Gerbert Spenser hayoti va faoliyatiga nazar. G. Spenserning falsafiy qarashlari. Bilish muammosi. Jamiyat va tarixga Spenserning munosabati


Jamiyat va tarixga Spenserning munosabati



Yüklə 212,08 Kb.
səhifə4/5
tarix28.04.2023
ölçüsü212,08 Kb.
#107343
1   2   3   4   5
Gerbert Spenser hayoti va faoliyatiga nazar. G. Spenserning fals

Jamiyat va tarixga Spenserning munosabati
Spenser sotsiologiyasining mohiyati – bu jamiyatning hayot jarayoniga moslashuvi, jamiyatning tirik organizm kabi tabiiy yо‘l bilan vujudga kelishi va rivojlanishidan iborat. Bundan shunday muhim xulosa kelib chiqadi: jamiyat va uning institutlarini har qanday sun’iy tashkil etishga urinishi yoki jamiyatni sun’iy yо‘l bilan qayta qurilish - bu amalga oshmaydigan ish; Spenser «jamiyat о‘zicha rivojlanadi, lekin u sun’iy asar emas», «konstitusiyalar yaratilmaydi, о‘zi yetishib chiqadi» kabi fikrlarni keltiradi va muntazam takrorlaydi.
Spenser tarixda buyuk kishilarning hal etuvchi roli haqidagi fikrni butunlay inkor qiladi. Hatto monax ham о‘zi boshqarayotgan jamiyatni о‘zgartirishga ojizlik qiladi. «U vaqtincha buzishi, boshqarishning tabiiy jarayonini tutib turishi yoki unga yordam berishi mumkin, biroq umumiy jarayon harakati ustidan hukmronlik qila olmaydi». Buyuk kishilar jamiyat taqdirini belgilamaydilar, balki ular ham «buyuk kishilar kabi ushbu jamiyat mohiyatining mahsulidirlar». Spenser fikricha, jamiyat strukturasi va uning siyosiy shakllari, jamiyat hayoti xususiyatlari va xalq xarakteri bilan yoki aniqroq qilib vytganda, uni tashkil etuvchi individuumlar bilan belgilanadi: «...Xalq xarakteri – bu birinchi boshlang‘ich siyosiy shakl manbaidir». U о‘z navbatida ushbu xalqning atrof-muhitdagi shart-sharoit bilan о‘zaro munosabati jarayonida vujudga keladi, о‘zgaradi va yashash uchun kurashishga, yaxshiroq bir tarzda moslashishga qaratilgan kuch bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, Spenser sotsiologiyasining asosi о‘zining nazariy mazmuni bо‘yicha ziddiyatlidir. Bir tomondan, Spenser jamiyat rivojlanishini tabiiy sababiy bog‘lanish jarayoni sifatida kо‘rib chiqishga harakat qilib, tarixni buyuk shaxslar hal qilishi haqidagi fikrga qarshi chiqadi, sotsial о‘zgarishlarning hal qiluvchi omilini ayrim shaxslar ixtiyori va faoliyatidan emas, balki mamlakatning barcha odamlari harakatidan qidirish kerakligini tan oladi. Bunday xulosalar Spenserning ilmiy an’analar izidan borganidan dalolat beradi. Yuqorida bayon qilingan qarashlarning о‘zi shunday xulosaga kelishga asos bо‘la oladiki, jamiyatning sinflarga bо‘linishi va ekspluatatsiya qiluvchi sinflar soni xalq xususiyatidan kelib chiqadi va tо‘liq bunga javob beradi. U ta’kidlaydiki, «vassallar tomonidan sadoqat ruhi bо‘lmaganida, feodal tizimi hech qachon mavjud bо‘lmas edi». Spenserning ijtimoiy hayotni biologik iboralar asosida tushuntirib, ijtimoiy rivojlanishni haqiqiy qonunchilik nuqtai-nazaridan tahlil qilinishini chetlab о‘tishga urinishi ilmiy munosabatda samarasiz bо‘lib hisoblanadi. Sotsiologiyada «yashash uchun kurash» tamoyilining keng tarqalishi yangi sotsiologik oqim uchun zamin tayyorlaydi. Bu «darvinizm sotsiologiyasi» deb nomlanadi va sinfiy notenglikni yoqlash uchun xizmat qiladi. Spenser sotsiologiyasining oshkora apologetik xarakteri organizmning funksiyalari hamda ijtimoiy guruhlar va tashkilotlararo о‘zaro о‘xshashlikni о‘rnatishga bо‘lgan harakatini namoyon etadi. Masalan, boshlang‘ich shilliqlik va suyuqlikning rivojlanishi orasida shunday о‘xshashlik borki, buning natijasida oziqlantiruvchi apparat va organizmning asab-muskul va suyak tizimi shakllanadi va bu jamiyatda sо‘zlashuv va hayot uchun zarur muloqotni ta’minlash uchun hizmat qiladi. Spenser shunday deydi: «qonli yuklama pulga borib» bu «sotsial organizmning turli qismlari о‘zi uchun zarur oziq-ovqat uchun kurashadi va uni о‘z faoliyatining kо‘p yoki kamligiga qarab kо‘p yoki kam miqdorda oladi». Bu mulohazalar zarracha ilmiy qadrga ega emas va ular faqat mavjud bо‘lgan jamiyat va uning barcha institutlarini oqlash, abadiylashtirish uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy evolyutsiyaning yо‘nalish va kelajagi haqida gapirar ekan, Spenser jamiyatni ikki xil turga ajratadi. Birinchisi davlat hokimiyatiga bо‘ysunuvchi xarakterga ega bо‘lgan harbiy tizimga asoslangan zо‘ravonlik (despotizm), ikkinchisi - davlat hokimiyati huquqlari minimumga keltirilgan va gо‘yoki shaxs ozodligi va faoliyatini ta’minlaydigan sanoat tizimidir. Spenser sotsializmga qarama-qarshi ijtimoiy evolyutsiyaning kelgusi bosqichi sifatida jamiyatning uchinchi bosqichini tashkil etuvchi erkin iqtisodiy munosabatlarning yuzaga kelishi ehtimolini e’tirof etadi.


Yüklə 212,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə