Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi


«Geografik qobiq» va «Eroziya» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə5/33
tarix17.04.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#105990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

«Geografik qobiq» va «Eroziya» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.

Javob: Geografik qobiqyerning litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar o'zaro tutashadigan hamda bir-biriga ta’sir etadigan qismi.
Eroziya (lotincha «erosio» – yemirish, yuvilish) deb tog‘ jinslari va tuproqning oqar suvlar ta’sirida yuvilishiga aytiladi

  1. Dunyoning siyosiy xaritasidan Skandinaviya davlatlarini ko‘rsating. Ushbu davlatlarning poytaxtlaridan qaysi biri ekvatordan eng uzoqda joylashgan? Bu shaharning geografik koordinatalarini aniqlang

Javob: Skandenaviya davlatlari: Norvegiya, Shvetsiya, Finlandiya, Daniya, Islandiya; Ular ichida Islandiyaning poytaxti Reykyavik shahri ekvatordan eng uzoqda joylashgan poytaxt shahar hisoblanadi. Uning geografik koordinatalari: : 64°00' shimoliy kenglik, 21°55' g’arbiy uzoqlik

5-BILET


  1. Yerning Quyosh va o‘z o‘qi atrofidagi harakati, ularning geografik oqibatlari. Javob: Yerning Quyosh atrofi da aylanishining Geografik oqibatlari: yil fasllari hosil bo‘ladi, kun va tun davomiyligi o‘zgaradi, Quyosh turishi nuqtalari (22-iyun, 22dekabr) hamda bahorgi va kuzgi tengkunliklar (21-mart, 23-sentyabr) bo‘ladi,

Quyosh Shimoliy yarimsharga 1 hafta ko‘proq nur sochadi, yorug‘lik mintaqalari hosil bo‘ladi, doimiy issiqlik sharoit qaror topadi, musson shamollari paydo bo‘ladi, umuman, geografik qobiqda yillik ritmiklik qonuniyati yuzaga keladi.
Yer o‘z o‘qi atrof da aylanganda aylanish o‘qi orbita tekisligiga nisbatan 66,5° burchak hosil qiladi. Yer aylanishi ning burchak tezligi 1 soatda 15°, ya’ni Yer yuzidagi har qanday nuqta (qutblardan tashqari) 1 soatda 15° ga buriladi. Lekin sekundiga masofa hisobidagi tezlik har xil kenglikda turlicha. Ekvatordan qutblarga tomon kamayib boradi. Ekvatorda eng katta bo‘lib, sekundiga 455 m, qutblarda esa 0 m ga teng. Yerning o‘z o‘qi atrof da aylanishining geografik oqibatlari: sutka qaror topadi, kun va tun almashinadi, geografik qobiqda sutkalik ritmiklik ro‘y beradi, Koriolis kuchi hosil bo‘ladi, geografik qutblar vujudga keladi, turli meridianlarda mahalliy vaqt har xil bo‘ladi.


  1. Yüklə 1,85 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə