Geologiyasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə247/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   273
Geologiyasi (1)

18.4-rasm. Maydonning umu-
miy-statistik kesimi
(N.M.Svix-
nushin, V.I.Azamatov bo’yisha)
Ochiq g’ovaklilik 
koeffitsienti (m) quduq kesimida mahsuldor qatlam joylashgan
oraliqdan olingan jins namunalarini o’rganish natijalari bo’yicha aniqlanadi. Bu
holda qatlam g’ovakliligini to’la tavsiflash uchun qatlamning maydon bo’ylab
tarqalishi hamda uning qalinligi bo’yicha ma’lumotlar bo’lishi zarur. Odatda bunday
ma’lumotlar etarli miqdorda bo’lmaydi, shuning uchun g’ovaklilikni aniqlash uchun
kon-geofizika metodlari tadqiqotlaridan foydalaniladi.
Buning uchun oldin kernni o’rganish ma’lumotlarini geofizik metodlar natijalari
bilan taqqoslash zarur (kesimning bir oralig’i bo’yicha), oradagi tafovutlarni
aniqlash, ularning sabablarini belgilash va geofizik ma’lumotlardan ishonchli
foydalanish imkoniyatlarini aniqlash kerak.
Quduqlar suv-neftli zonada burg’ilangan hollarda g’ovaklilik geofizik
ma’lumotlar bo’yicha qatlamning neftli va suvli qismlarida aniqlangan bo’lsa,
qatlamning suvli qismida aniqlanganing ishonchliroq deb hisoblash zarur.
G’ovaklilikning bu qiymatlari kesimning neftli va suvli qismlarining litologik-fizik
xususiyatlari aynan o’xshash bo’lgan sharoitlarda qatlamning neftga to’yingan
qismiga o’tkazilishi mumkin.
Uyum bo’yicha g’ovaklilikning o’rtacha qiymatini hisoblashda turli variantlar
qo’llanilishi mumkin, chunonchi: qatlam hajmi bo’yicha o’rtacha qiymatni aniqlash,
barcha quduqlardan olingan namunalar soniga ko’ra, ayrim quduq va uyum
ma’lumotlari bo’yicha g’ovaklilikning o’rtacha qiymatini aniqlash va h.k.
U yoki bu variantni tanlash g’ovaklilikni maydon va kesim bo’ylab o’zgarish
dinamikasiga, quduqlar soni va ularning joylashishiga, g’ovaklilik qiymatini har
qaysi quduq bo’yicha aniqlash soniga bog’liq.
18.5-rasm. Qumtosh va alevrolitlar hajmini aniqlash 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə