Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti


II BOB Kartografik generalizatsiyaning ahamiyati



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə6/19
tarix26.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#131294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya

II BOB Kartografik generalizatsiyaning ahamiyati
2.1. Generalizatsiyaning aniqligi va sifati
Generalizatsiyaning mohiyati va omillari Butun borliqni obrazli-belgili mode) sifatida geografik kartalarning eng muhim xususiyati ularni tabiat va jamiyat hodisalarini istagan kattalikdagi hudud, masalan rayon, viloyat. mamlakat, materik yoki hatto toMiq Yer shari miqyosida bevosita ko‘zdan kechirish va o'rganish imkoniyatiga egaligidadir. Bu masshtabdan foydalanishga va kartaga tushirilayotgan hodisalami umumlashtirilgan ko'rinishda berishga asoslangan.
Generalizatsiya termini fransuzcha so‘z *generalisation≫dan kelib chiqqan bo‘lib — umumlashtirish, utnumiy, bosh degan ma’nolarni anglatadi. Generalizatsiya terminining lingvistik ildizlari uning kartografik mohiyatini to‘la ifoda etadi. Davlat standartida kartografik generalizatsiyaga quyidagicha ta ’rif berilgan: kartada tasvirlanayotgan obyektlaming kartaning maqsadi, masshtabi, mavzui va till hamda kartaga olinayotgan sohani xususiyatlariga mos ravishda tanlab (saralab) olish va umumlashtirishga kartografik generalizatsiya deyiladi. Generalizatsiyaning asosiy ma’nosi — borliqning kartaga olinayotgan qismining o ‘ziga xos bo‘lgan asosiy tipik tomonlari va xarakterli xususiyatlarini saqlab qolib umumlashtirib tasvirlashdir.
Kartografik generalizatsiyaning 3 ta asosiy omillaridan xarita maqsadi va mavzusi belgilovchi hisoblanadi. Xarita mavzusi tushunchasi xarita turini (siyosiy, iqtisodiy, geologik va h.k.) o‘z ichiga oladi, masalan, Xorazm viloyati iqtisodiy xaritasi. Maqsadiga ko‘ra xaritalar, masalan, ma’lumotnoma, o‘quv, rejalashtirish (iqtisodiyotning turli tarmoqlari vazifalari hal etiladigan) va boshqa ko‘plab turdagi xaritalar bo‘lishi mumkin. Bu omil xarita mazmuni (qanday obyektlar, qancha va qanday tasvirlash) va jihozlanishiga (tasvirlash usuliga) buyurtmachi talabini ta’minlaydi (1-rasm). Ushbu omilga xaritadan foydalanish sharoitlari (dala, kameral, stol ustida, devoriy) bevosita bog‘langan. Masalan, odatda, bir necha metr masofadan qaraladigan devoriy xaritalar uchun tanlash va umumlashtirish darajasi stol ustida foydalaniladigan xaritalardan ancha yuqori.
Asosiy omillardan ikkinchisi – xarita masshtabi cheklovchi rolni o‘ynaydi. U tuzilayotgan xaritada uning o‘quvchanligiga putur yetkazmasdan nimani ko‘rsatish mumkinligini belgilaydi, ya’ni xarita mazmunining miqdor parametrlari unga bog‘liq. Masshtab obyektlarni tasvirlash usullarini, shartli belgilar rasmi va o‘lchamlarini hamda geografik obyektlar nomlari yozuv shriftlarini tanlashga ta’sir ko‘rsatadi. masshtabning xarita mazmuniga ta’siri 2-rasmda keltirilgan.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə