Geologiyasi


-bob  SANOAT AHAMIYATIGA MOLIK NEFT ZAXIRALARINI



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə242/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   273
Geologiyasi (1)

18-bob 
SANOAT AHAMIYATIGA MOLIK NEFT ZAXIRALARINI 
HISOBLASH METODLARI 

18.1. HAJMIY METOD 

Neft zaxiralarini hisoblashning hajmiy metodi keng tarqalgan bo’lib, undan neft


qatlamining ishlatishning turli rejimlarida va uni razvedka qilishning har qanday
bosqichida foydalanish mumkin.
Asosiy hajmiy metoddan tashqari, hozirgi vaqtda uning amalda kam
qo’llaniladigan turli variantlari mavjud bo’lib, ularga hajmiy- statistik, hajmiy-
og’irlik, maydoniy va izochiziqli variantlardir.
Hajmiy-statistik
variant
kam miqdorda neft berayotgan (nefti tugayotgan) qatlam
bo’yicha neft beraolish koeffitsientini neftga to’yinganlik koeffitsientiga
ko’paytirilganidan foydalanishga asoslangan. Bu ko’paytma
g’ovak hajmidan 
foydalanish koeffitsienti
deb ataladi va u neftga to’yinganlik koeffitsienti va neft
beraolish koeffitsientlarini alohida aniqlash qiyin bo’lgan, geologik tuzilishi bo’yicha
shunga o’xshash yangi konlarda neft zaxiralarini hajmiy metodda hisoblash uchun
qabul qilinishi mumkin.
Hajmiy-og’irlik varianti
neft shaxta usuli bilan qazib olinayotgan, gravitatsiya
rejimida bo’lgan qatlamlar hamda ochiq usul bilan ishlanayotgan neftli qatlamlar
uchun qo’llaniladi. Bunday hollarda nefti bor bo’lgan qatlam hajmini va qatlam
hajmi birligida neft miqdorini bilaturib neft zaxirasini aniqlash mumkin.
Maydoniy variant
mazmuni nefti kamayib borayotgan mahsuldor maydonning
birlik ulushidan va neftga to’yingan 1 m qalinlikdan olingan zaxiralarni aniqlash va
olingan qiymatlarni geologik tuzilishi bir xil bo’lgan maydonga ekstrapolyatsiya
qilishdan iborat. Bu variant neft zaxiralarini bashorat qilish (ya’ni, neft zaxiralari
toifasiga kirmaydiganlarini hisoblash) uchun qo’llaniladi.
Izochiziqli variant
hajmiy metod formulasining asosiy ko’rsatkichlaridan
foydalanishdan iborat. Bunday ko’rsatkichlar yoki alohida, yoki ularning ayrimlarini
ko’paytmasidan foydalaniladi va burg’ quduqlar joylashgan planda grafik usulda
foydali qazilma miqdorini tavsiflovchi izochiziqlar bilan tasvirlanadi.
Masalan, hajmiy metod formulasidan quyidagi ko’rsatkichlar guruhi olinadi:
ushbu burg’ quduq uchun qiymatlar ko’paytmasi hm

va

q (belgilarni
pastroqdan ko’ring), shu bilan birga q mahsuldor qatlam uchun doimiy qiymat
hisoblanadi. Keyin hm

qiymatning izochiziqlari chiziladi va izochiziqlar
orasidagi o’rtacha qiymatni (

) tegishli maydon f va q qiymatga ko’paytiriladi.
Natijada zaxiralar kelib chiqadi
Q=q

f

.
(18.1)
Izochiziqlar varianti neft zaxiralarini hisoblash ishlarida keng qo’llanilmadi.
Hajmiy metoddan foydalanishda neft qatlam g’ovaklarida joylashganligi asos
qilib olinadi. Qatlam g’ovaklarining hajmini neftli qatlamning geometrik o’lchamlari
va ularni tashkil qiluvchi jinslarning g’ovakliligi orqali aniqlash mumkin.
Neft zaxiralarini hisoblash uchun quyidagi formula qo’llaniladi:



381
Q=Fhm



,
(18.2)
bunda Q

olinadigan neft zaxirasi, t; F

neftli maydon yuzasi, m
2
; h

neftga
to’yingan qatlamning qalinligi, m; m

neftli jinslarning ochiq g’ovaklilik
koeffitsienti;


neft bera olish koeffitsienti;


yer yuzasiga chiqarilgan neftning
zichligi, t/m
3
;


neft kirishishini qayta hisoblash koeffitsienti:

=1/b (b

qatlam
neftining hajmiy koeffitsienti).
Neft zaxirasini hajmiy metod bilan hisoblashda quyidagi ma’lumotlar zarur:
a) belgilangan zaxiralar toifalarini asoslash, ya’ni gorizontning ustki qismi
bo’yicha hisoblash planida

struktura xaritasida zaxiralar chegarasini belgilash,
quduqni sinash yoki quduqni sinov ishlatish natijalarini shartli belgilarda planda
tasvirlash;
b) gorizontning yoki qatlamning foydali qalinligi va uning g’ovakliligi hamda
hisoblash uchun qabul qilingan dastlabki va o’rtacha qiymatlar olinishi va asoslanishi
metodikasi haqida burg’ quduqlar bo’yicha daliliy ma’lumotlar;
v) neft tahlili va uni yer yuzasiga olib chiqilganda neftning kirishishi hamda gaz
omili haqidagi ma’lumotlar;
g) qatlam bosimi, to’yinish bosimi va kondagi gorizont temperaturasi haqidagi
daliliy ma’lumotlar:
d) gorizont rejimi, kollektor tipi va uning xossalari haqidagi ma’lumotlar.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə