Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti


Kartalarning mavzui va tipi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə3/19
tarix26.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#131294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya

Kartalarning mavzui va tipi. Kartalarning mavzui va tipi kartada qaysi elementlarni mufassal, qaysilarini esa ancha sezilarli darajada umumlashtirib tasvirlash kerakligini belgilaydi. Geologik yoki tuproq kartasida gidrografik to’rni aniq tasvirlash muhim, lekin yo’llarni va aholi punktlarini, kuchli generalizatsiya qilish mumkin, ma’muriy chegaralarni esa butunlay tushirib qoldirsa bo’ladi. Lekin, ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi kartalarda buni aksi, ya’ni aholi punktlari, aloqa yo’llari va ma’muriy bo’linishni to’liq ko’rsatish zarur. Xuddi o’sha paytda kema qatnovi uchun muhim bo’lgan daryolarni saqlab qolib, qolgan gidrografik to’rni esa generalizatsiya qilib ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kartaga olinayotgan ob’ekt (yoki hudud) xususiyatlari. Ushbu omilning generalizatsiyaga ta’siri kartada o’sha obektning yoki hududning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirish, eng xarakterli elementlarni berish zaruratida ko’rinadi. Masalan, qurg’oqchil dasht yoki chala cho’l hududlarda mayda ko’llarni ko’rsatish juda muhim, ba’zan generalizatsiya vaqtida ular hatto kattalashtirib beriladi. Ko’l ko’p bo’lgan tundra landshaftlarida ko’llardan ayrimlarini tushirib qoldirsa ham bo’ladi, ammo bunda hududning serko’lligini saqlab qolib uni to’g’ri aks ettirish kerak.
Shuni takidlash lozimki, obektni o’rganilganlik ham generalizatsiyaga ta’sir etadi. Obekt yetarli darajada o’rganilganda tasvirlash maksimal darajada to’liq (kartaning ushbu masshtabi va maqsadi uchun) bo’lishi mumkin, material yetishmaganda esa u muqarrar, umumlashgan va sxematik tarzda bo’lib qoladi. Bu jihatdan qaraganda to’liq bo’lmagan manbalar asosida tuzilgan prognoz va gipotetik kartalar ancha umumlashgan bo’ladi, chunki bunda obekt hali to’liq o’rganilmagan uning tarqalish qonuniyatlari to’g’risida faqat taxminiy ma’lumotlar bo’ladi.
Generalizatsiya uchun kartalarning jihozlanishi ham ahamiyat kasb etadi. Ko’p rangli kartalar (bir xil, teng sharoitda) oq-qora kartalarga qaraganda ancha ko’p miqdordagi belgilarni ko’rsatishga imkon beradi. Rangli gullashlar, izoliniyalar, belgilar. yaxshi tanlab olinsa, bitta kartada karta o’qilishi uchun ziyon keltirmasdan oltitagacha bir-birini qoplaydigan belgilarni birga qo’shib ishlatish mumkin.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə