Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Qutbiy mintaqaning tabiiy - iqlimiy sharoiti va tuproq zonalari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə32/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
geologiya edu print (1)

28.Qutbiy mintaqaning tabiiy - iqlimiy sharoiti va tuproq zonalari
Qutbiy mintaqa quruqlikning 13 % ini ishg‘ol etgan bo‘lib, hududning 2/3 qismidan ortig‘i Antarktida, Grenlandiya va boshqa orollardagi muzliklar bilan qoplangan. Mintaqaning chegarasi shimoliy qutbiy doiradan shimolroqdan o‘tadi: Kanada arxipelagi, Kara darvozasi, Osiyoning qutbiy chekkasi hamda Grenlandiyada 60° shimoliy kenglikgacha (sh.k.) tushadi. Janubda esa qutbiy mintaqa 53° janubiy kenglikgacha (j.k.) yetib boradi, Antarktida esa unchalik katta bo‘lmagan muzdan holi hududlarnigina egallaydi.
Ushbu mintaqa chegarasida ikkita: Yevrosiyo va Shimoliy Amerika tuproq oblastlari ajratiladi hamda ulaming o‘zi tabiiy sharoiti xarakteri jihatidan yana ikkita: Arktika tuproqlari zonasi hamda Subarktikaning tundra tuproqlari zonalariga bo'linadi.
Arktika va Subarktika tundrasining umumiy maydoni 180 mln gektarga yaqin. Bundan tashqari MDNning tog'li rayonlarida 160 mln. gektarga yaqin tundra tuproqlari mavjud.


29.Arktika tuproqlari zonasi
Ushbu mintaqa Shimoliy Muz okeanining 75° sh.k. dan shimol- dagi orollami, shuningdek, Rossiyaning shimolidagi Shimoliy Yer, Yangi Yer, Frans-Iosif Yeri, De-Long orollarida, Novosibirsk orollarida, Taymiming Shimoliy qirg‘oqlarida (Chelyuskin ko‘rfa- zida) tarqalgan. Bundan tashqari Shimoliy Amerikada (Kanada Arkti­ ka arxipelagida), Grendlandiyada va boshqa joylarda keng tarqalgan.
Zona iqlimi juda sovuq, davomli, radiatsiya balansi yiliga 6 kkal/sm2 dan ortmaydi. Yillik o‘rtacha harorat -10 -14 °C, qishki harorat -25 -31 °C, Grenlandiya -46 °C gacha yetishi mumkin.
Yozda o‘rtacha sutkalik harorat +5 °C dan ortmaydi. Sovuqsiz
75
kunlar yiliga atigi 12-14 kunni tashkil etadi, yog‘in miqdori 150 mm atrofida bo‘lib, yozda ham qor tarzida yog‘adi.
Zona relyefi uchun muz va abraziya (sohilda dengiz to‘lqinlari ta’sirida hosil bo‘lgan zinapoyasimon shakllari xarakterli.
Muzlikdan hoii bo‘Igan hududlarda tuproq hosil qiluvchi jinslar tarkibida mayda silliqlangan toshli ellyuvial, qisman sho‘rlangan dengiz va muz yotqiziqlari asosiy o'rinni egallaydi.
Tuproq hosil bo‘lishiga bu mintaqada yana dengizdan tuzlaming shimilishi va kuchli shamollar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 0 ‘simliklari kam va siyrak bo‘lib, asosan mox va lishayniklar hamda ko‘k - yashil suvo‘tlardan iborat. 0 ‘simlik qoplami sovuqdan hosil bo‘lgan yoriqlar, qurishi tufayli hosil bo‘lgan yoriqlar ya boshqa genezisdagi kichik depressiyalarda tarqalgan bo‘lib dengiz sathidan 100 m balandlikda o‘simlik qoplami deyarli bo'lmaydi o‘simliksiz (yalang) grunt 70-95% ni egallaydi.
Arktika zonasining eng shimolida o‘zining .gumus qatlamining yo‘qligi bilan arktika tuproqlaridan farqlanuvchi arktikaning cho'I tuproqlari tipi uchraydi.
Arktika zonasida gidromorf tuproqlardan botqoq - arktika tuproqlari uchrab, ularning gleyli va gleysiz turlari ajratiladi. Yozda
tuproq yuzasining bir necha santimetrigacha erib, bilqillama botqoqqa aylanadi.

30.Subarktikaning tundra gleyli va loyli gumusli tuproqlari zonasi


Subarktika zonasi arktikaningjanubida joylashgan va Shimoliy Muz okeanining janubiy chekkalarini hamda undagi orollarni ham •o‘z ichiga oladi. Yevropada Nordkap oqimi tufayli juda kambar holda qutb doirasidan shimolroqda joylashgan, Osiyoda kengayib, 60° sh.k. gacha yetib keladi.
Zona iqlimi nisbatan sovuq va davomiyligi bilan farqlanadi.
Quyosh issiqligi kam, yiliga 10-20 kkal/sm2 dan ham oz. O‘rtacha yillik harorat 12 °C dan past. Yanvar oyining o'rtacha harorati g‘arbdan sharqqa pasayib boradi (Kola yarim orolida -8 -10 °C, Sharqiy Yevropa tundrasida -20 °C, Sibiming qurg‘oqchil hudud- larida -37 °C), Shimoliy Amerikada -30 °C ni tashkil etadi, 10 °C dan yuqori bo‘lgan harorat yig‘indisi -400-600°. Sovuqsiz kunlar 2-3 oy davom etadi, asosiy vegetatsiya davri 50 kun atrofida, yog‘in miqdori g‘arbdan (400 mm) sharqqa (150-250 mm) tomon kamayadi, markazda yanada kam yog‘adi (100-150 mm).
Subarktika zonasining katta hududida tekislik relyef shakllari hukmron bo‘lib, asosan yassi to‘lqinsimon yoki qir-tepa yuzalardan iborat.
Muz-qor, dengiz, allyuvial va ko‘l yotqiziqli turli granulomet- rik tarkibli, ba‘zan toshli va mayda silliqlangan toshli to‘rtlamchi davr hamda hozirgi zamon muzlik yotqiziqlar asosiy tuproq hosil qiluvchi jinslar hisoblanadi.
Tundra zonasi o‘simliklarining muhim xarakterli hususiyati o‘rmonlaming yo‘qligidir. Shu bois „tundra” - so‘zining (fincha, korelcha) ma’nosi ham о ‘rmonsiz joy demakdir.
Tundra zonasi o‘simliklari tarkibida mox, lishaynik va suvo‘tlari ustuvorlikga ega bo‘lsa-da, yana butachalar, o‘tsimon o‘simliklar ham qisman uchraydi. 0 ‘simliklar xarakteri bo‘yicha ushbu zonada: arktik

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə