Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə72/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

229-masala*. Orollardan birida 10000 ta tulki otib olingan. Ulardan 9991 tasi malla, 9 tasi oq rangda bo‘lgan. Junning malla rangi oq rangi ustidan dominantlik qiladi. Gomozigotali malla, geterozigotali malla va oq tulkilarning foizda ifodalangan nisbatini aniqlang.
Masalaning echilishi:
oq rangli tulkilar genotipining uchrash chastotasini topamiz: aa = q2 =
9 : 10000 = 0,0009
a allelning chastotasi q = √q2 = √0,0009 = 0,03 yoki q = 0,03
A allelning uchrash chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,03 = 0,97
AA genotipning uchrash chastotasi p2 = (0,97)2 = 0,9409
Aa genotipning uchrash chastotasi 2 pq = 2 (0,97 x 0,03) = 0,0582
Demak, dominant gomozigotali AA genotipli organizmlar 94,09% ni, geterozigotali Aa genotipli organizmlar 5,82% ni va retsessiv gomozigotali aa genotipli organizmlar 0,09% ni tashkil etadi.


230-masala. Populyasiya 80% AA genotipli va 20% aa genotipli individlardan tashkil topgan. Populyasiyada muvozanat tiklangandan keyingi AA, Aa, aa genotipli individlarning uchrash chastotalarini aniqlang.


231-masala. Populyasiya 60% BB genotipli va 40% bb genotipli individlardan iborat. Xardi-Vaynberg qonuniga muvofiq, populyasiyada muvozanat tiklangandan keyingi BB, Bb, bb genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlang.
232-masala. Agar aa gomozigotali individlar populyasiyaning 2 foizini tashkil qilsa, u holda AA, Aa genotiplarning chastotalarini aniqlang.


233-masala. Quyidagi populyasiyalarda A alleli (p) va a alleli (q) ning uchrash chastotalarini aniqlang:
a) AA = 48%, Aa = 38%, aa = 14%;
a) AA = 54%, Aa = 36%, aa = 10%;
a) AA = 46%, Aa = 42%, aa = 12%.


234-masala. Makkajo‘xori o‘simliklari populyasiyalarida albinos o‘simliklar (aa) 0,0035 chastota bilan uchraydi. A va a allellarining hamda AA, Aa genotiplarining uchrash chastotalarini hisoblab chiqing.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə