Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə7/19
tarix26.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#131294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya

Kartalarning maqsadi. Kartalarda faqat ularning maqsadiga mos keladigan obyektlargina ko‘rsatiladi. Karta maqsadiga javob bermaydigan boshqa obyektlarni tasvirlash kartani idrok qilishga xalaqit qiladi, u bilan ishlashni q iy in las ht i rad i. Masalan, o ‘quv ma’muriy karta audiloriyada namoyish atish uchun ishlatiladigan bo'Isa, u holda unda mazmunning eng muhim elementlari saqlab qolinadi. Qaysiki ularni ortiqcha detallashtirib yubormasdan, ancha yirik umumlashtirish bilan yiriklashtirilgan ko'rinishda tasvirlanadi. Agar ma’muriy karta zarur ma’lumotnoma maqsadida tuzilgan va stol ustida foydalaniladigan bo‘lsa, u holda karta ma’muriy bo‘linish, aholi punktlari. aloqa yo‘llari haqida mazkur masshtab uchun maksimum mumkin bo‘lgan hajmdagi informatsivaga ega bo‘lishi kerak.
Karta masshtabi. Generalizatsiyaga masshtabning ta ’siri shunda namoyon boladiki, yirik tasvirdan mayda tasvirga o‘tishda tasvirlanayotgan hududning olchamlari qisqaradi. (Masalan. yer yuzasidagi 1 km2 xnaydon 1:1 000 masshtabii kartada 1 m2, 1: 10 000 masshtabda 1 dm2, 1:100 000 masshtabda 1 stn2 va nihoyat 1:1 000 000 masshtabii kartada esa atigi 1 mm2 ga teng b o lad i xolos. Ancha mayda masshtabda asos qilib olingan yirik masshtabi kartada bo‘lgan hamma mayda-chuyda detallarni va tafsilotlarni tasvirlash mumkin emas, shuning uchun ularni saralash, umumlashtirish, qolganlarini chiqarib tashlash zarur bo‘ladi. Karta masshtabi qisqarishi bilan fazoviy qamrab olish oshadi, u ham generalizatsiyaga ta ’sir qiladi, yirik masshtabii kartalar uchun muhim bo‘lgan obyektlar (masalan, maxalliy oriyentirlar) mayda masshtabii kartalarda o'z ahamiyatini yo'qotadi, shunday ekan uiar chiqarib tashlanishi lozim.
Karta mavzui va tipi. Kartaning mavzui va tipi kartada qaysi elementlami ancha mufassal, qaysilarini esa ancha sezilarli darajada umumlashtirib tasvirlash kerakligini belgilaydi. Geologik yoki tuproq kartasida gidrograflk to ‘rni aniq tasvirlash muhim, lekin yo‘llarni va aholi punktlarini, kuchli generalizatsiya qilish mumkin, ma’muriy chegaralami esa butunlay tushirib qoldirsa boiadi. Lekin, iqtisodiy mavzudagi kartada buni teskaiisi aholi punktlarini, aloqa yollarini va ma’muriy bo‘linishni mufassal ko‘rsatish zarur. Xuddi o‘sha paytda kema qatnovi uchun muhim b o lg an daryolarni saqlab qolib qolgan gidrograflk to'rni esa generalizatsiya qilib ko‘rsatsa boiadi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə