Gerbert Spenser hayoti va faoliyatiga nazar. G. Spenserning falsafiy qarashlari. Bilish muammosi. Jamiyat va tarixga Spenserning munosabati



Yüklə 212,08 Kb.
səhifə5/5
tarix28.04.2023
ölçüsü212,08 Kb.
#107343
1   2   3   4   5
Gerbert Spenser hayoti va faoliyatiga nazar. G. Spenserning fals

Pozitivizm
Pozitivizm falsafasi XIX asrning tabiiy fanlari rivojlangan davrda shakllandi. Bu fanlarning umumiy usullari va xulosalarini birlashtirib yangicha talqin qilish asosida yangi pozitiv falsafa yaratildi. Bu falsafaning asosiy vazifasi fanlarning eng umumiy metodologiyasi bо‘lishdir. Falsafaning din va mifologiya bilan bog‘liq bо‘lgan dunyoqarash xususiyati istisno etiladi. Pozitivizm о‘zining fanlar tasnifiga sotsiologiya va psixologiyadan tashqari boshqa ijtimoiy fanlarni hatto kiritmadi ham. Pozitivistlar falsafaning metodologiya sifatidagi vazifasini e’lon qilishdi, lekin bu jarayonni ochib berishda ziddiyatlarga uchradilar. Metodologiya bu bilishning har hil usullarini ishlab chiqadigan nazariyadir. Bu nazariyani Spenser rivojlantirar ekan, jiddiy qarama-qarshiliklarga uchradi. Falsafada eng muhim masala hisoblangan olam asosida nima yotadi, dunyo qanday yaratilgan, degan savollarga aniq javob yо‘qligini tak’kidlaydi. Shu masalada agnostitsizm pozitsiyasiga о‘tdi. Fanning, jumladan falsafaning bilish doirasi cheklanganligini kо‘rsatdi.
Shunday qilib, pozitivizm bilishni kо‘kka kо‘targan bо‘lsa-da, pirovard natijada о‘zi boshi berk kо‘chaga kirib qoldi. Insonning bilish imkoniyatlarini chegaralangan deb hisobladi. Mutloq haqiqat о‘rniga faqat nisbiy haqiqatni tan oldi. Bundan tashqari, pozitivizm falsafasida ijtimoiy jarayonlarni о‘rganishda sodda biologik uslublarni qо‘llash keng tus oldi. CH.Darvinning biologik turlarning rivojlanishi nazariyasini jamiyatning о‘ziga xos qonunlarini e’tiborga olmagan holda tadbiq qilindi. Bu keyinchalik sotsial darvinizm oqimining vujudga kelishiga sabab bо‘ldi. Inson hayotining ruhiy tomonlari soddalashtirildi, soxtalashtirildi. Ruhiy kuchni pozitivistlar mavhum, bilib bо‘lmaydigan kuch deb atadilar. Uni inkor qilmasalar-da tushuntirib berish mumkin emasligini ta’kidladilar. Kishilik jamiyatining hayvonot olamidan sifat jihatdan farq qilishini ham tushuntirib bera olmadilar. Pozitivizm falsafasini о‘rganar ekanmiz, bir narsa yaqqol kо‘zga tashlanadi. Agar falsafani faqat fan deb talqin qilinsa, uning dunyoqarash tomonlari nazarga olinmasa, falsafiy masalalar doirasi nihoyatda chegaralanib qoladi, boshi berk kо‘chaga kirib qoladi. Hozirgi zamon jamiyatining rivoji ijtimoiy jarayonlarning murakkab ekanligini, ularni soddalashtirish va soxtalashtirish mumkin emasligini kо‘rsatadi. Inson, uning ma’naviy, ruhiy hayoti hozirgi jamiyatda ijtimoiy fanlar ahamiyatini va ularning tutgan о‘rnini ravshanlashtirmoqda. Ayniqsa, pozitivizm chetlab о‘tgan tarixning nihoyatda muhim ahamiyati kо‘zga tashlanmoqda. Tarixni о‘rganishda uni jonsiz dalillar majmuasi sifatida emas, balki inson qalbi orqali о‘sha davrni his qilish, bu hissiyotlarni axloqiy-ma’naviy tomonlarini jamiyatni tushunishda katta ahamiyatga ega ekanligini kо‘rsatish lozimdir. Davlatimiz siyosati ham tarixni va ma’naviyatni shunday nuqtai nazardan chuqur о‘rganishga da’vat etmoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

  1. Тарих фалсафасининг назарий асослари/ Н. Жураев; Масъул му\аррир С. Шурмух.аммедов. — Т.: «Маънавият», 2008. — 464 б.

  2. Maxmudov T. Tarix falsafasi va metodologiyasi. O‘quv uslubiy qo‘llanma. Samarqand, 2021.

Internet saytlari

  1. www.ziyonet.uz

  2. www.philosofy.ru

  3. http//www.falsafa.dc.uz

Yüklə 212,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə