Gerbert Spenser hayoti va faoliyatiga nazar. G. Spenserning falsafiy qarashlari. Bilish muammosi. Jamiyat va tarixga Spenserning munosabati


Gerbert Spenser hayoti va faoliyatiga nazar



Yüklə 212,08 Kb.
səhifə2/5
tarix28.04.2023
ölçüsü212,08 Kb.
#107343
1   2   3   4   5
Gerbert Spenser hayoti va faoliyatiga nazar. G. Spenserning fals

Gerbert Spenser hayoti va faoliyatiga nazar
Gerbert Spenser 1820 yil 27 aprelda Angliyaning Darbi shahrida о‘qituvchi oilasida tug‘iladi. Yoshligidanoq u Londonning Birmingem temir yо‘l qurilishida injener lavozimida ishlaydi. 1846 yilda Gerbert Spenser injenerlik faoliyatini tashlab, «Ekonomist» jurnali xodimi bо‘lib ishlaydi, yozuvchilikdan topgan daromadiga yashaydi. Gerbert Spenserning evolyusion g‘oyalari XIX asrning 30-yillarida shakllanadi. Spenserning yirik asari «Sotsial statika» 1850 yilda nashrdan chiqarildi. Bu asarda Spenser organik rivojlanishni ijtimoiy taraqqiyotga tadbiq qiladi. Taraqqiyotni «mukammal baxtga intilish ilohiy g‘oyasi» sifatida talqin qiladi. Bunday talqindan keyinchalik voz kechib, taraqqiyotning mexanistik talqiniga о‘tadi. О‘zining «Rivojlanish gipotezasi» nomli maqolasida Spenser barcha tirik jonzotlarni tabiiy yо‘l bilan kelib chiqishini qat’iy ta’kidlamasa ham, ularni ilohiy kuch tomonidan yaratilishi g‘oyasini shubha ostiga oladi. Tabiatni ilohiy yaratilishi fikrini olim sifatida tan olmadi.
Jamiyat taraqqiyotiga nisbatan Spenser mashhur biolog Beromning tabiatdagi barcha jonzotlarni bir turdan har xil turlar kelib chiqishi haqidagi g‘oyasiga tayanadi. Tabiatdagi barcha narsalarning asosida qandaydir bir sirli kuch yashiringanini tan oladi. Bu kuchni fan orqali bilib bо‘lmasligini ta’kidlaydi. Shunday qilib, Spenser tabiat va jamiyatni tushunishda ruhiy jarayonlarni va ruhiy kuchni tan olmadi. Ruhiyat о‘rniga maxsus fanlarga xos bо‘lgan biologik va mexanistik kuchni kiritdi. Bu kuch asosida yotgan ilohiylikni bilib bо‘lmaydigan sir deb e’lon qildi.
1860 yilda Spenserning «Sintetik falsafa» nomli 10 jilddan iborat asari nashrdan chiqadi. 1862 yilda uning «Boshlang‘ich asoslar» nomli asarida biologik, psixologik, axloqiy qarashlari berilgan. Undan tashqari, Spenserning «Aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya» nomli asari ham bor. 3 jildlik «Tajribalar» asari ham nashrdan chiqqan. G.Spenser 1903 yilda vafot etadi.


Ilova




Yüklə 212,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə