Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti


Konturlarni birlashtirish



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə5/19
tarix26.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#131294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya

Konturlarni birlashtirish — generalizatsiyaning geometrik namoyon bo’lishining bittasi ajratib olingan konturlarni guruhlash bilan bog’liq. Kartada konturlar birinchidan hodisalarning sifat va miqdor gradatsiyalarini umumlashtirish va legendaning bo’linishlarini yiriklashtirish natijasida, ikkinchidan esa, bir qancha mayda konturlarni bir-biriga qo’shib, bitta yirik kontur hosil qilish oqibatida sodir bo’ladi. Shunday, birorta foydali qazilma konlarini alohida, uncha katta bo’lmagan arealini generalizatsiya qilish davomida bitta yagona areal qilib tasvirlash mumkin.
Generalizatsiyaning aniqligi va sifati ikki jihatdan: kartalarning geometrik aniqligi nuqtai nazaridan va kartalarning mazmuni ishonchliligi jihatidan baholanadi. Geometrik aniqlik - bu kartadagi alohida nuqtalarni va obektlarni ularning haqiqiy holatlariga moslik darajasini tavsiflovchi miqdoriy o’lchov bo’lib, geometrik aniqlik kartani joy bilan yoki yirik masshtabli manbalar bilan taqqoslaganda aniqlanilishi mumkin. Kartaning mazmunan ishonchliligi - bu real borliqning kartografik tasvirining asosiy xususiyatlarini va obektlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorligini hisobga olgan holda mos kelishini sifatli baholash demakdir.
Har xil joylashgan voqea va hodisalarni generalizatsiya qilishda punktlarga joylashtirilgan obektlar sifat va miqdor tavsiflarini tsenzlar va tanlab olish normalarini qo’llab generalizatsiya qilinadi. Chiziqlarga joylashtirilgan (joylashgan) obektlar ham generalizatsiya jarayonida tsenzlar va normalarga mos holda tanlab olishni, sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirishni talab etadi. Chiziqli obektlarni (elementlarni) generalizatsiya qilishning muhim elementi ularning suratlarini to’g’rilash va soddalashtirish, turli bukiklardan voz kechish (saqlab qolishda va hatto ayrim tipik detallarini alohida qilib, bo’rttirib ko’rsatishda ham) dan iboratdir. Chiziqli obektlarni generalizatsiya qilish har doim ularning kengligini haqiqiy o’lchamlari bilan taqqoslaganda bo’rttirib (oshirib, ko’paytirib) berish bilan bog’liq.
Maydon uzra joylashgan obektlar avvalo sifat tavsiflarini va miqdor gradatsiyalarini yiriklashtirish yo’li bilan generalizatsiya qilinadi. Alohida konturlarni chiqarib tashlashda ularning qiyofalarini (tashqi ko’rinishini) to’g’rilab qo’yishda namoyon bo’ladigan generalizatsiyaning geometrik jihatlari nihoyatda muhimdir. Bunda mayda konturlar ancha yiriklari bilan qo’shib yuboriladi, ko’pchilik hollarda esa yagona areal konturi bilan almashtiriladi. Agar hodisa kartada izoliniyalar yordamida ko’rsatilgan bo’lsa, u holda kesim balandligi kattalashtiriladi, izoliniyalar suratini umumlashtirish, ularni o’zaro muvofiqlash ishlari bajariladi.
Nuqtalar usuli bilan tasvirlanadigan yoyilib tarqalgan obektlar nuqtalar og’irligini yiriklashtirish hisobiga generalizatsiya qilinadi. Agar bu obektlar sifatli fon yoki areallar usuli bilan ko’rsatilgan bo’lsa, u holda generalizatsiya konturlarni yoki areallarni saralab olish va ularning chegaralarini umumlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə