Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Tuproqlar geografiyasining umumiy qonuniyatlari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə29/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
geologiya edu print (1)

26.Tuproqlar geografiyasining umumiy qonuniyatlari
Tuproq qoplamining tuzilishi va tarqalishida bioiqliiniy qonuniyat muhim ahamiyatga ega. Tuproq qoplamining paydo bo‘lishi va tuzilishi qonuniyati global iqlimga bog'liq tarzda avvalo gorizontal va vertikal zonallik va fatsiyallik (provinsiyalik)ka bo‘linadi.
Gorizontal (kenglik) qonuniyatini birinchi bo‘lib V.V.Doku-
chayev yaratgan (1899), uni o‘zining „Tabiat zonalari to‘g‘risidagi ta’limotga” asarida to‘liq asoslagan. V.V.Dokuchayev shunday yozgan: „... tuproq hosil qiluvchi barcha muhim omillar yer yuzasida mintaqa va zonalar ko’rinishida taqsimlanadi, qaysiki
ozmi-ko‘pmi kengliklarga parallel tarzda, shuningdek, tuproqlar - qora, podzol tuproqlarimiz va h.k. - iqlim, o‘simlik va h.k. larga chambarchas bog‘liq holda yer yuzasida zonal joylashgan bo‘lishi darkor”.
Ushbu qonun V.V.Dokuchayev tomonidan 1899 yilda tuzilgan „Shimoliy yarim sharning tuproq zonalari sxemasi” xaritasida ifodasini topadi. Unda dunyoning beshta tuproq zonalari ajratilgan: boreal (arktika), o‘rmon, qora tuproqli dasht. aeral (cho‘i) va laterit (qizil-sariq tuproqlar). Bu, ya’ni kenglik bo‘yicha tuproq-iqlimiy ajratish asosan iqlimning issiqlik xususiyatlariga asoslangan.
Tuproqning geografik tarqalishi tuproq paydo qiluvchi omillar bi lan bevosita bog‘liq bo‘lib, shunga ko‘ra tuproq tiplari ham o‘zgarib boradi. Jumladan, iqlim sharoitining kenglik yo‘nalishi bo‘yicha, ya’ni shimoldan janubga qarab o‘zgarishi bilan, shu yo‘nalishda o^simlik va tuproq qoplami ham o‘zgarib boradi.
Demak, tabiiy sharoitlari deyarli bir xil bo‘lgan muayyan geografik kengliklarda ma’him tuproq tiplari tarqaladi va mintaqalarni hosil qiladi. Tekislik hududlari bo‘ylab tuproqlaming ana shunday tarqalishini V.V.Dokuchayev gorizontal zonallik deb atadi.
I.P.Gerasimov kenglik bo‘yicha zonallik qonuniyatini takomil- lashtirib, kenglik zonalari ichida, ayniqsa quruqlik ichidagi tekislik- larda „kenglik - zonal spektr (fatsiya)”ni ajratgan. Bu Yevrosi- yoning markaziy qismi (Rus tekisligi, G‘arbiy Sibir, Qozog‘iston va O‘rta Osiyo)da yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, subboreal mintaqada quyidagi tuproq - geografik zonalar ajratiladi: o‘rmon dasht - sur-o‘rmon, podzollashgan, tipik qora tuproqlar va b.; dasht - oddiy va janubiy qora tuproqlar; quruq dasht - to‘q kashtan va kashtan tuproqlar; chala cho‘l - och kashtan va qo‘ng‘ir chala cho‘l tuproqlari; cho‘l - sur - qo‘ng‘ir cho‘l va taqirsimon tuproqlar.
Zonallik qonuniyati bilan bog‘liq tarzda tuproqlaming hosil bo*Iishi va geografiyasida yana boshqa qonuniyatlarni uchratish ham mumkin, ulaming ayrimlari quyidagilar: 1. Qutbiy kengliklardan ekvator tomon borgan sari tuproq­ laming xilma xilligi, ulaming xossalari va tashqi ko‘rinishi ham o‘zgaradi.
2. Janubiy kengliklarda shimolga nisbatan tog‘lardagi tuproq qoplamining tarkibi va tuzilmalari vertikal zonallik (mintaqa) bo‘yicha murakkablashadi. 3. Janubiy yo‘nalishda tuproqlarning mahsuldorligi, gumid va semigumid landshaftlaming tuproq - o‘simiik tizimida elementlar- ning aylanma harakatining xilma - xilligi va qamrovi ortadi.
Dokuchayevning zonallik qonuniyati nafaqat tuproqlar geog- rafiyasiga tegishli, balki u umumgeografik qonuniyatdir. Keng ma’noda lining mohiyati shundaki, qutblardan ekvatorga tomon Yer yuzasiga quyosh energiyasi tushishining orta borishi bilan, ayniqsa biogen jarayonlarning energiya va xarakteri ham o‘zgaradi.
Ba’zan ayrim sabablarga ko‘ra tuproqlar zonallik qonuniyatla- riga bo‘ysinmasligi ham mumkin, bunda tuproqlar dog‘simon va alo- hida orollar tarzda intrazonal o‘rin egallaydi. O‘rmon va o‘rmon dashtlardagi botqoq tuproqlar, tundradagi botqoq tuproqlar, cho‘l zo- nasidagi sho‘rxoklar va taqirlar intrazonal tuproqlarga, tundra va cho‘l zonasidagi qayir tuproqlari esa azonal tuproqlarga misol bo‘ladi.
Tuproq qoplami tuzilishi va tarqalishining litologik - geomorfologik hamda tarixiy - geologik qonuniyatlari tufayli, ya’ni hududlarning litologik - geomorfologik va uning tarixiy rivojla- nishiga bog‘liq tarzda biokimyoviy omillar butunlay o‘zgaradi. Yer yuzasidagi relyefning ijobiy va salbiy elementlari, denudatsiya va akkumulyatsiya jarayonlari, moddalaming geokimyoviy oqimlari bir-birlari bilan uzviy bog‘liq. Bu o‘z o‘rnida geokimyoviy jarayonlarning makonda differensiatsiyalanishiga, qo‘yingehi tuproq hosil boMishiga undaydi.
Tuproqlar geografiyasida tuproq - geokimyoviy va tarixiy - geologik yo‘nalish V.A.Kovdaning tadqiqotlarida rivojlantirilgan. U tuproq hosil bo‘lishining bir qancha evolyutsion bosqichlarini ajratgan: 1. Gidroakkumulyativ (subakval, suv osti, amfibial), ya’ni moddalaming ijobiy mutanosibligi bosqichi. 2. Gidrobioakkumulyativ (gidromorf, kapillyar - gidromorf, superakval), ya’ni mexanik akkumulyatsiyasiz, biroq moddalaming geokimyoviy va bioiogik akkumulyatsiyasi mavjud bosqich. 3. Mezogidromorf (poligidromorf), ya’ni grunt suvlaridan kuchsiz yoki ma’him davrlarda moddalaming geokimyoviy oqimi va ularning biogen akkumulyatsiyasi bosqichi.
4. Moddalarning biogen akkumulyatsiyasi va suv tartibi bilan yuvilgan qadimgi gidromorf reliktli paleogidromorf bosqich. 5. Moddalar muvozanatining hozirgi eol turlariga ega boMgan qadimgi gidromorfizm kam izqoldirgan proterogidromorf bosqich. 6. O‘z kesmasida qadimgi gidromorfizmning hech qanday belgilarini qoldirmagan avtomorf (bioakkumulyativ) bosqich. 7. Moddalarning ko‘pgina qismi mexanik tarzda chiqarib tashlangan tog‘ - eroziya bosqichi.
Albatta, bular qadimgi suv bosgan tekisliklardagi tuproq evolyusiyasining umumiy ko‘rinishi xolos, biroq ular geografik jihatdan juda keng tarqalgan.
Mezorelyef va mikrorelyeflar elementlari bo‘yicha tuproq- laming tarqalish qonuniyatlarini S.A.Zaxarov (1927) tuproq qator- larining topografik analoglari deb ataydi. Uning mohiyati shun- daki, har bir tuproq zonasida tuproq qoplami tarkibi har xil, biroq relyef elementlari bo‘yicha tuproqlaming tarqalishi analogik xarak- terga ega: relyefning yuqori elementlarida genetik mustaqil (avto- nom) tuproqlar tarqalgan bo‘lib, boshqa hudud (qism)laridan farq- lanadi, qaysiki boshqa, ya’ni relyefning salbiy elementlarida genetik qaram (bo‘ysinuvchi) tuproqlar odatda ko‘pchilikni tashkil etadi.
Xulosa shundan iboratki, tuproq qoplami tuzilishi va tarqalishi joyning litologik - geomorfologik tuzilishi hamda tarixiy - geologik rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir, bu tuproqlar geografiyasida muhim ahamiyatga molik qonuniyat sifatida e’tirofga loyiqdir.
Tog‘ii hududlarda tuproq zonalligining balandlik (vertikal)

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə