Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə9/33
tarix17.04.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#105990
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

9-BILET


  1. Geotizimlar va ularning pog‘onasimonligi.

Javob: Geotizimlar (fatsiyadan boshqalari) o‘z ichki tuzilishi jihatidan bir vaqt ning o‘zida ham bir butundir, ham xilma-xildir, ya’ni o‘zidan kichik bo‘lgan geotizimlardan tashkil topgan. Bu geotizimlar o‘zining katta-kichikligiga bog‘liq holda pog‘onasimon taksonomik qiymatga egadir. Masalan, geografik qobiq o‘zidan kichikroq bo‘lgan geotizimlar – quruqlik va okeanlarga, quruqlik esa, o‘z navbatida, materiklarga, materiklar esa o‘zidan kichikroq bo‘lgan geotizimlar – tabiiy geografik o‘lkalardan tashkil topgan va h.k. Geotizimlarni katta-kichikligi bo‘yicha, ya’ni pog‘onasimon qo‘yib chiqilsa, quyidagicha bo‘ladi: geografik qobiq–quruqlik– materiklar –tabiiy geografik o‘lkalar–tabiiy geografik zonalar–tabiiy geografik provinsiyalar– tabiiy geografik okruglar – tabiiy geografik rayonlar – landshaftlar – joylar – urochishelar – fatsiyalar. Lekin geotizimlar, odatda, yuqorida aks ettirganimizdek, birin-ketin emas, balki kichik geotizimlar birgalikda kattalarini, ular esa, o‘z navbatida, undan kattaroqlarini hosil qilib, ya’ni “kattasining ichida kichiklari” joylashgandir.

  1. «Makroiqtisodiy geografik o’rin» va «Fatsiya» atamalarining mazmunmohiyatini tushuntiring.

Javob: Davlatlararo iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning yanada samarali natijalar berishi uchun jahonning uzoqroq mamlakatlari bilan bog‘lanish, boshqacha aytganda, makrokengliklar talab etiladi. Ammo, dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqa o‘rnatishda materik ichkarisida joylashgan davlatlar dengiz bo‘yidagilarga nisbatan bir qancha noqulayliklarga duch keladi. O‘zbekiston yaqin dengizlarga chiqishi uchun kamida ikki davlat hududini bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladigan jahondagi kamdan kam davlatlaridan biri bo‘lganligi sababidan makroiqtisodiy geografik o‘rni (jahon davlatlariga nisbatan tutgan o‘rin) nisbatan noqulaydir. Mustaqillik yillarida turli yo‘nalishlarda O‘zbekistonni dunyo okeani bilan bog‘lovchi xalqaro yo‘l loyihalarida faol ishtirok etishi mazkur holatni biroz yengillashtiradi.
Fatsiyatog’ jinslarning litologik tarkibi bir xil, relyef tuzilishi, namlanishi bir xil, mikroiqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi bir xil, ya’ni uni hosil qiluvchi komponentlariga xos bo‘lgan belgilari bir xilligi bilan tavsifl anadigan eng oddiy tuzilgan va eng kichik geotizim.


  1. Yüklə 1,85 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə