Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti


Rel’efni tasvirlashda foydalaniladigan qo‘llanmalar



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə17/19
tarix26.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#131294
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya

18. Rel’efni tasvirlashda foydalaniladigan qo‘llanmalar. Rel’ef umumgeografik kartalarda tasvirlanadigan eng murakkab element hisoblanadi. Oddiy shakllar eni va bo‘yi masshtab asosida kichraytirilib tasvirlansa, rel’ef uchun uchinchi bir ko‘rsatkich balandligi ham tasvirlanishi kerak. Rel’ef quyidagi usullarda: perspektiv usul (shakli ko‘rsatilrb tasvirlanadi), shtrixlar usuli, gorizontallar usuli, gorizontallar oralig‘ini bo‘yash usuli (gipsometrik usul), shartli belgilar usuli, otmivka usulida, shuningdek raqamlar bilan va model yordamida ham tasvirlanadi. Perspektiv usulda rel’ef rasm shaklida tasvir-lanib, unda rel’ef shakllarini (tepalik, tog‘ oldi balandliklar, tog‘liklar)ni o‘qish biroz oson bo‘ladi. Lekin unda balandlik va pastliklarning qiymatini aniqlab bo‘lmaydi. Bunday usul XVIII— XIX asrlarda tuzilgan kartalarda uchraydi. Hozirgi vaqtda bu usul deyarli ishlatilmaydi. Lekin bu usulda tasvirlangan rel’ef aniqligi kam bo‘lganligi uchun undan ikki asr keyin bu usul ta-komillashtirilib, rel’ef aniq geometrik shakllar asosida chizib tasvirlangan. Hozirgi vaqtda ba’zi kartalarda (siyosiyma’muriy, iqtisodiy va tarixiy) bu usul ishlatilib, uni fiziografik usul deb yuritiladi. Rel’ef shtrix chiziqlar bilan tasvirlanganda chiziqlarning ingichka va yo‘g‘onligiga qaraladi (22-rasm). rel’ef tik bo‘lsa, yo‘g‘onlashtirilgan qora chiziqlar bilan ko‘rsatiladi
19. Gidrografiya va axoli yashash punktlarini tasvirlashda foydalaniladigan qo‘llanmalar. Gidrografiya elementlari topografik kartalarning eng asosiy mazmunini tashkil qiladi. Suv ob’ektlarini generalizatsiya qilganda deyarli hamma elementlarni saqlab qolishga harakat qilinadi. Dengizlar va yirik ko‘llarning qirg‘oqlarini tasvirlaganda qirg‘oqlarning xarakterli xususiyatlari saqlab qolinadi. Masalan, qumli, toshli, tik qoyali qirg‘oqlar, cho‘miladigan joylar ham ko‘rsatiladi. Daryolar, soylar, kanallar, suv omborlari, ariqlar, zovurlar va ularda qurilgan inshootlar to‘liq tasvirlanadi. Dengiz tubi rel’efi, ya’ni izobatalar va ularning qiymatlari ko‘rsatiladi. Dengiz qirg‘og‘idagi barcha inshootlar, portlar, bandargohlar to‘liq ko‘rsatiladi. Kanallar, imkoni boricha, to‘liq ko‘rsatilib masshtab asosida bir chiziq yoki ikki chiziqda o‘rtasi bo‘yalib tasvirlanadi. O‘zbekiston sharoitida chiqindi suvlar
(zovurlar) yashil rangda masshtab asosida ko‘rsatilib, undagi o‘simliklar va zovurning ikki chetidagi tuproq uyumlari ham tasvirlanadi. CHo‘l, adir va qumli hududlarda quduqlar, sardobalar ko‘rsatilib, quduqlarning chuqurligi, suvining sifati va miqdori beriladi. Qishloqlar orasidagi suv quvurlari va ulardagi inshootlar maxsus shartli belgilarda beriladi.
Butun borliqni obrazli-belgili modeli sifatida geografik xaritalami eng muhim xususiyati ulami tabiat va jamiyat hodisalarini istagan kattalikdagi hudud, masalan rayon, viloyat, mamlakat, materik yoki xatto to‘liq Yer shari miqyosida bevosita ko‘zdan kechirish va o‘rganish imkoniyatiga egaligidadir. Bu masshtabdan foydalanishga va xaritaga tushirilayotgan hodisalami umumlashtirilgan ko‘rinishda berishga asoslangan.
«Generalizatsiya» termini fransiuzcha so‘z «generalisation»dan kelib chiqqan bo‘lib - umumlashtirish, o‘z navbatida lotincha yasama (hosila) so‘z «generalise dan kelib chiqqan bo‘lib, umumiy, bosh degan ma’nolami anglatadi. Generalizatsiya terminini lingvistik ildizlari uni kartografik mohiyatini yaxshi ifoda etadi.
Davlat standartida kartografik generalizatsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: xaritada tasvirlanayotgan obyektlarni xaritani maqsadi va masshtabi hamda xaritaga ottnayotgan sohani xususiyatlariga mos ravishda tanlash (saralash) va umumlashtirish kartografik generalizatsiya deyiladu
Generalizatsiyani asosiy ma’nosi - borliqni xaritaga olinayotgan qismini o'ziga xos bo'lgan asosiy tipik tomonlarini va xarakterli xususiyatlarini saqlab qolib umumlashtirib tasvirlashdir.
Generalizatsiyani ta’rifini o‘zida, uni mohiyatini aniqlaydigan asosiy omillar ko‘rsatilgan, chunonchi xaritani maqsadi, uning masshtabi va xaritaga olinayotgan borliqni (voqelikni) o‘ziga xos xususiyatlari. Yuqoridagilarga yana xaritani mavzusini va xaritaga olish obyektlarini o‘rganilganlik darajasini (manbalarni sifatini) qo‘shish kerak.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə