Vilgehn Georg Fridrix
Rosher
(1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi hisoblanadi.
1843-yilda u
«Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa
asoslari»
kitobini chiqardi. Iqtisodiy qonunlaming obyektivhgini rad qilish bu
ta’limotning o'zagidir.
Rosher
tarixiy flziologik
deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu usul kapitalizm
taraqqiyotining prusscha yo‘lini, unga xos bo‘lgan feodal sarqitlami (dehqonlaming
yer egalariga bo‘ysunishi, hunar- mandlarning uyushmalariga va tabaqalariga xos
cheklashlarini) tarixan oqlashdan va ko‘klarga ko‘tarib maqtashdan, faktlami
to‘plashdan va shu faktlami tarixiy o'xshashliklar asosida izohlashdan iborat.
Rosher o'zining nazariy qoidalarida qiymatni iste’mol qiymatidan (foydalilikdan)
iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste’mol uchun mo‘ljallangan har qanday
mehnatni tushundi.
Tarixiy maktab g'oyalarini
Karl Knis
(1821-1892) jon-jahdi bilan o‘rgandi. 1853
yilda uning
«Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod»
kitobi bosilib chiqdi.
Bu
kitobda
u
mazkur
maktabning
qarashlarini
himoya
etish
va
muntazamlashtirishga harakat qildi. K.Knis alohida iqtisodiy qonunlar yo‘q, faqat
doimo va hamma joyda amal qiladigan tabiiy qonunlar bor deb da’vo qildi.
Uning fikricha, siyosiy iqtisod faqat iqtisodiy hodisalami tasvirlab berishi
mumkin, u nazariy umumlashmalami berishga qodir emas. Knis millat turmushining
iqtisodiy sharoitlari uchun individ (shaxs), jamiyat va davlatning mas’uliyatini
eklektik (qorishma) tarzda birlashtirmoqchi bo'ldi.
1848-yilda
Bruno Gildebrand
(1812-1878)
«Hozirgi zamon va kelajakning
siyosiy iqtisodi»
kitobini e’lon qildi. Bu kitobda u
F.
Engelsning
Dostları ilə paylaş: |