Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Geografik zonalar to‘g‘risidagi ta’limot



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə28/33
tarix08.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#109012
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
geologiya edu print (1)

25.Geografik zonalar to‘g‘risidagi ta’limot
Geografik (tabiiy) zonallik to‘g4risidagi ta’limot geografiya fanlaridagi eng batafsil ishlab chiqilgan ta’limotlardan hisoblanadi.
Shuning uchun uni tabiiy geografiyaning negizini tashkil etishi orqali tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
Kenglik issiqlik mintaqalari to‘g‘risidagi tasavvurlaming antik davrlarda yuzaga kelgani ma’lum. Biroq, u tabiatshunoslar dunyo bo'ylab sayohatlarda ishtirok eta boshlagan XVIII asr oxirlarida ilmiy yo‘nalishga aylandi. So‘ngra XIX asming birinchi yarmida bu ta’limotning rivojlanishiga Aleksandr Gumboldt katta hissa qo‘shdi.
U o‘simlik va hayvonot dunyosini iqlim bilan bog‘liklikda kuzatdi hamda balandlik mintaqalanishi hodisasini kashf etdi. Shunday bo‘lsa-da, zamonaviy ko'rinishga ega geografik zonalar to‘g‘risi- dagi ta’limot XIX asr bilan XX asr chegarasida, V.V.Dokuchayev- ning tadqiqotlari natijasida shakllandi. Olim mazkur ta’limotning ko‘pchilik tomonidan tan olingan asoschisi hisoblanadi.
V.V.Dokuchayev zonallikni quruqlikda va dengizda, tekislikda va tog‘da ham bir xilda namoyon bo‘ladigan tabiatning umumiy qonuni sifatida asoslab bergan.
(iqlim, suv, grunt, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi) uzviy munosabatda bo‘lgan haqiqiy majmui tuzilma hisoblanadi.
V.V.Dokuchayev tomonidan geografik zonalarni yaxlit bir butun tabiat majmuasi sifatida ochib berilishi geografiya fani tarixidagi eng muhim voqealardan biri bo'ldi. Shundan so‘ng bir necha o‘n yiiliklar davomida geograflar uni yanada mukammalashtirish va aniqlashtirish ishlari bilan shug‘ullandilar.
XX asrning 40-60 - yillari ushbu ta’limotning rivojlanishida yangi bosqich bo‘ldi va u akademiklar L.S.Berg va A.A.Grigor- yevlarning nomlari bilan bevosita bog‘liq. L.S.Berg yettita tabiat zonasi, shuningdek, mamlakatning tog‘ landshaftlariga batafsil ta’rif bergan. Olim Yeming geografik qobig‘ida hammasi bo‘lib 13 ta tabiat zonasini ajratgan.
A.A.Grigoryev tadqiqotlari zonallik omillarini va tabiiy- geografik jarayonlar hamda geografik zonalarning ichki tuzilmasini aniqlashga bag‘ishlangan. U geografik zonalarning shakllanishiga yillik radiatsiya balansi va yillik yog‘inlar miqdori hamda ularning birligi hal etuvchi ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga keldi. Shunga tayangan holda, 1956 yilda A.A.Grigoryev va M.I.Budiko geografik qobiq tuzilmasining asosida yotuvchi geografik zonallikning davriylik qonunini ta’riflab berdilar. Aynan mana shu tuzilmada A.A.Grigoryev ikkita eng yuqori gradatsiya - mintaqalar (harorat omili bo‘yicha) va zonalarni (issiqlik va namlik muvozanatiga ko‘ra) ajratdi. Yer yuzida u jami 9 ta mintaqa va 24 zonani ajratgan.
. Quruqlikda zonallikning namoyon boMish ko‘lamiari juda keng. U iqlim, o‘simlik va hayvonot dun­ yosi, tuproq qoplamini o‘z ichiga oladi.
Geografik mintaqa geografik qobiqning eng yirik zonal hisoblanib, issiqlik sharoitlarining umumiyligi bilan tavsiflangan holda, asosan kenglik bo‘ylab cho‘ziladi. Yer yuzida jami 13 ta mintaqa ajratilgan. Geografik zonalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular geografik qobiqning nisbatan yirik bo‘limi bo‘lib, geografik mintaqalaming issiqlik sharoitlari bilan namlikning muayyan umumiyligiga ega qismlari hisoblanadi. Yerdagi geografik zonalar soni turlicha belgilanadi. Masalan, rossiyalik tabiiy geograflar har bir mintaqada ikki yoki undan ortiq, jami 34 ta zonani ajratadilar.
Zonallik qonuniyatidan tashqari Yerning barcha qismida namoyon bo‘ladigan azonallik va intrazonallik qonuniyatlari ham aniqlangan. Bunga misol tariqasida balandlik mintaqalari (vertikal zonallik)ni keltirish mumkin, u quruqlikning balandligiga va balandlikka bog‘liq ravishda issiqlik muvozanatining o‘zgarishiga bog‘liq. Bir landshaft turining ikkinchisi bilan almashinishi uchun yetarli darajadagi balandliklar farqiga ega muayyan masofadagi yonbag‘irlaming mavjudligi - bunday mintaqalanishning yuzaga kelishi uchun zaruriy shart hisoblanadi. Shuni ham eslatish joizki, hududning zonal tabaqalanishi, odatda uning sektorlar bo‘yicha taqsimlanishiga bog‘liq. Umumlashtirilgan tarzda aytadigan bo‘lsak, so‘z kenglik zonalligi turlicha namoyon bo‘ladigan quruqlik va okean yoni sektorlari to‘g‘risida bormoqda. Masalan, okean yoni sektorlari uchun quruqlik sektorlarga nisbatan o‘simlik dunyosining turli-tumanligi va mahsuldorligi xos.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə