Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi


«Nurash» va «Qo‘riqxona» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. Javob



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə7/33
tarix17.04.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#105990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

«Nurash» va «Qo‘riqxona» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. Javob: Nurash deb, haroratning o‘zgarishi, kimyoviy jarayonlar, atmosfera, suv va organizmlar ta’sirida tog‘ jinslarining yemirilishiga aytiladi. Nurash uch turga ajratiladi: fizik, kimyoviy va organik nurash.

Qo‘riqxona – har qanday xo‘jalik faoliyati taqiqlangan, tabiat komponentlari va landshaftlar qonun asosida qat’iy muhofazaga olingan joy.

  1. Dunyoning siyosiy xaritasidan Vest-Indiyani ko‘rsating. Vest-Indiyadagi davlatlardan hududining kattaligi bo’yicha eng yirigi qaysi? Ushbu davlat poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang.

Javob: Vest-Indiya uchta yirik arxipelagdan iborat: Karib dengizining shimoliy chegarasi bo‘ylab cho‘zilgan Katta Antil orollari (eng yiriklari - Kuba, Gaiti, Yamayka, Puerto-Riko), Karib dengizining sharqiy va janubi-sharqiy chekkasidagi Kichik Antil orollari hamda Katta Antil orol laridan shimolda joylashgan Bagama orollari. Vest-Indiyaning umumiy maydoni 245 ming km2 atrofi da bo‘lib, shundan 216 ming km2ni Katta Antil orollari egallaydi.
Kichik Antil va Bagama orollarining maydonlari esa deyarli bir xil bo‘lib, har ikkala arxipelagga 14 ming km2dan ziyodroq hudud to‘g‘ri keladi. Vest-Indiyada maydoni bo’yicha eng yirik davlat Kuba bo’lib, uning geografik koordinatalari: 23°15' shimoliy kenglik hamda 82°25' sharqiy uzoqlik hisoblanadi.

7-BILET


  1. Geografiya antik davrda va O‘rta asrlardagi rivojlanishi.

Javob: Qadimgi yoki antik davr bosqichi. Ibtidoiy odamlarning o‘zi yashab turgan joyni o‘rganish, yashash uchun qulay, tabiiy resurslarga boy joylarni topish va tasvirlashga bo‘lgan intilishlari asnosida dastlabki geografik bilimlar to‘planib borgan. Er. avv. 2-ming yillikda f nikiyaliklar O‘rta dengizdan Gibraltar bo‘g‘izi orqali suzib o‘tib, Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab Hindistongacha suzib borganlar. Shu paytdan Osiyo va Yevropa nomlari paydo bo‘lgan. Bu davrda yunonlar va rimliklar o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan hududlarni tasvirlab yozish bilan birga xaritalarini ham tuzdilar. Gomer er. avv. XII asrda O‘rta dengiz va uning atrofini tasvirlovchi dunyo xari tasini tuzdi. Pifagorning shogirdlari er. avv. VI asrda Yerning sharsimonligini aytdilar. Aristotel, er. avv. IV asrda, Yerning sharsimonligini, issiqlik mintaqalari mavjudligini mantiqiy jihatdan isbotladi. Olamning markazida Yer turadi degan geotsentrik nazariyani ilgari surdi. Eratosfen er. avv. III asrda birinchi bo‘lib Yerning kattaligini o‘lchadi va “Geografika” nomli kitobini yozib, geografya fanining mustaqil fan bo‘lib chiqishiga asos soldi. Eramizning II asrida Ptolemey 8 jildlik “Geografiya” asarini yozdi va xaritalarni tuzishda kartografiya proyeksiyalar va daraja to‘rini ixtiro qildi, dastlabki “Atlas”ni yaratdi. Shu davrda Strabon ham 17 jilddan iborat “Geografya” asarini yozdi. Bu bosqichning asosiy natijalari: geografiya fani vujudga keldi va “geografiya” nomli kitoblar yozildi, dunyo xaritalari tuzildi, geografik koordinatalar va daraja to‘ri ixtiro qilindi, Yerning sharsimonligi mantiqiy isbotlandi va o‘lchamlari aniqlandi. O‘rta asrlar bosqichi. Bu davrda geografiya, umuman, ilm-fan, asosan Sharqda, xususan, O‘rta Osiyo, Misr, Eronda rivojlandi. Geografiya fani, asosan o‘lkashunoslik, kartografya, geodeziya yo‘nalishida rivojlandi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy IX asrda Yerning sharsimon ekanligini isbotlab, uning o‘lchamlarini nisbatan aniq o‘lchadi. “Surat-al-Arz” nomli kitob yozib, Sharq geografiyasiga asos soldi. Geografya fanining rivojida Abu Rayhon Beruniyning xizmati beqiyos. Uning geografiyaga oid 22 ta asari bo‘lib, shundan 12 tasi geodeziya, 4 tasi kartografiya, 3 tasi iqlimshunoslik, 3 tasi mineralogiyaga oid va hozirgi kunda ham dolzarb hisoblanadi. U yasagan globus esa Yerning sharsimonligini isbotlash va tushuntirishda, Shimoliy yarimshar tabiatini o‘rganishda tengi yo‘q manba bo‘lgan. U yunon va rim olimlaridan farq qilib olamning geliotsentrik tuzilishi nazariyasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan. Abdurazzoq Samarqandiy Hindistonga sayohat qilib, Eron, Pokiston, Arabiston dengizi haqida boy ma’lumotlar to‘pladi. Ahmad Farg‘oniy astronomiya, iqlimshunoslik gidrologiya fanlariga oid asarlar yaratdi. U Nil daryosining suv sarf ni o‘lchaydigan “Nilometr” asbobini yaratib, daryolarning suv sarf ni o‘lchash va unga bog‘liq ishlarni to‘g‘ri rejalashtirishga asos yaratdi. Umar Xayyom tomonidan ko‘plab xarita lar tuzildi. Yoqut Hamaviy geografik lug‘at – o‘sha davrdagi geografik bilimlar ensiklopediyasini tuzdi. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asari orqali geografiya faniga katta hissa qo‘shdi. Bu davrda yevropaliklar ham sayohatlar uyushtirib, geografik bilimlarning boyishiga sezilarli hissa qo‘shdilar. 982-yil Erik Rauda Grenlandiyani, uning o‘g‘li Leyve Eriksson esa Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy sohillarini o‘rgandi. 1271–1295-yillarda venetsiyalik Marko Polo Xitoyga safar uyushtiradi va uning ma’lumotlari Ptolemeyning xaritasida tasvirlanmagan joylarni to‘ldiradi. 1466–1472-yillarda A. Nikitin Hindistonga sayohat qilib “Uch dengiz osha sayohat” asarini yozadi. Bosqichning asosiy natijalari: Yerning shakli va o‘lchamlari aniqroq o‘lchandi, geodeziya, kartografiya, gidrologiya, iqlimshunoslik fanlari shakllandi va rivojlandi, o‘lkashunoslik va mamlakatshunoslikka bag‘ishlangan yirik asarlar yozildi, Sharq, xususan, O‘rta Osiyo geografiyasiga asos solindi.


  1. Yüklə 1,85 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə