’lib, ular o’z navbatida bir-biriga chalkashib ketadi, turli bosqichlarda biri ikkinchisiga o’tadi. Sezishning ob’ektiv o’zgarishlaridan tashqari (gipesteziya, anesteziya, og’riq., taktil va mushak-bo’g’im sezgilari), ularning sub’ektiv buzilishi tashxislashda ma’lum rol o’ynaydi, bular kyagiklanish va tushib qolish xamda u yoki bu belgilar bemorda bir vaktning o’zida paydo bo’ladi.

Kdgiklanish belgilariga og’riqlar va paresteziya kiradi. Og’riqdar xarakteri turlicha bo’lishi mumkin. Ko’pincha xar xil darajadagi «sindiruvchi» og’riqlar, ularni bemorlar chukur og’riqlar deb ko’rsatishadi (suyaklarda zirkirash). Ko’pincha og’riqlar taktil va xarorat paresteziyasi bilan birgalikda kechadi.

Og’riqdarni davomliligi ham bir xil emas. Ular to’satdan paydo bo’lishi, avval, qisqa xuruj tipida, keyinchalik esa, bir necha kun davom etadi. Boshqa x.ollarda og’riq.lar davomli, x.aftalab va oylab bezovta kiladi, kuchli, kuchsizligi almashinib turadi. Ko’pincha, ularning tarkash joylarida gipesteziya yoki x.atto anesteziya bo’ladi. Ayrimlarda uvishishga «chumoli o’rmalayotgan» sezgi, umurtka pogonasi bo’ylab elektr tokining utishi (Lermitt sindromi), orqa miya orqa shoxchalari zararlanishi bilan bog’liqdir. Xaroratli paresteziya kamrok kuzatiladi, unda sovuq. narsaning tegib turishi yoki tana bir qismining junjikishi yoki kizib ketish va achishish kabi sezgilar bo’ladi. Bir xillari xarorat paresteziyasining ikkala turi bir vaktda yoki sovuq. sezish, kizib ketish bilan almashsa, aksincha, kizish paresteziyasi sovugiga o’tadi.

Sezgilarning buzilish soxasi orqa miyaning xam uzunasi, xam ko’ndalangiga birlamchi yoki ikkilamchi zararlanish joyini aniq, ko’rsatadi. Lekin bu aniqdik nisbiy xarakterga ega. 0,3-0,5% xollarda orqa miya travmatik kasalligida og’riq. sindromi mustakil jarroxlik muammosi xisoblanadi.

Xarakat soxasining buzilishi mustakil xarakatlanish, reflektor soxa va mushaklar tonusiga tegishlidir.

Dumg’aza usti qismidan ork;a miya shikastlanganga spastik sindrom xarakterli xisoblanadi. Orqa miyaning shikastlangan joydan pastki bo’lagi ma’lum avtonom aktivlikni qo’lga kiritadi, u mono- va polisinaptik reflektor yoylarining ish faoliyatiga bog’liqdir.

Orqa miya neyronlarining fizik va tonik aktivligi yorkin belgilaridan bo’lib, ximoya reflekslari xisoblanadi. Ular turli xarakatlarning uygunlashishi bilan ko’rinadi. Mushaklar tonusining o’zgarishi uyrunlashishning ko’p va kamligiga bog’liqdir. Uygunlashish shakllari kanday bo’lishidan kat’iy nazar sonni yakhinlashtiruvchi va bel-yonbosh mushaklarining taranglashishi kuzatiladi.

Orqa miya distal qismi va ot dumi tutamlarining zararlanishi oyoq,larning turgun bo’shashgan falajligi yoki sholligi bilan xarakterlanadi, bunda tizza va tovon reflekslari pasayadi yoki chakdoilmaydi, mushaklar gapotoniyasi va gipotrofiyasi kuzatiladi.



Siydik yo’llari va qopchasi faoliyatining buzilishi. Orqa miya travmatik shikastlanishining ko’p uchraydigan ko’rsatkichlaridan siydikxaydashning buzilishi xisoblanadi, ko’pincha siydik krpchasiga infekstiya tushishi mumkin. Bu o’z navbatida reflyuks paydo bo’lishiga, pielit, umumiy sepsis yoki urs(sepsis kabi asoratlarga olib keladi. Siydik xaydalishining qiyinlashishy sfinkter faoliyatini boshqarishni buzilishidan kelib chikadi. Tinch vaktda orqa miyaning kaysi darajada travmatik shikastlanishidan kat’iy nazar, siydik x.aydashning buzilishida kov supachasi ustidan okma xosil qilish xato xisoblanadi.

Antibakteriap davolash sharoitida vaqti-vaqti bilan siydik krpchasini kateterizastiya qilib, uzoq. vakt bo’shatib turish mumkin. Siydik qopining to’lish tezligiga karab bir kunda 3-4 va 6 martagacha, odatda, kateterizastiya qilinadi. Xatto doimiy kateterizastiya (6-8 oygacha) ishlatilgan chogda ko’p bemorlarda, agar aseptika va antiseptikaga to’liq rioya qilinsa.

Ma’lum extiyotkorlikka rioya qilish xam kerak agar kateter siydik krpida doimiy qoldiriladigan bo’lsa, 2-3 marta bir sugkada krpchani yuvib turganda kateterni 5 kungacha qoldirish mumkin xisoblanadi. Monro sistemasi siydik yo’llarini infekstiyadan saqlash va siydik avtomatizmi bemorda rivojlanishida umidni har doim ham oklayvermaydi. Ayrimlarda bu sistemani ishlatish mumkin, ammo avtomatizmning boshlangich belgilari paydo bo’lishi bilanok vaqti-vaqti bilan kateterizastiya qilishga o’tish kerak Avtomatizmni yo’lga solish uchun bemorlarda Monro sistemasini ko’p ushlash avtomatizmning buzilishiga olib kelishi mumkin.

Yotoq yaralar. Orqa miya shikastlanganda ko’p kuzatiladigan asoratlardan xisoblanadi va 20-53% bemorlarda uchraydi. Yotok yaralar infekstiya kirishi uchun kirish «darvozalari» rolini o’ynaydi va 20-30% xollarda o’limga olib boradi. Yaralar orqali bemorlar ko’p oksil yo’qrtadilar (40-50 g gacha), bu esa ularningumumiy axvolini yanada og’irlashtiradi.

Davolash muolajalariga nekrotik to’qimalarni olib tashlash, mazli bog’lamlar qo’yish, bitishni tezlatuvchi kollagen pardalar va po’kaklardan foydalanish, kvarst qo’yish, elektr yordamida kitiklash, teri plastikasini o’tkazish kiradi.



Neyrotrofik o’zgarishlar. Orqa miya travmatik kasallishda 16 dan 53% gacha lollarda katta bo’g’imlar sohasida geterotopik suyaklanish kuzatiladi. Ular bemorni aktiv tiklash uchun katta to’sik xhisoblanadi.

Orqa miya travmatik kasalligani davolash rejalashtirilayotganda spondilografiya, umurtka kanalini punkstiya qilish (likvordinamik sinamalar o’tkazish), ayrimlarda mielografiya yoki venospondi-lografiya, kompyuter tomografiyasi amalga oshiriladi.



UMURTQA POG’ONASINING ASORATLANGAN ShIKASTLANI-ShIDA JARROXLIK DAVOLASh TAMOYILLARI

Orqa miya shikastlanganida og’irlashaveradigan spinal xastalikning sabablaridan biri jarohatlangan umurtka segmentining deformastiyasi va bekarorligidir. Umurtka kanalida suyak bo’laklarining mavjudligi, orqa miya va uning kon tomirlarini ezib, o’chokdan tashqarida destruktiv o’zgarishlarga, kistalar paydo bo’lishi, orka miya to’kimasini glial aynishiga (anatomik o’zgarishigacha) olib kelishi mumkin. Eng ko’p bu hodisalar umurtka pogonasining bo’yin va ko’krak-bel sohalarida kuzatiladi. Ko’krak sohasida bekarorlik amalda uchramaydi.

Jarro?ushk usuli tanlanayotganda umurtka pogonasining bo’yin klsmi shikastlanish konuniyatlarini xisobga olish kerak

1. Bo’yin soxasiga sagittal yuzada etgan ta’sirot tayanch-boylam apparatini shikastlasa, uni bekaror deb baholash kerak chunki bu jaroxatlanish orqa miya travmatik xastaligining yaqin va uzoq, davrlarida kuzatiladigan morfologik o’zgarishlarni chukurlashtirib yuboradi, klinikada rivojlanuvchi kistoz degenerastiya o’chok usti belgilarini paydo kiladi.



  1. Chikdanda, sinib-chikdanda va umurtka tanalarining ezilib
    sinishida ezuvchi omil sifatida surilgan umurtka yoki umurtka
    kanalining deformastiyalangan qismi va suyak bo’laklari xisoblanadi,
    ular orqa miyani oldindan ezishadi.

  2. Oraliq davrida bu omillar oldingi spinal va tutam
    arteriyalarni shikastlaydi, orqa miyada kon aylanishining buzilishi
    esa o’z navbatida ishemik bo’shliqdarni paydo bo’lishiga olib keladi.

Shunday qilib, orqa miya shikastlanishining o’tkir davrida tekshirishlarga asoslanib ikki xil operastiya o’tkazish mumkin: orqadan borilib (laminektomiya) va oldindan ochilib surilgan umurtka tanasini olib tashlash.

Umurtka pogonasining asoratli shikastlanishida zudlik bilan oldingi dekompressiya operastiyasi uchun ko’yidagilar mutl a k monelik xisoblanadi: a) agar bemorda miya stvoli shikastlanish belgalari bo’lib, u orqa miyaning funkstional uzilishi bilan ko’shilib kelsa; b) klinikasida aniq, markaziy medullyar sindrom aniqlansa, lekin rentgen tekshirishlarida umurtka pogonasi bo’yin qismida shikastlanish belgalari yo’q. («rentgen belgilarisiz klinik manzara»), bu xolatga odatda gaperekstenzion shikastlanish mexanizmi olib keladi.

Shoshilinch jarroxlik muolajasiga n i s b i y monelik bo’lib, nevrologik belgilarning tez (bir necha soat davomida) regressi — orqaga kaytishi xisoblanadi.

Orqa miya travmatik kasalligida ko’krak-bel soxasini ochiq yo’l bilan solinganda va mustax.kamlanganda vazifa shular bilan tugallanmaydi, balki ko’rsatmaga binoan umurtka kanali reviziya qilinadi, ihidagi a’zolarda muolajalar o’tkaziladi (tutamlar tiklanadi, miya detriti olib tashlanadi).

Xarrington distrakgori yoki turli metall plastinalar bilan umurtka pogonasining mustaxkamligini tiklash mumkin. Sim bilan qotirish noto’g’ri muolaX.a xisoblanadi, chunki erta uzilib ketishi mumkin va umuman, /murtka pogonasining mustaxkam barkarorligini ta’minlay olmaydi.

Agar gap miyaning ko’krak va belning yo’g’onlashgan qismi hakida borar ekan, to’lakrnli dekompressiya uchun zudlik bilan laminektomiya qilish, miya detritlarini yuvib tashlash, orqa miyani kunt bilan reviziya qilish, ot dumi tizimchalarini anatomik butunligi buzilgan bo’lsa tikish lozim.

Shika,stlanishdan keyingi uzoq, muddatlarda kilinadigan jarroxlik muolajalarning o’ziga xosligi shundan iboratki, unda keng va radikal laminektomiya umurtka pogonasining xar qanday

soxasida kdlinaveradi. Operastiya maqsadi orqa miyani ezayotgan va kitikdayotgan barcha sabablarni bartaraf kdpish, likvor aylanishini tiklash. Buning uchun xamma chandikdar kdokdladi, miya ichidagi kistalar ochiladi va orqa miya mobilizastiya (safarbar) qilinadi.

Shikastlanishdan keyingi uzoq, davrda orqa miya va uning tizimchalarida qilinadigan xar kanday operastiya, koida bo’yicha meningomieloradikuloliz bilan to’ldiriladi (uning o’zi mustakil kdlinishi, ayrimlarda rekonstruktiv operastiyalarning ayrim qismlari bilan to’ldirilishi mumkin). Shuni aloxida aytib o’tish joizki, meningomieloradikuloliz orqa miyani safarbar kdpib, uning aylanmasidagi bitishmalar va miya bilan krtgik parda xamda suyaklar orasidagi chandiklardan xalos kdlsa, yaxshi natija beradi. Bu vazifani echish optik kattalashtirish va mikrojarroxlik instrumentlar ishlatilsa, anchagina oson ko’chadi.
2.2. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA

Kuchsiz bo’g’im” interaktiv usulini ni o’tkazish metodi:


Ish uchun kerak:

  1. “Ko’krak qafasi” va yelka kamari jarohatlarini davolash, u bo’yicha savollar to’plami.

  2. O’yinning protokolini yozish uchun guruh spiskasi joylashtirilgan varoq.

Ish ketma ketligi.

  1. “Ko’krak qafasi va yelka kamari jarohatlarini davolash” bo’yicha savollar to’plami.

  2. “Schyotchik” varoida sana, guruh nomeri, fakultet, o’yinning nomi va guruhdagi talabalar spiskasi yoziladi.

  3. O’qituvchi savollar to’plamidan talabalarga ketma ketlikda savollar beradi.

  4. Talaba 5 sekund vaqt ichida javob berishi kerak.

  5. O’qituvchi “to’ri” yoki “noto’ri javobni baholaydi. “noto’ri” javobga o’zi to’ri javobni aytadi.

  6. Schyotchikni talabaning familiyasi to’risiga joylashtiradi va to’riligiga qarab “+” yoki “-” qo’yiladi.

  7. Talabalar shu usulda 2 tur savollardan o’tadi.

  8. 2 tur savollardan so’ng o’yin to’xtatiladi va 2 ta minus olgan talaba o’yindan chiqadilar.

  9. O’yinyangi kurugda qolgan talabalar bilan davom etadi. Yana bir tur yangi savollar o’ynaladi so’ng yana talabalar baholanadi birinchi tur bilan hisoblanganda 2 ta minus bo’lsa o’yindan chetlashtiriladi.

  10. Turlar mobaynida eng kuchli o’yinchi talaba olinadi, qaysiki savol 1 ga eng ko’p javob bergan o’yinchi.

  11. Varoqda xar bir familiya to’risiga o’qituvchi qaysi turda talabaning chiqib ketgani va “sloboy zveno” bo’lgani yozib beradi. O’yin maksimal 0,8 ball bilan baholanadi. Boshlanich 2 turdagi savollarga javob bermagan talaba, o’yin uchun “0” ball oladi

  • 3ta tur savollardan so’ng – 0,2 ball

  • 4ta tur savollardan so’ng – 0,4 ball

  • 5ta tur savollardan so’ng – 0,6 ball

  • eng kuchli o’yinchi – 0,8 ball oladi.

  1. Qo’yilgan ballar mashulot oxirida joriy baholashda xisobga olinadi.

  2. Jurnalning pastki ochiq qismiga o’qituvchi o’yin haqida yozadi va guruh sardori imzo qo’yadi.

  3. O’yin protokoli saqlab qolinadi.



«Kuchsiz bo’g’im» o’yini
Qopdagi mushuk” o’yini


  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanish mexanizmi:

Javob: bevosita va bilvosita


2. Umurtqa pog’onasi shikastlanish tasnifi:
Javob: turg’un va noturg’un
3. Umurtqa pog’onasi turg’un shikastlanish tasnifi:

Javob: o’tkir, ko’ndalang, bo’g’im o’siqlari va umurtqa tanasini 1/3 qismini kompressiyali sinishi




  1. Umurtqa pog’onasi turg’un shikastlanish tasnifi:

Javob: ko’p bo’lakli, tanasini 2 va 3 darajali sinishi, sinib chiqishlari




  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida birlamchi tibbi yordamni nimadan boshlash kerak:

Javob: shikast sohasin aniqlash
6. Umurtqa pog’onasi bo’yin qismidan shikastlanishida immobilizastiya turi:

Javob: Щans yoqasi bilan




  1. Umurtqa pog’onasi bel qismidan shikastlanishida immobilizastiya turi?

Javob: qattiq joyga yotqizish


  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida qaysi sohasiga valik qaysi joyiga qo’yiladi?

Javob: bo’yin, bel sohasiga


  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida mahalliy og’riqsizlantirish qanday joyga qiinadi:

Javob: O’tkir o’siqlar orasi va ko’ndalang o’siqlar sohasiga




  1. Umurtqa pog’onasi shikasti turlari

Javob: bukilgan, yozilgan, rotastiyali





  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida qanday gips bog’lam qo’yiladi?

Javob: korsetli.




  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida korset gips bog’lamni tayanch nuqtalai?

Javob: to’sh, qov va bel lordoz qismi.




  1. Umurtqa pog’onasi qaysi qismi shikastlanishida korsetli gips bog’lam qo’yiladi?

Javob: ko’krak pastki qismi va bel qismi.




  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida suyak bo’laklari qaysi usulda repozistiya qilinadi?

Javob: reklinitor




  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida qanday tana tortmasi qo’yiladi?

Javob: qo’ltiq ostidan




  1. Umurtqa pog’onasi bo’yin qismi shikastida qanday tana tortmasi qo’yiladi?

Javob: Glisson halqasi va chakka sohasi skelet tana tortmasi.




  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishi tasnif bo’yicha nechta kolonnaga bo’linadi?

Javob: 3 ta




  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida qanday kolonnalar bor?

Javob: old, o’rta va orqa.



  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanish tasnifida qanday katta guruhlarga bo’linadi

Javob: asoratli va asoratsiz


  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida qanday asoratlar uchraydi?

Javob: gemiplegiya, gemiparez, paraparez, paralich, chanoq azolar funstiyasi buzilishi.

  1. Umurtqa pog’onasi shikastlangan bemorlar parvarishlarida nimalarga e’tibor berish lozim.

Javob: yotoq yaralar, chano a’zolar funkstiyasiga


  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida gipsli korset qancha muddatga qo’yiladi.

Javob: 3 oy



  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida yotoq rejimi qancha muddatni tashkil etadi

Javob: 3 oy.

  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida 3 oylik korsetli immobilizastiyadan so’ng nima qilinadi?

Javob: Echiladigan korset kunduzi taqib yuriladi.

  1. Umurtqa pog’onasi shikastlanishida korset taqib yurganda nimalarga e’tibor berish kerak.

Javob: Mushaklar atrofiyasiga.
Baholash mezoni:


Maksimal ball 20-17,2

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball

A’lo

Yaxshi

O’rta

Qoniqarsiz

Yomon


100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan kam



2.3. MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN O'Z-O'ZINI NAZORAT SAVOLLARI


  1. Umurtqa shikastlanish mexanizmlari.

  2. Umurtqa shikastlanishida tekshirish usullari.

  3. Umurtqa pog’onasi shikastlanishi klasifikatsiaysi.

  4. Umurtqa pog’onasi sikastlanishini dif. Diagnostikasi.

  5. Ummurtqa pog’onasi shikastlanganda birinchi tibbiy yordam.

  6. Bo’yin umurtqasi shikastlanganlarni davolash mezonlari.

  7. Ko’krak umurtqasi shikastlanganlarni davolash mezonlari.

  8. Bel umurtqasi shikastlanganlarni davolash mezonlari.

  9. Dumaza va dum umurtqasi shikastlanganlarni davolash mezonlari.

  10. Umurtqa pog’onasi shikastlanishlarining ko’p uchrovchi asoratlari.


Yüklə 242,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə