65
65
Granulometrik tarkibini urganish suvli katlamlarning geologik va paleogeografik
sharoitlarini urganishda, kuduklarda suzgichlarning konstruktsiyasini tanlashda yordam beradi. Tog
jinsi zarralarining katta kichikligi turlicha buladi va mikrometrdan (0,001 mm) bir necha yuz
millimetrgacha uzgaradi.
Ayrim kattalikdagi donalar va zarralarning tog jinsidagi mikdori mexanik yoki
granulometrik taxlil yordamida aniklanadi.
Granulometrik tarkibning logarifmik grafigini chizish uchun abstsissa ukida zarralar
diametrining logarifmi joylashtiriladi, ordinata ukida esa zarralarning yigindi (umumiy, ortib
boruvchi) foizini oddiy masshtabda joylashtiriladi (32-rasm).
32-rasm. Granulometrik tarkibning logarifmik grafigi.
Bu grafikdan 10% va 60% mikdorga tugri keladigan zarrachalar diametri aniklanadi.
Birinchi kursatkich (d10) effektiv diametr deb ataladi va turli kattalikdagi zarrali jinslarda shu
diametrdan kichik zarralar 10%ni tashkil kiladi. Ikkinchi kursatkich (d60) turli-tumanlik
koeffitsientini kuyidagi formula aniklashga yordam beradi.
Agar KT < 5 bulsa, tog jinslari bir xil kattalikdagi zarralardan tashkil topgan buladi. KT > 5
bulsa, tog jinslari turli xil kattalikdagi zarralardan tashkil topgan deb xisoblanadi.
Donador tog jinslarining tarkibi tugrisidagi grafik chizigining xarakteriga karab xam fikr
yuritish mumkin; tog jinslari bir xil kattalikdagi zarralardan tashkil topgan bulsa chizik tik xolda,
turli kattalikdagi zarralardan tashkil topgan bulsa chizik kiya (yotik) xolatda buladi.
2. Govaklik tog jinslari xosil bulishi jarayonida va ularning nurashi, suvlar ta`siri natijasida,
uz tarkibida turli-tuman shakldagi va kattalikdagi govaklarni, bushliklarni xosil kiladi (33-rasm).
Govaklik deb, tog jinslari tarkibidagi zarralar urtasidagi bushlikka aytiladi. Bu xususiyat
yoriklar bilan birgalikda tog jinslarining gidrogeologik xususiyatini belgilab beradi.
er yuzasidan chukurlikning ortib borishi va tsementlanishi bilan tog jinslarining govakligi
kamayib boradi. Tog jinslaridagi govaklar, bushliklar va yoriklar uzlarining turlari va kattaliklariga
karab bir-birlaridan fark kiladilar. Kapillyar bulmagan govaklarning diametri 1 mm dan katta,
kapillyar govaklarning diametri esa 1 mm dan kichik buladi.
Govak va yoriklar kattaliklariga karab uch guruxga bulinadi: 1) uta kapillyar govaklar
(govakning kattaligi 0,5 mm dan katta, yoriklar esa 0,254 mm dan kichik); 2) kapillyar govaklar
kattaligi 0,5-0,002 mm, yoriklar esa 0,254 - 0,001 mm buladi; 3) sub kapillyar govaklar 0,0002 mm
dan kichik, yoriklarning kattaligi 0,0001 mm dan kichik.
Tog jinslarining uta kapillyar govaklarida va yoriklarida erkin suvlar xarakatlanadi,
kapillyar govaklarida esa erkin suvlar kisman kapillyar kuchlar ishtirokida xarakat kiladi. Tog
jinslarida sub kapillyar govaklar va yoriklar bulsa (gillar, gilli slanetslar va boshkalar) ular suv
66
66
utkazmaydi. Tabiatdagi tog jinslarining barchasida govaklar uchraydi, lekin ular xosil bulishi
buyicha turli-tuman xarakterga ega buladi (33-rasm).
33-rasm. Tog jinslaridagi govaklik turlari.
1. Ayrim strukturaviy govakli va yorilgan koya jinslar; 2. Nurash natijasida govaklarning ortishi; 3.
Erish natijasida xosil bulgan govaklar; 4. Yaxshi saralangan sergovak bushak kumli jinslar; 5. Turli
kattalikdagi zarralar bilan boglik kamgovakli bushak kumli jins; 6. Govaklarda kotishmaning xosil
bulishi va usishi bilan boglik kamgovakli kumli jinslar; 7. Mikro va makro govakli lyossimon
jinslar; 8. Mikrogovakli gilli jinslar.
Govaklikning mikdori govaklik koeffitsienti "n" bilan belgilanadi va u kuruk jins
govaklarining umumiy xajmini, kuruk tog jinsining umumiy xajmiga bulgan nisbati bilan
aniklanadi. Govaklik koeffitsienti birliklarda va foizlarda ifodalanadi.
bu erda Vn - govaklar xajmi; V - tog jinsining xajmi. Govaklik koeffitsienti solishtirma va
xajmiy ogirlik orkali xisoblanishi mumkin. Agar solishtirma va xajmiy ogirliklar ma`lum bulsa
govaklik koeffitsienti kuyidagi formula orkali aniklanadi:
n-govaklik koeffitsienti, %. d-jinsning xajmiy ogirligi, g/sm
3
. ∆ -jins skletining solishtirma
ogirligi, g/sm
3
.
Govaklarning xajmi tog jinslarini tashkil kilgan zarralarning joylanishiga, bir xil kattalikdagi
zarra va donalardan tashkil topganligiga, tsementlanish darajasiga, tog jinslarining xolatiga, yorik
va darzlarning xarakteriga boglik.
Umumiy govaklik koeffitsientidan tashkari gidrogeologiya va injenerlik geologiyasida
keltirilgan govaklik koeffitsientidan e keng foydalaniladi. Bu koeffitsient govaklarning umumiy
xajmini V
u
, tog jinsi skletining xajmiga (V
c
) nisbati bilan aniklanadi.
Umumiy va keltirilgan govaklik koeffitsientlari kuyidagi formulalar orkali boglangan: