Gerbert Spenser hayoti va faoliyatiga nazar. G. Spenserning falsafiy qarashlari. Bilish muammosi. Jamiyat va tarixga Spenserning munosabati



Yüklə 212,08 Kb.
səhifə3/5
tarix28.04.2023
ölçüsü212,08 Kb.
#107343
1   2   3   4   5
Gerbert Spenser hayoti va faoliyatiga nazar. G. Spenserning fals

Gerbert Spenser


Gerbert Spenser falsafiy qarashlari. Bilish muammosi.
Spenser о‘zining «Asosiy boshlang‘ichlar» nomli asarida bilish tо‘g‘risidagi fikrlarini ilgari suradi. Bu asarning «Bilib bо‘lmaydigan» nomli bо‘limida olamni bilib bо‘lmasligini ta’kidlaydi. Olamning kelib chiqishi, rivojlanishi va qanday kuch tomonidan yaratilganligi masalalari dinda ham, fanda ham о‘z yechimini topa olmadi.
Bu savollarda, Spenser fikricha, inson tafakkuri anglamaydigan fikrlar yotadi. Diniy ta’limotni olamning xudo tomonidan yо‘qdan bor qilinganligi haqidagi g‘oyasi, Spenser uchun quruq safsatadir. Panteizm ta’limotidagi olamning cheksizligi va doimiy rivojlanishda ekanligi haqidagi fikrlar olim uchun fan tomonidan isbotlangan dalillardir.
Shunday qilib, Spenser ham din, ham fan tomonidan olamning asosida yotgan kuchni bilib bо‘lmaydi, degan xulosaga keladi. Shuningdek, Spenser makon va zamon, harakat, bо‘linuvchanlik, ong tushunchalari ziddiyatlarga tо‘la ekanligini ham asoslab beradi. Ichki ziddiyati bor narsa haqida biz «ha» ham, «yо‘q» ham deya olmaymiz. Spenser shunday metafizik, agnostik xulosaga keldi. Spenser ham fanlarning tasnifini beradi. U Kontning fanlar tasnifini bir oz о‘zgartirib, kengaytirib beradi. Spenser fanlarni uch turga bо‘ladi: 1) mavhum fanlar: matematika, mantiq; 2) mavhum-aniq fanlar: mexanika, fizika, ximiya; 3) aniq fanlar: astronomiya, geologiya, biologiya, psixologiya, sotsiologiyaga bо‘ladi.
Spenser makon va zamonni mavhum kuchning kо‘rinishi deb hisoblaydi. Makon, zamon va mavhum kuchlar birgalikda materiyani tashkil qiladi.
«Materiya ziddiyatga tо‘la bо‘lganligi uchun fan nuqtai-nazaridan aniq va mutlaq ma’lumotga ega bо‘la olmaymiz. Biz materiya haqida faqat nisbiy bilimga egamiz», - deydi Spenser. Makon va zamon, Spenser fikricha, nisbiy reallikdir, uning mavjudligi boshqa bir mutlaq, mavhum reallikning borligidan dalolat beradi. narsalar makon va zamonda mavjuddirlar. Makon narsalarning bir-biriga nisbatan joylashishi, zamon esa narsalarni birin-ketin sodir bо‘lishidir.
Spenser biz his qilgan olamdan tashqari, his-tuyg‘ularimizdan tashqaridagi obyektiv olam ham mavjud, deydi, Spenser «Psixologiya asoslari» asarida Berkli, Yumning qarashlarini tanqid qiladi. Berklining «Gilos va Filonus о‘rtasidagi suhbat» asarini tanqidiy о‘rganib, Gilosning Filonusga bergan javoblariga yangicha ma’no kiritadi. Agar Berklida Gilos va Filonus о‘rtasidagi suhbat butun borliqni inson his-tuyg‘ularining yig‘indisi, degan fikrga olib kelsa, Spenser talqinida bu suhbat boshqacha hal qilinadi, ya’ni moddiy olamni obyektiv mavjud ekanligini kо‘rsatadi.
Spenser fikrlar bizning ongimizga moddiy olam ta’sir qilganligi uchun paydo bо‘ladi, moddiy olamning inson organizmiga bir xildagi ta’sir qilishi bir xildagi fikrlar oqimini yuzaga keltiradi, deydi. Spenserning bu fikri materialistlarning fikr va sezgilarning in’ikos sifatidagi tasavvuriga о‘xshaydi, ya’ni bilishda in’ikos nazariyasini rad etmaydi. Umuman olganda, Spenserning falsafiy dunyoqarashiga XIX asrda tabiiy fanlarning rivojlanishi katta ta’sir kо‘rsatadi.
Spenser konsepsiyasining xarakterli xususiyati shundan iboratki, uning fikricha, evolyusiyaning «о‘z chegarasi bо‘lib, u bundan oshib о‘tolmaydi». Bu chegara tizimlarning tengligidan yoki evolyutsionlashgan tartibdan iborat bо‘lib, qachonki qarshilik kо‘rsatuvchi barcha kuchlar tenglashganda vujudga keladi. Spenserning о‘zi quyidagicha misol keltiradi: jamiyatdagi konservativ va progressiv kuchlarni tenglashtirish zarurati uni о‘rganishning ijtimoiy ma’nosini yaqqol kо‘rsatib beradi. Biroq Spenser tenglikni mutloq deb hisoblamaydi. Spenser fikricha, tenglikni о‘rnatish bilan о‘zgarishlar jarayoni tugamaydi, ertami yoki kechmi yana tenglik holatiga intilish boshlanadi. Muvozanat saqlovchi muntazam harakatdagi tartib odatda tashqi kuchlar tufayli yuzaga keladi, biroq qachonki о‘rnatilgan muvozanat eski tizim о‘rnini bosa olsa, shundagina kerakli natijani bera oladi. Lekin vujudga kelgan holatni alohida tizim yо‘nalishidagi, qaytarilmaydigan holat deb hisoblab bо‘lmaydi, chunki u boshqalardan farq qilmaydi. «Harakatlar soni va materiya soni bilan doimiy tengligi» dan kelib chiqib, tortish va itarish kuchining sur’ati doimiy ekanligini tan olish mumkin: «Evolyusiya va tugallanish davrlari о‘zaro almashinib turadi. О‘tmishda bir qator shunday evolyusiyalar mavjud bо‘lib, ular hozirgi vaqtdagi evolyusiyaning ayni hisoblangan va kelajakda ham xuddi shunga о‘xshash evolyusiyaning qaytarilishini kutish mumkin, ular ham о‘ziga xos tarzda va hamisha о‘zining turli xildagi konkret tomonlari bо‘yicha tantana qilishi mumkin, degan xulosaga kelib chiqadi».
Shunday qilib, Spenser aylanishning qadimgi qoidasiga qaytadi. Bu qoida hamisha u yoki bu tashqi о‘zgarish bilan falsafa tarixiga kirib kelgan. Spenser tomonidan umumiy shaklda ishlab chiqilgan evolyutsiya g‘oyasi biologiya, psixologiya, sotsiologiya va axloqda qо‘llanilmoqda. Biologiya qonunni о‘rganuvchi, kо‘rsatilgan barcha sohalar ichida asosiy fan hisoblanadi. Spenserning farazi bо‘yicha, hayotning barcha murakkab oliy darajadagi ruhiy va ijtimoiy jarayonlari oxir oqibatda biologik qonunlar bilan yakunlanadi. U shunday о‘ziga xos mexanik biomorfizm kо‘rinishida о‘tadi.
Spenser ta’limotining о‘ziga xosligi, bizningcha, XIX asrning 40-yillaridagi biologiya fani erishgan katta yutuqlar bilan ifodalanadi. Haqiqatdan ham, 1838 yilda G.Shleyden о‘simlik hujayrasini kashf etdi (R.Guk ushbuni Shleydendan 200 yil oldin kashf etgan bо‘lsa ham, bu kashfiyot «О‘z davri sharoiti sababli yuzaga chiqmay qolib ketgan»), 1839 yilda T.Shvann hayvonlar hujayralarining о‘ziga xosligini asoslab berdi, 1843 yilda A.Kelikker tuxumdan xuddi hujayradagidek katta hayvonlarning barcha a’zolari rivojlanib chiqishini kо‘rsatib berdi. Agar о‘sha vaqtdagi siyosiy iqtisodda mehnat taqsimotining rivojlanish g‘oyasi keng tarqalganini hisobga olinsa, (1827 yilda Mili Edvarde buning isboti sifatida hayvon tanasi moddalarining turli-tumanligidan foydalanib, ushbu biologik jarayonda mehnat taqsimotining umumiy qonunini nazarda tutgan) Spenserning biologizmi yetarli darajada tushunarli bо‘ladi. Spenserning fikricha, hayot bu «ichki munosabatlarning tashqi munosabatlarga tinmay moslashishidan iborat». Spenserning biologiya va psixologiya sohasidagi ishlari о‘sha davrdagi fikr va kuzatishlar uchun о‘ziga xos ahamiyatga ega bо‘ldi. Spenser tabiiy tanlash haqidagi CH.Darvin ta’limotining о‘zigina organizm rivojlanishining barcha muammolarini hal qila olmasligini bilsa ham, lekin uni qо‘llab-quvvatlaydi. Spenser G‘oyalarining eng muhimlaridan biri – individuumning shakllanishi sekin-asta barcha tо‘plangan tajriba asosida aniqlanadi, degan fikrdir.

Yüklə 212,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə