Geologiyasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə245/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   273
Geologiyasi (1)

18.2-rasm. Ikki o’tkazuvshan 
qatchalarning 
foydali 
qalinligi 
yig’indisi xaritasini foydali qalinlik 
xaritasi 
ustiga 
qo’yib 
tuzish 
metodikasiga misol. 
Foydali qalinlik
izoshiziqlari: 1 – birinshi qatcha; 2 –
ikkinshi qatcha; 3 – foydali qalinlik
yig’indisi izoshiziqlari



386
bo’lganda), ikkinchisida esa bu qiymat 0,5 dan kam (kollektorlar fatsial


almashinganda) ekanligi topiladi, ulardan foydalanib A
PQ
=0,5 qiymatli nuqtani topish
mumkin; bu nuqta ko’rilayotgan burg’ quduqlar orasidagi kollektorlarning tarqalish
chegarasi holatini aniqlaydi.
Demak, kollektorlarning tarqalish chegarasi parametr qiymati A
PQ
=0,5 bo’lgan
nuqtadan o’tishi haqqoniy bo’ladi, chunki bu nuqtaning holati qatlamning
kollektorlik xususiyatining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan geoelektrik
tafsilotlarining o’zgarishini hisobga olib aniqlangandir.
Yuqorida bayon etilgan metod karbonatsiz terrigen jinslardan tarkib topgan
qatlamlar uchun qo’llanganda eng yaxshi natijalar beradi; bu qatlamlarda nisbiy
qarshilik anomaliyasi va kollektorlik xususiyatlari orasidagi bog’liqlik eng aniq
namoyon bo’ladi. Karbonatliligi yuqori yoki darzli kollektorlarda bu metodikadan
foydalanib bo’lmaydi, chunki bu qatlamlarning salbiy qarshilik PS anomaliyasi
jinslarning kollektorlik xususiyatlarini aniqlovchi miqdoriy o’lchovi (mezoni)
bo’laolmaydi. Agar kollektor qalinligining o’zgarishida qonuniylik aniqlangan
bo’lsa,
unda
qalinlik
qiymati
o’zgarishi
ma’lumotlaridan
foydalanib,
interpolyatsiyani qonuniylik aniqlangan uchastkadan boshlash kerak. Bu usul, ya’ni
qalinlik o’zgarishidagi qonuniylikni hisobga olib interpolyatsiya qilish eng ishonchli
hisoblanadi.
Qalinlik o’zgarishi qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar yo’qligida maydonni
razvedka qilinganlik darajasini hisobga olish kerak. Uni razvedka qilish bosqichida
(hattoki maydonni razvedka qilishning yakuniy bosqichida) faqat nochiziqli
interpolyatsiyani qo’llash kerak. Razvedka ishlari tamom bo’lgandan so’ng (ishlatish
quduqlarini burg’ilash bosqichida) chiziqli interpolyatsiyani (nolga) yoki maydon
bo’ylab qatlamning kollektorlik xususiyatlarini o’zgarish qonuniyatlari haqidagi
ma’lumotlar bo’yicha interpolyatsiyani o’tkazish kerak.
Jinslar fatsial o’zgaruvchan bo’lganda va kollektorlar kollektor bo’lmagan jinslar
bilan fatsial almashinganda (18.3

rasm), yuqorida ko’rsatilganidek, nochiziqli
interpolyatsiyani o’tkazish kerak. Agar jinslar nisbatan fatsial va o’zgaruvchan
qatlam aralash-quralash tuzilishga ega bo’lsa (kollektorlar joylashishiga nisbatan) u
holda litologik xarita tuziladi. Bu holda har qaysi quduq ma’lumotlari bo’yicha
kollektorning joylashish chegarasi o’tkaziladi, bunda kollektor qalinligi qo’shni
quduqqacha bo’lgan masofaning yarmisigacha ekstrapolyatsiya qilinadi yoki qatlam
qalinligining o’zgarish gradienti hisobga olinadi. Natijada ushbu quduq atrofidagi
yoki bir necha quduqlar guruhi atrofidagi kollektorning tarqalishini ifodalovchi lokal
maydonlar chegaralanadi. Har qaysi bunday maydon uchun o’rtacha arifmetik
qalinlik aniqlanadi (agar uchastka o’lchamlari katta bo’lsa, u holda bunday maydon
uchun izopaxit xaritasi tuziladi va ushbu uchastka maydoni bo’yicha kollektor
qalinligi o’rtacha qiymati aniqlanadi). Maydon yuzasi qiymatini o’rtacha qalinlikka
ko’paytmasi ushbu uchastkadagi qatlam hajmini aniqlashga imkon beradi. Ayrim
uchastkalar hajmlarining yig’indisi litologik xaritada qayd qilingan qatlamning to’liq
hajmini ifodalaydi.



387
Agar litologik xaritada har xil turdagi jinslar


ko’rsatilgan
bo’lsa,
(masalan,
qumtoshlar
va
alevrolitlar) u holda bunday jinslarning hajmlari
alohida hisoblanadi. Litologik xaritalar yordamida
har xil turdagi kollektorlar uchun zaxiralarni
hisoblashda ularning har birini neft beraolishlik
koeffitsientini hisobga olish muhimdir.
Gaz
uyumlaridan
foydalinishda
ishlatish
quduqlari orasidagi masofa neftli uyumlardagiga
nisbatan uzoq olinadi, shuning uchun ham gaz
uyumlari
hollarida
razvedka
va
ishlatish
burg’ilashining har qanday bosqichida ikkita qo’shni
quduqlar orasidagi kollektor qiyiqlanganda ularning
oralig’i interpolyatsiya qilinadi.
Kollektorlarning neft va gazga to’yingan foydali qalinligini ajratishda kern va
geofizika materiallarini muvofiqlashtirish kerak. Bunday muvofiqlashtirish kollektor
turini va quduqlar bo’yicha foydali qatlam qalinligini aniqlash hamda bu qatlamdagi
qalinlikdan gilli va suyuqlik o’tkazmaydigan qatchalar qalinligini hisobga olmaslik
imkonini beradi.
Karbonatli kollektorlarning neftga to’yingan qismining hajmini aniqlash eng
murakkab masalalardan hisoblanadi. Hozir mavjud metodlar karbonat kollektorlarda
lokal tarqalgan g’ovakli uchastkalarni etarli darajada to’g’ri aniqlanishini
ta’minlamaydi, shuning uchun bu maqsadda maxsus izlanishlar o’tkazilishi lozim.
Masalan, Ishimboy neft hududidagi rif massivlarining foydali hajmini (ya’ni, neft bor
bo’lgan qatlam hajmini) aniqlash uchun kern namunalarini o’rganish ma’lumotlariga
asoslanib quduq kesimida g’ovakli va g’ovakli bo’lmagan oraliqlarning o’zaro
nisbati (foizda) o’rganilgan.
V.I.Azamatov va N.M.Svixnushinlar kondagi 20 ta maydonlar bo’yicha
jinslarning mahsuldor hajmlarini solishtirish yo’li bilan hisoblab chiqdilar. Unga
ko’ra agar litologik xarita usuli bo’yicha hajm hisobini 100% deb qabul qilinsa, u
holda o’rtacha arifmetik usulda hisoblangan hajm alohida olingan maydonlar
bo’yicha 92-134% ni, chiziqli interpolyatsiyada 84-102% ni, nochiziqli
interpolyatsiyada 73-93% ni tashkil qiladi.
SHunday qilib, o’rtacha arifmetik usul bilan hisoblangan hajm qiymati litologik
xaritalar
yordamida
hisoblanganidan
8-34%
ga
farq
qiladi;
nochiziqli
interpolyatsiyada esa hajm qiymati 7-27% ga, chiziqli interpolyatsiyada

2-16% ga
pasayadi.
V.I. Azamatov va V.A.Badyanovlar mahsuldor jinslarning hajmini hisoblashda
umumiy-statistik kesimlar tuzish metodini taklif qildilar. Metodning mohiyati
quyidagicha: to’g’ri burchakli koordinatalar tizimida ordinata o’qi quduqning
mahsuldor qismining chuqurligiga to’g’ri keladi. Abstsess o’qi bo’yicha esa quduqlar
soni (foizlarda) qo’yiladi; ularda quduq kesimida joylashgan mahsuldor oraliqlar
konditsion (neftga to’yingan) kollektordan iborat bo’ladi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə