Geologiyasi


 KON VA UYUMLARNING SANOAT MIQYOSIDA



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə241/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   273
Geologiyasi (1)

17.4. KON VA UYUMLARNING SANOAT MIQYOSIDA 
O’ZLASHTIRISH UCHUN TAYYORLANGANLIGI 
Neft va neft-gaz konlarini ishlatish loyihalarini tasdiqlash, kon ob’ektlari, sanoat
inshootlari qurilishiga kapital mablag’larni ajratish kon (uyum) bo’yicha neft va
yonuvchi gazlarning B va C
1
toifali zaxiralari Davlat Zaxiralar Komissiyasida
tasdiqlangandagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda konning ayrim guruhlari
uchun qayd qilingan toifalarning quyidagi o’zaro nisbati belgilanadi.
I guruhga
geologik tuzilishi oddiy, maydon va kesim bo’ylab mahsuldor qatlam
qalinligi va kollektorlik xususiyatlarining turg’un (yaxshi saqlangan)ligi bilan
tavsiflanuvchi konlar kiradi. Bu guruhdagi konlar uchun B toifa bo’yicha yangi
rayonlarda kamida 30%, neftgaz qazib olish sanoati rivojlangan rayonlarda kamida
20% zaxiralari razvedka qilingan bo’lishi kerak.
B toifadagi razvedka qilingan zaxiralarni belgilangan foizlarga nisbatan asossiz
ko’p bo’lishi maqsadga muvofiq emas.
II guruhga
geologik tuzilishi murakkab, maydon va kesim bo’ylab mahsuldor
qatlam qalinligi va kollektorlik xususiyatlarining o’zgaruvchanligi bilan
tavsiflanuvchi konlar kiradi.
Bu guruhdagi konlar uchun B toifali zaxiralarni aniqlash razvedka
ishlarining narxi qimmatligiga ko’ra maqsadga muvofiq emas. Loyihalarni tasdiqlash
va kon ob’ektlari, sanoat inshootlarining qurilishiga kapital mablag’larni ajratish S
1
toifali zaxiralar asosida ruxsat etiladi.
Ikkala guruhga tegishli konlarni ishlatish va ularni jihozlash Davlat Zaxiralar
Komissiyasi bilan kelishilgan holda «O’zbekneftgaz» MXK da tasdiqlangan va
tezkor hisoblangan zaxiralar asosida amalga oshiriladi.
Ishlayotgan neftuzatgichlar, gazuzatgichlar va neft konlari yaqinida joylashgan
va olinadigan zaxiralari 5 mln. tonnagacha bo’lgan neft va neft-gaz konlari Davlat
Zaxiralar Komissiyasi bilan kelishilgan holda tezkor hisoblangan zaxiralar asosida
uch yil muddatga ishga tushirilishi va keyinchalik zaxiralarni hisoblab, ularni Davlat
Zaxiralar Komissiyasida tasdiqlatilishi zarur.
Sanoat miqyosidagi neft zaxiralariga ega bo’lmagan gaz konlari (uyumlari)
bo’yicha:
a) yangi rayonlarda joylashgan kon ob’ektlari va sanoat inshootlarining qurilishi
bo’yicha loyihalash va qidiruv ishlarini bajarish hamda kon(uyum)lardan tajriba-
sanoat miqyosida foydalanish loyihasini tuzish tezkor hisoblangan B+C
1
toifadagi
gaz zaxiralari va C
2
toifadagi zaxiralarning 50 % asosida bajariladi.
b) kon(uyum)larni ishlatish loyihalarini tasdiqlash, kon ob’ektlari va sanoat
inshootlari qurilishiga kapital mablag’larni ajratish faqat Davlat Zaxiralar
Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan B+C
1
toifali zaxiralar mavjudligida amalga



379
oshiriladi. Bunda geologik tuzilishi oddiy, mahsuldor qatlam qalinligi va kollektorlik


xususiyatlari o’zgarmas bo’lgan, I guruhga mansub konlar uchun kamida 20%
zaxirasi B toifa bo’yicha razvedka qilingan bo’lishi, geologik tuzilishi murakkab,
mahsuldor qatlam qalinligi va kollektorlik xususiyatlari o’zgaruvchan bo’lgan, II
toifaga mansub konlar uchun loyihalarni tasdiqlash va kon ob’ektlari, sanoat
inshootlarini qurilishiga kapital mablag’ ajratish C
1
toifali zaxiralar asosida ruxsat
etiladi.
v) ishlab turgan gazuzatgichlar yaqinida joylashgan kon(uyum)larni uch yil
muddatga tezkor hisoblangan zaxiralar asosida ishga tushirish va keyinchalik
ularning zaxiralarini hisoblab Davlat Zaxiralar Komissiyasida tasdiqlatish zarur.
I guruhga mansub konlardagi B toifali zaxiralar miqdori, neft va yonuvchi gazlar
zaxiralari tasnifida (1983 y.) ko’rsatilgan zaxira miqdoridan kam bo’lganda neft yoki
gaz qazib olish korxonalarini loyihalash va qurish ehtimoli Davlat Zaxiralar
Komissiyasida zaxiralar tasdiqlangandan so’ng hal qilinadi.
Davlat Zaxiralar Komissiyasida tasdiqlangan neft va yonuvchi gazlar zaxiralari
asosida foydalanishga topshirilgan ko’p qatlamli konlarda yangi intervallar va
yuqorida yotuvchi qatlamlarda zaxiralar aniqlangan bo’lsa, ulardan foydalanishda
kon ob’ektlarini va sanoat inshootlarini qayta tiklashga katta hajmdagi qo’shimcha
kapital mablag’lar ajratilishi shart emas. Uyumlarni ishlatish quduqlarni burg’ilash
ma’lumotlari bo’yicha bajarilgan tezkor hisoblangan zaxiralar asosida amalga
oshirilishi mumkin.
Ishga tushirilgan neft va gaz kon(uyum)lari bo’yicha zaxiralarni yanada
yuqoriroq toifalarga o’tkazish foydalanish quduqlarini burg’ilash va ularda
tadqiqotlar o’tkazish chog’ida to’plangan ma’lumotlar, zarur hollarda esa qo’shimcha
burg’ilangan razvedka quduqlari ma’lumotlari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.



380


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə