Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə23/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
geologiya edu print (1)

Rum=(l-(H.O))/(S.O)100%
Rum-tuproqning umumiy g‘ovakligi, % hisobida Tuproqning g‘ovakligi uning muhim xususiyatlaridan biridir.
G‘ovaklaming mavjudligi havo almashinishi (aeratsiya) va suv harakatiga ijobiy ta’sir etadi.
G‘ovaklik tuproqning mexanik tarkibiga, tuzilmasiga, tuproq jonivorlarining faoliyati va organik moddalar miqdoriga, hayda- ladigan yerlarda esa, yerni ishlash hamda tuproqni madaniylashtirish usullariga bog‘liq.
Tuproqda qanchalik boTakchalar ko‘p bo‘isa, ular shunchalik g‘ovak joylashadi va aksincha, tuzilmasiz tuproqlarda esa mexanik elementlar, qanday shaklda joylashishiga qaramay ular zich bo‘ladi va natijada umumiy g‘ovaklik keskin pasayadi. Odatda, gumusga boy, tuzilmali tuproqlar eng katta g‘ovaklikka ega bo‘ladi. Bunday tuproqning ustki qatlamida umumiy g‘ovaklik 50-70 % ni tashkil etishi mumkin. Bu birinchidan, tuproqda katta g‘ovakliklar, har xil hasharot va hayvonlaming inlari, ildizlar qoldirgan bo‘shliqlar hisobiga bo‘lsa, ikkinchidan, tuproqning har xil katta-kichiklikdagi bo'lakchalarining g‘ovak joylashishi hisobiga bo'ladi. G‘ovakiik tuproqning pastki qatlamlarida kamayib boradi.
Tuproqdagi hamma teshiklarning uning hajmiga nisbatan olingan jami yig‘indisiga (% hisobida), umumiy g‘ovaklik deyiladi.
Tuproqning kapillyar suv bilan band bo'lgan g‘ovaklari yig‘indisiga
kapillyar g‘ovaklik deyiladi. Nokapillyar g‘ovaklik esa umumiy
g‘ovaklik bilan kapillyar g‘ovaklik o‘rtasidagi farqni ifodalaydi va hamma vaqt havo bilan band bo‘ladi.
Tuproqning solishtirma va hajm og‘irligi hamda g‘ovakligi uning umumiy fizik xossalari deb yuritiladi. Tuproqning unumdorligini oshirish, albatta mana shu umumiy fizik xossalarga bog‘liq bo‘ladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, tuproqning hajm og‘irligini o‘z- garishi, g‘ovakligi undagi suvga chidamli agregatlarning bo‘lishiga bog‘liqdir. Binobarin, gumusga boy va tuzilmali tuproqlarda kapil- lyarsiz va kapillyar bo‘shliqlar hamma vaqt mavjud. Ular meyoriy havo va suv almashuvini ta’minlab turadi. Og‘ir mexanik tarkibli va tuzilmasiz tuproqlarda esa mikrobo‘shliqchalar ko‘p bo‘ladi, ularda suv va havoning erkin harakati juda past bo‘ladi. Tuproqning fizik xossalarini yaxshilashning bosh yo‘li - agrotexnik talablarga javob beradigan ishlov jarayonini amalga oshirish hisoblanadi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə