Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi


«Mantiya» va «Sektorlik» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə22/33
tarix17.04.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#105990
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

«Mantiya» va «Sektorlik» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.

Mantiya – yer po‘sti bilan yadro orasidagi qobiq. Moddalarning zichligi 5,7 g/sm3, Yer hajmining 83 % ini, massasining 68 % ini tashkil etadi. Ikki qismdan iborat bo‘lib, yuqori mantiya 900 km, quyi mantiya esa 2900 km chuqurlikkacha davom etadi. Harorat 2000° C, yadro bilan chegarasida esa 3800° C ga yetadi. Sektorlik – quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishi.

  1. O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan Tojikistonga chegaradosh bo‘lgan respublikamizning viloyatlarini ko‘rsating. Ulardan qaysi birining maydoni eng kichik? Bu viloyat markazining geografik koordinatalarini aniqlang.

Javob: Respublikamizning Tojikistonga chegaradosh bo’lgan viloyatlari: Farg’ona, Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo. Ular ichida maydoni jihatidan eng kichigi Sirdaryo viloyati (4,3 ming km2) bo’lib, uning markazi Guliston shahrining geografik koordinatalari: 40°50' shimoliy kenglik, 68°45' sharqiy uzoqlik.

21-BILET


  1. Geografik qobiqning zonalligi, uning jamiyat hayotiga ta’siri.

Javob: Geografik qobiqda zonallik qonuniyati geografiyadagi ilk qonuniyatlardan biridir. Iqlim mintaqalari va zonallikning mavjudligini qadimgi yunon va rim olimlari aniqlashgan. Ular Yer yuzasini bir qancha iqlim mintaqalariga ajratganlar. Zonallik qonuniyati ning rivoj lanishida A. Gumboldtning (XVIII asr) xizmatlari katta. U iqlim va botanik-geografik zonallikni aniqladi. Keyinchalik bu ishlar V. V. Dokuchayev tomonidan rivojlantirilib, geografik zonallik qonuniyati kashf qilindi va asoslab berildi. Hozirgi paytda, geografik zonallik haqidagi bilimlar V. V. Dokuchayev ta’limotiga asoslanadi. Geografik qobiqda zonallik qonuniyati Yerning sharsimonligi va unga bog‘liq holda quyosh radiatsiyasining Yer yuzida notekis taqsimlanishi, dengizbo‘yi hududlarida iliq va sovuq oqimlar, okeandan materik ichkarisiga kirgan sari namlik va haroratning o‘zgarib borishi oqibatida yuzaga keladi. Natijada Yer yuzida harorat, bug‘lanish, yog‘inlar, nurash jarayonlari, tuproqlar, o‘simliklar, hayvonlar va boshqalar zonalar hosil qilib tarqalgan. Geografik zonallik faqatgina Yer (suv) yuzasida, ya’ni atmosfera, litosfera, gidrosfera tutashgan joyda yaqqol namoyon bo‘ladi, atmosferada yuqoriga ko‘tarilgan, litosfera va gidrosferada esa chuqurlikka tushgan sari zonallik yo‘qoladi. Geografik zonallik ekvatordan qutblarga tomon hamda okeanlardan quruqliklar ichkarisiga tomon geotizimlarning almashishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun kenglik zonalligi va sektorlik tushunchalari ajratiladi.


  1. Yüklə 1,85 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə