Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə26/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
geologiya edu print (1)

23.Tuproq tashxisi
Tuproq tashxisi (diagnostikasi) deganda uni tizimli ravishda
aniqlash maqsadida ma’lum qoidalarga asosan tuproqlami tavsiflash jarayoni, ya’ni awaldan ma’lum yoki yangi tipga va tegishli yanada kichik (tuban) taksonomik birliklarga kiritish maqsadida tavsif berish tushuniladi.
Hozirgi zamon tuproqlar geografiyasining amaliyotida ba‘zi o‘zaro kelishuv (bir-birlariga yon berish) mavjud bo‘lgan bir paytda, ikki xildagi yondoshuvlar yuzaga keldi. Rus genetik tuproqshu- noslik maktabida tuproq tashxisi negizida bir nechta yondoshuv mavjud, ulardan eng asosiylari V.V.Dokuchayev va uning shogirdlari tomonidan ta’riflangan: 1) kesim usuli; 2) majmuali yondoshuv; 3) qiyosiy-geografik usul; 4) genetik yondoshuv.
Tuproq tashxisining kesim usuli V.V.Dokuchayev tomonidan uning tuproqshunoslik sohasidagi eng birinchi ishlarida tavsiya etilgan, qaysiki u har qanday tuproq bir-biri bilan o‘zaro genetik jihatdan bog‘liq bo'lgan А-Б-С qatlamlardan tashkil topganligini ko’rsatgan. Tuproq tashxisining kesim usulida ko‘proq jiddiy masala, tuproq kesimi - turli tasodifiy qatlamlarning o'zini kelib chiqishi bo‘yicha bir-biri bilan bog*liq va bir-birini taqozo qiladigan, bir butun (yagona, yaxlit, bo‘Iinmas), genetik qatlamlarning yaxlit majmuasi ekanligi haqidagi asosiy qoida hisoblanadi. Har qanday tuproqni to‘liq tavsiflash uchun uning barcha qatlamlarini, ya’ni uning yuzasidan boshlab ona jinsi yoki tagidagi jinslarigacha tadqiq qilish, ta’riflash zarur. Kesma bo‘ylab tuproq xossasining o'zgarishi, umuman bir-butun tabiiy jism tarzidagi tuproqning xossalari haqida tushuncha beradi.
Tuproq tashxisiga majmuali yondoshuv shundan iboratki, bu tuproq tashxisi majmuali holda tuproqning qator bir-butun tarzdagi to‘liq qiyofasini ko‘rsatadigan (tabiiy bunda har qaysi belgi va har bir xossa yuqorida keltirilgan tamoyilga binoan, ulaming tuproq kesimi bo‘ylab o‘zgarishi sifatida qaraladi) morfologik, fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik, agronomik kabi qator xossalari va belgilarining tahlili va ta’rifiga asosan tuziladi.
Qiyosiy-geografik tahlil tuproq hosil bo‘lish jarayonlarining omillari majmuasida tuproqlar tarqalishining areallari va farqi yoki o‘xshashligini hisobga olgan holda bir tuproqning ikkinchi xili bilan taqqoslash uchun tuproq tashxisida keng qo‘llaniladi. Ushbu majburiy, ammo nazariy jihatdan yetarlicha asoslangan usul, tuproq hosil bo‘lish omillariga, ya’ni tuproq, o‘simliklar, iqlim, nurash qobig‘i va landshaft tiplari o‘rtasidagi mustahkam (uzviy) aloqa- larga tayanadi. Fanning ushbu rivojlanish darajasida ekologik bog‘liqlikni yetarlicha aniq va amaliy moslashgan tuproq tashxisida hisobga olmaslik mumkin emas. Ularni inkor qilish sezilarli xatolarga olib kelishi mumkin.
Tuproq tashxisidagi qiyosiy-geografik usulni keng qo‘llashga majbur qiladigan ikkinchi holat (jihat) shundan iboratki, qaysiki hozirgi tuproq paydo qiluvchi („tuproq -hayot”) tartiblar, har doim ham dalada morfologik kuzatishlar va laboratoriyada analitik tekshirishlarda aniqlanadigan, tuproq belgilarida („tuproq xotira”) har doim ham to‘liq aks etmasligidir. Ko'pchilik belgilari bo'yicha bir xildagi, ammo turli tartiblarda joylashgan tuproqlar turlicha tashxislanishi va turli tizimli guruhlarga kiritilishi mumkin. Bunda bizda ikkita yo‘l bor: birinchidan, ko‘p yillik tartibli tajribalar va
so'ngra tuproq tashxisini aniq amalga oshirish mumkin; ikkinchidan fandagi ma’lum tartiblar bilan o‘zaro bog‘langan -korrelyatsiyalan- gan tuproq tartibiari va tuproq paydo qiluvchi omillar orasidagi o‘zaro aloqalardan foydalanishdir. Ikkinchi yo‘l amaliyotda ancha arzon va ko‘proq ishonchli hisoblanadi.
Tuproqning tipini aniqlash uchun, ya’ni uni qandaydir ma’lum tipga yoki aniqlangan yangi tipga kiritish uchun, quyidagilami aniqlash zarur: 1) tuproq kesimining tipi va uni tashkil etadigan genetik qatlamlarini aniqlash, ushbu ma’lumotlarni ma’lum tuproq tiplarini tuzilishi bilan taqqoslash; 2) geografik landshaftlar tipini ulaming tarixini hisobga olgan holda, ushbu tavsifni landshaftlaming ma’lum tiplari bilan solishtirgan holda aniqlash; 3) ushbu tuproqning geografik areali(joyi)ni ularning tuproq paydo bo‘lish omillari bilan bog‘liq bo‘lgan areallariga monand (o‘laroq) holda aniqlash; 4) ushbu tuproqni shakllantiradigan, asosiy kesma hosil qiluv­ chi majmualari va elementar tuproq jarayonlarining majmuasini taqqoslash; 5) ushbu tuproqdagi moddalar migratsiyasi va akkumul- lyatsiyasi tiplarini aniqlash va uni ma’lum tiplar bilan taqqoslash.
Ko‘rsatilgan beshta o4lchamlar majmuasi tuproq tipini yetarli darajada ishonchli aniqlash imkonini beradi.
Tuproqlar tashxisi - tasnifiashdagi muayyan bo‘limga kiritish imkonini beradigan tuproqlaming alohida belgilari yig‘indisi hisoblanadi.
Tuproqlami tashxislayotganda birinchi navbatda tuproq tek- shirishlarida, tuproq kesimini morfologik jihatdan o‘rganish natija- sida olinadigan materiallar va oddiy tahlil asosida oson aniqlanishi mumkin bo‘lgan belgilaridan foydalaniladi. Ammo, ba‘zi tuproq- larni aniqlash uchun ancha murakkab tahlillar (singdirilgan asoslar tarkibi, gumus tarkibi, tuproq va uning loyqa tarkibining umumiy tahlili singarilar)ni o‘tkazish lozim bo‘ladi.
Shuningdek, tuproqlar tashxisida tuproqlaming suv - issiqlik tartibini xarakterlovchi materiallardan ham foydalaniladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə