Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti


Kartaga olinayotgan obyekt (yoki hudud) xususiyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə8/19
tarix26.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#131294
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya

Kartaga olinayotgan obyekt (yoki hudud) xususiyatlari. Ushbu omilning generalizatsiyaga ta ’siri kartada o ‘sha obyektning yoki hududning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirish, eng xarakterli elementlami berish zaruratida ko‘rinadi. Masalan, qurg'oqehil dasht yoki chala cho‘l rayonlarda hamma mayda ko'llarni ko‘rsatish juda muhim, b a ’zan generalizatsiya vaqtida ular hatto kattalashtirib beriladi. Ko‘l ko‘p bo‘lgan tundra landshaftlarida koMlardan ayrimlarini tushirib qoldirsa ham boiadi, ammo bunda hududning serkolligini saqlab qolib uni to‘g‘ri aks ettirish kerak.
Obyektni o‘rganilganlik ham generalizatsiyaga ta ’sir etadi. Obyekt yetarli darajada o ‘rganilganda tasvirlash maksimal darajada to liq (kartaning ushbu masshtabi va maqsadi uchun) bolishi mumkin. material etishmaganda esa u muqarrar ancha umumiashgan, sxematik bo‘lib qoladi. Bu jihatdan qaraganda to'liq bo‘lmagan manblar asosida tuzilgan prognoz va gipotetik kartalar ancha umumiashgan bo‘ladi, chunki bunda obyekt hali to'liq o'rganilmagan uning tarqalish qonuniyatlari to‘g‘risida faqat taxminiy ma’lumotlar bo‘ladi. Generalizatsiya uchun kartalarning jihozlanishi ham ma’lum ahamiyat kasb etadi. Ko!p rangli kartalar (bir xil, teng sharoitda) oqqora kartalarga qaraganda ancha ko‘p miqdordagi belgilarni ko‘rsatishga imkon beradi. Rangli gullashlar, izoliniyalar, belgilar yaxshi tanlab olinsa, bitta kartada karta o‘qilishi uchun ziyon keltirmasdan oltitagacha bir-birini qoplaydigan belgilarni birga qo‘shib ishlatish mumkin. Bir xil rangdagi kartada yoki ranglami nabori chegaralangan kartada buni qilish qiyin.
Kartografik generalizatsiya omillari Kartografik generalizatsiya yo‘nalishini (xarakterini) belgilovchi asosiy omillar quyidagilar:

  • xarita maqsadi va uning mavzusi;

  • xarita masshtabi;

  • xaritalashtiriladigan obyekt (hudud) xususiyatlari.

Bu belgilovchi omillardan tashqari, generalizatsiya xarakteri va darajasiga asosiylariga bog‘liq omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • xaritadan foydalanish usullari va sharoitlari;

  • kartografik tasvirlash vositalari;

  • xarita tuzish uchun manbalar;

  • xaritani tuzishda foydalaniladigan texnik usul va vositalar hamda undan kartografik axborotni o‘qish usullari.

Kartografik generalizatsiyaning uchinchi muhim omili tasvirlanadigan borliq (joy) xususiyatlari hisoblanadi. Har qanday borliq o‘zaro murakkab bog‘liqlikda bo‘lgan va ko‘plab turli xil uyg‘unliklarni hosil qilgan turli tipdagi obyektlar majmuidan iborat. Masalan, joy uchun bu – aholi punktlari, yo‘l to‘ri, relyef, gidrografiya va h.k. bunday uyg‘unliklarning individual xususiyatlari quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘lishi mumkin:

  • majmua tarkibida, har bir komponentning turli xil salmog‘i bilan ifodalanadigan, masalan, aholi zich rayon va cho‘l yoki tayga;

  • har bir komponent xarakterida, masalan, yirik aholi punktili rayon yoki alohida xonadonli rayon;

  • joyda obyektlar joylashuvi zichligida ifodalanadigan predmetlar bilan fazoning to‘lalik darajasida;

  • tasvirlanadigan borliq xarakterining bir xil emasligida, uning alohida fazoviy qismlari (uchastka, rayonlar) tuzilishining turlichaligida.

Generalizatsiya qilishda sivat tavsiflarini umumlashtirish keng qo‘llaniladi, ularning farqlarini kamaytirish har doim tasniflash belgilarini umumlashtirish bilan boiiqdir. Masalan, obzor kartalarda ko‘pchilikni tashkil etadigan o‘rmon daraxtlarining turlari o‘miga yagona o'rmon belgisi beriladi, geologic kartalarda yirik masshtablardan mayda masshtablarga o‘tishda svita va yaruslami boMimlarga qo‘shib yuborish bilan stratigrafik bo‘iinishlar umumlashtiriladi, so‘ngra bo‘lirnlar sistemalarga qo‘shib yuboriladi va h.k.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə