Geologiyasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə249/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   273
Geologiyasi (1)

Neftga to’yinish koeffitsienti 


bu koeffitsientni aniqlash 7-bob, 7.2. mavzuda
mufassal ko’rilgan.
Neft bera olish koeffitsienti 


kollektorning litologik-fizik xususiyatlariga,
qatlamni to’yintiruvchi neft xususiyatlariga, konni ishlatish sur’ati va tizimlariga,
konni ishlatish metodlari va h.k.larga bog’liq. Uning qiymati ma’lum darajada qatlam
rejimi va neftni siqib chiqaruvchi omil xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Qatlam fazali o’tkazuvchanligiga ko’ra, uning hajmiga nisbatan 20% natijasida
qatlamdagi g’ovak hajmidan neftni yer yuzasiga chiqarib bo’lmaydi, hatto neft
olishni jadallashtirish metodlari va konni ishlatishning ikkilamchi metodlari
qo’llaganda ham neftni deyarli ajratish imkoni bo’lmaydi. Laboratoriyada bajarilgan
tajriba ishlari shuni tasdiqlaydi.
Neft bera olish koeffitsienti qiymati odatda qatlam rejimiga bog’liq holda
o’zgaradi:

samarador suvbosimli rejim uchun ......................................... 0,65-0,8

tarang

suvbosimli rejim uchun ............................................. 0,5-0,7

gaz qalpog’ining samarador rejimi uchun .............................. 0,4-0,6

gaz qalpog’ining samarador bo’lmagan rejimi uchun ........... 0,4 gacha

erigan gaz rejimi uchun .............................................................. 0,2-0,4

gravitatsion rejim uchun ............................................................. 0,1-0,2
AQShning bir qator formatsiyalarida joylashgan va bir xil tuzilishga ega bo’lgan
kollektorlarning neft bera olish koeffitsientining qiymatlari quyidagicha o’zgaradi:
erigan gaz rejimi uchun

0,14-0,32; gaz bosimli rejim uchun

0,18-0,40 va suv
bosimli rejim uchun

0,30-0,66.
O’zbekiston Respublikasidagi Farg’ona, Surxondaryo va Buxoro-Xiva neft-gazli
oblastlarda neft bera olish koeffitsienti suv bosimli rejimda 0,1-0,3 (Tergachi koni),
0,25-0,32 (Voriq), 0,32-0,35 (Mirshodi koni) o’zgarishi aniqlangan.
Neft bera olish koeffitsienti qiymati, odatda, yoriqli va litologik tarkibi har xil
bo’lgan kollektorlarga nisbatan tarkibi bir xil qumli kollektorlar uchun yuqori
bo’ladi.



392
O’zbekiston Respublikasi va AQSh konlarida qatlamga ikkilamchi ta’sir etish


natijasida yakuniy neft bera olishlik qatlamga suv haydalganda uning boshlang’ich
balans zaxirasidan o’rtacha 20%ga, gaz haydalganda esa

10%ga ko’paygan.
Kubandagi konlarning sharqiy guruhi bo’yicha erigan gaz rejimida (suv bosimli
rejim nosamarador bo’lganda) neft bera olishning o’rtacha koeffitsienti 0,41 ni
tashkil qilgan. Qatlamga havo haydab ta’sir etilganda neft bera olish koeffitsientini
0,5 gacha oshirishga, ya’ni deyarli 22%ga ko’paytirishga erishildi.
Demak, neft bera olish koeffitsienti qiymati strukturada quduqlarning joylashish
to’ridagi zichligiga bog’liq. Odatda, quduqlar to’ridagi zichlik kamayganda (ayniqsa
har xil tarkibli kollektorlar uchun) uning qiymati ham kamayadi.
Qatlamga ikkilamchi ta’sir etilganda neft bera olishlik koeffitsienti qiymati
uyum tabiiy sharoitlardagi rejimda ishlayotganiga qaraganda bir muncha yuqori
bo’ladi.
Shunday qilib, neft bera olish koeffitsienti qiymatini tanlashda quyidagilarni
hisobga olish kerak: o’xshash zaxirasi tugayboshlagan neft uyumlarini ishlatish
tajribalari; qatlamning ish rejimi, qatlamga ta’sir etish metodi (agar u qo’llanilsa),
quduqlarning joylashish zichligi, qatlamning litologik-fizik tavsiflari va qatlam
sharoitlaridagi neft va gazning xususiyatlari. Qatlamni ishlatilib bo’linganligini va
aniqlangan neft bera olish koeffitsienti qiymatini nazorat qilish uchun qatlamni
so’ngan qismidan kernlar olish va ularni tahlil qilish zarur.
Neft zichligi 

- neft zaxiralarini hisoblashda odatda laboratoriyada standart
sharoitlarda (20

S da) aniqlangan neft zichligi qabul qilinadi. Hisoblash uchun bir
qator quduqlar bo’yicha neft namunalari olinadi va ular tahlil qilinadi, so’ngra qatlam
bo’yicha o’rtacha qiymat olinadi. Agar katta chuqurlikdan olingan neft
namunalaridan aniqlangan ma’lumotlar bo’lsa, yer yuzasiga chiqarilgan
sharoitlardagi neft zichligi (

) o’rniga, qatlam sharoitlaridagi zichlik (

qa
) olinishi
mumkin. Bu holda neft zaxiralarini hajmiy metod bilan hisoblaganda, qayta
hisoblash koeffitsienti (

)ni formulaga kiritilmaslik kerak.

o’rniga

qa
/1+r

ifoda yoziladi:
p
ka
r
1
ρ
ρθ


,
(18.14)
bundan
100
ρ

r
г
x
p

,
(18.15)
bunda r
r

gaz omili, t/t; r

ushbu qatlam bosimida neftdagi erigan gaz miqdori,
m
3
/t;

h

havo zichligi, 1,293 kg/m
3
ga teng;

g

gaz zichligi, kg/m
3
.
Qayta hisoblash koeffitsienti 
(

)

qatlam neftining hajmiy koeffitsientiga teskari
qiymat (b) bo’lib zamindagi neft zaxiralarining hisoblangan miqdorini yer yuzasidagi
standart sharoitlarga keltirish uchun kiritiladi. Qatlam neftining hajmiy koeffitsienti
qatlam neftidan olingan namunalarni laboratoriya tahlili natijalari yoki maxsus
grafiklar (7-bob, 7.2. mavzuga qarang) bo’yicha aniqlanadi.


393


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə