Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə25/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
geologiya edu print (1)

Tuproq taksonomiyasi. Tuproq tipi asosiy taksonmik birlik.
Har qanday boshqa tabiiy obyektlar singari, tuproqlarni tizimli ravishda ta’riflash va o‘rganishda tadqiqot ko‘lamiga bog‘liq boTgan u yoki bu obyektni qanday darajada aniqlashga erishishni oldindan belgilash zarur. „Tuproq” so‘ziga yana nimanidir, ya’ni ushbu holatda aynan qanday tuproq ekanligini belgilaydigan qandaydir tushunchani qo‘shish lozim. Tuproq tizimining ushbu vazifasi taksonomik birliklar tizimi yoki bilish (ko‘rib chiqish) darajasi yordamida yechiladi.
Taksonomiya” so‘zi grekcha „taxis” - tuzilma, tartib yoki lotincha „takso” - baholayman va „nomos” - qonun demakdir.
Taksonomik birliklar (taksonlar)- bu qandaydir obyektlar tizimida sinf, daraja yoki o'mini ko‘rsatadigan, ulaming batafsillik yoki aniqlik darajasini belgilaydigan, tasniflash yoki tartibga solish birliklaridir. Tuproqshunoslikda taksonomik birliklar - tabiatda mavjud tuproq guruhini tasvirlaydigan, ketma-ketlikda bir-biriga teng tobe bo'Igan (bo‘ysunilgan) tizimli toifalaridir.
Hozirgi zamon taksonomiyasining negizida tuproq tipi to‘g‘risidagi Dokuchayevning ta’limoti yotadi, keyinchalik bu tuproq tipi va tuproq paydo bo‘lish jarayonining tipi haqidagi ta’limotlarda o‘z rivojini topgan.
Tip - deyarli bir xildagi tuproq paydo bo‘lish jarayonlari kechadigan hamda o‘xshash tabiiy - geografik sharoitlarda katta maydonlarda shakllangan aniq tuproqlardir. Tuproq tiplarining eng muhim belgilari: 1) tuproqda to‘planadigan organik moddalar va ular parchalanish, o‘zgarish jarayonlarining deyarli bir xil bo‘lishi; 2) tuproqdagi mineral va organik-mineral moddalar sintezidagi jarayonlarning bir xilligi; 3) moddalar migratsiyasi; 4) tuproq kesmasi tuzilishining bir xilda bo‘lishi hamda 5) tuproq
unumdorligini oshirish va saqlab qolishga qaratilgan tadbirlarning yagona yo‘nalishda olib borilishi kabilar hisoblanadi.
Tabiiy sharoitga bog‘liq bo‘Igan tuproqning ichki asosiy xossaiariga qarab tiplar odatda ekologik-genetik sinflarga birlash- tiriladi. Ana shunday xossalarga tuproqning issiqlik tartibi, tuproq paydo boTishining bioenergetik xususiyatlari va atmosfera yog‘inlariga ko‘ra tuproq - suv tartibining o‘zgarishi singarilar kiradi. Tuproqning ekologik - genetik sinflari bilan dehqonchilik, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligining o‘ziga xos geografik xususiyatlari bog‘liq bo‘ladi.
Har bir ekologik — geografik tiplar sinfidagi tuproqlar 4 ta genetik qator (avtomorf, yarimgidromorf, gidromorf, qayir- allyuvial)ga bo‘linadi. Tuproqlarning gidrologiyasiga asoslangan bu qatorlar qishloq xo'jaligida tuproqlardan samarali foydalanishda katta amaliy ahamiyatga ega.
Hozir O‘zbekistonda tuproqlarning 22 tiplari va 59 tipchalari (B.V.Gorbunov, N.V.Kimberg, 1962) ajratilgan. Ulaming ba‘zilari avvaldan ma’lum va yaxshi o‘rganilgan bo‘lsa-da, ayrimlari kam tadqiq qilingan. Tuproqlar tizimli tartibida tuproq tipidan quyi (past) bo‘lgan taksonomik birliklar: tipcha, avlod (rod), tur, xil va razryadlar ham ajratiladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə