Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə27/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
geologiya edu print (1)

24.Tuproq unumdorligi
V.R.Vilyams (1939) bo‘yicha unumdorlik deganda tuproq­ ning o‘simliklami suv va oziq elementlar bilan bir vaqtning o‘zida, uzluksiz ta’minlab tura olish qobiliyati tushuniladi.
Unumdorlik tuproqning juda murakkab xossasi sifatida tup- roqda kechadigan ko‘plab kimyoviy, fizik va biologik jarayonlarga bog‘liq. Unumdor tuproq o‘simliklarni zarur oziq moddalar, suv, havo, issiqlik bilan ta’min eta olishi, mo‘tadil reaksiyaga ega bo‘li- shi, har xil zararli moddalar saqlashi zarur. Buning uchun tuproq­ ning suv-fizik xossalari va tartiblari, ozuqa va tuz tartiblari, tup- roqda kechadigan biokimyoviy, oksidlanish jarayonlari qulay bo‘li- shi kerak.
Inson lar yerdan uzoq muddat foydalanganda tuproqda kechadigan tabiiy jarayonlar, jumladan tuproqning qator xossalari va tartiblari o‘zgarib, yangi madaniy tuproqlar paydo bo‘ladi.
Tuproq unumdorligini doim yaxshi va yuqori holatda saqlab turish maqsadida, insonlar tomonidan tuproqning tabiiy xossalarini o‘zgartirish jarayonlariga tuproqni madaniylashtirilishi deyiladi.
Tuproqlarni madaniylashtirishga qaratilgan majmuali tadbirlar tizimi, ekinlardan barqaror va muttasil yuqori hosil olishni ta’min- lovchi tuproq xossalarini yaxshilash imkonini beradi. Tuproqlarni madaniylashtirishda biologik, kimyoviy va fizikaviy usullardan foydalaniladi.
Biologik usul tuproqda gumus va azotning ko'proq to'pla- nishiga imkon beradigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Shu maqsadda
ko‘p yillik o‘tlar ekiladi va mahalliy organik o‘g‘itlardan foyda- laniladi.
Kimyoviy usul yerga mineral o‘g‘itlar solish yo‘li bilan tuproqda o‘simliklar uchun zarur va tez o ‘tadigan oziq elementlari miqdorini ko‘paytirish hamda tuproqning kimyoviy xossalarini yaxshilashga qaratiladi.
Fizikaviy usullarga fizik-mexanikaviy va meliorativ tadbirlarni qo‘llash, ya’ni yemi ishlash, haydalma qatlamda agronomik jihatdan qimmatli tuzilma yaratish, tuproqning suv-fizik, issiqlik xossalari va tartiblarini yaxshilash singari tadbirlar kiradi.
Tuproq qanchalik madaniylashtirilmasin sun’iy unumdorlik bilan bir qatorda, doim tabiiy unumdorlikka ham ega bo‘Iadi.
Demak, bu har ikkala unumdorlik turlari bir-biri bilan bog‘liq.
Yerlar qanchalik uzoq muddatda foydalanilib, uning madaniy holati yaxshilanib, yuqori agrotexnik tadbirlar qo‘llanilsa, tuproqning sun’iy unumdorligi ham yuqori bo‘ladi. Madaniy o‘simliklar tomonidan tabiiy va sun’iy unumdorliklar foydalanilganda, bular haqiqiy samarali unumdorlikka aylanadi. Bundan tashqari samarali unumdorlik tabiiyga nisbatan ancha yuqori bo‘lib, insonlaming yerga sarflanadigan mehnati va moddiy mablag‘ sarfiga bog‘liq.
Yo‘naltirilgan holda madaniy tuproqlaming yaratilish jarayon- lari o‘z navbatida tuproq unumdorligining muayyan darajasi (mode- li)ni yuzaga keltirish imkonini beradi. Tuproq unumdorligi modeli deganda, ekinlardan ma’lum darajadagi hosilni olish uchun zarur shart-sharoitlarga javob beradigan va agronomik nuqtayi nazardan ahamiyatga ega bo‘lgan tuproq xossalari yig‘indisi tushuniladi.
Tuproq xossalarining optimal parametrlari asosida unumdorlik modellari tuziladi. Mexanik tarkibi va gumus miqdori tuproqning barcha muhim agronomik xossalari va tartibiga ta’sir etadi.
Tuproqning samarali unumdorligini oshirish usullari xilma- xildir. Tuproqqa maqbul darajada ishlov berish, o‘g‘itlar va turli meliorativ tadbirlardan foydalanish, almashlab ekish, yerdan foydalanishni ilmiy asosda tashkil etish, tuproqning ekologik hola- tini yaxshilash singari tadbirlar tuproq unumdorligining samara- dorligini keskin oshirish imkonini beradi.
Tuproqqa ishlov berishning asosiy maqsadi, uning suv-havo va ozuqa tartiblarini muvofiqlashtirishga qaratilgan. Ishlov berishning
maqbul turlardan foydalanishda tuproqning gumusli qatlami qalin- ligi, tuproqni haydalma osti qatlamlarining xususiyatlari, mexanik tarkibi, har xil tuz saqlaydigan qatlamning joylashuv chuqurligi va boshqa xususiyatlarga e’tibor beriladi. Tuproqdagi o‘simlikka o‘tuv- chi, harakatchan shakldagi oziq moddalar miqdoriga ko‘ra mineral o‘g‘itlar meyorlari aniqlanadi. Organik o‘g‘itlardan fbydalanila- yotganda ham tuproqning gumusli holati xossalari e’tiborga olinadi.
Tuproqning tuz tartibi va suv-fizik xossalarini e’tiborga olmas- lik sug‘orma yerlarning qayta sho‘rlanishiga yoki botqoqlanishiga sabab bo'ladi.
Ekinlami joylashtirayotganda tuproqning sho‘rlanish, sho‘rtob- lanish hamda eroziyalanish darajasi, joyning relyef sharoitlari katta ahamiyatga ega, chunki bu omillar tuproq unumdorligining ko‘plab shart-sharoitlarini belgilaydi.
Aimashlab ekish joriy etilmagan va faqat mineral o‘g‘itlar solinadigan dalalarda, tuproqdagi gumus va oziq moddalar miqdori keskin kamayib, tuzilma holati yomonlashadi hamda unumdorligi pasayadi.
Ma’lumki, har yili bir tonna paxta hosili olish uchun 300-400 kg miqdorda gumus sarflanadi. Buning o‘mini qoplash uchun esa gektariga 20 tonna go‘ng yoki boshqa organik o‘g‘itlar solish kerak boMadi.
o‘zida tarmoq otgan o‘simlik ildizlarining ko‘pligi bilan ham farq qiladi. Tuproqning gumusli ustki qavatini tuproqning chirindili qatlami deyiladi.
Tuproqning chuqurroq qavatida gumus aytarli ko‘p bo‘lmaydi, biroq bu qavatda eruvchan moddalaming yuvilib ketganini ko‘rsatuvchi belgilar bir qadar yaqqol ko‘rinadi. Tuproqning ana shu qavatini yuvilish qatlami deyiladi.
Tuproqning yanada chuqurroq qavati - uchinchi qatlami shu bilan ajraladiki, unda birinchi va ikkinchi qatlamlardan yuvilib tushgan moddalar to‘planadi, shuning uchun uchinchi qatlamni yuvindilaming to‘planish qatlami deb atasa bo‘ladi.
Uchinchi qatlamning ostida ona jins yoki tub jins bo‘ladi, uni tuproq osti qavati (podpochva) deb ham ataydilar. Hatto bir tipdagi tuproqda ham uchchala gorizontdan har birining qalinligi turlicha bo‘la oladi. Qatlamlarning qalinligi odatda santimetr bilan o‘lcha- nadi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə