Qisqacha xulosalar
F.List va tarixiy maktab namoyandalari o'z asarlari
va uslubiyatlari bilan
Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar.
List asarlarining betakrorligi va ilmiy ahamiyati xo'jalik siyosiy muammolarini
chuqur tahlil qilishda hamda kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish
qiyinchiliklarini oldindan ko'rsatib berishda o'z o'mini topadi. F.Listning traktati
to'rtta asosiy kitobdan iborat bo'lib,
«Tarix», «Nazariya», «Sistemalar»
va
«Siyosat»
deb nomlanadi. Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini
o‘rganib, zarur xulosalar chiqaradi. Ikkinchi kitob olitnning iqtisodiy qarashlarining
nazariy asoslarini ko‘rsatib beradi. Uchinchi Idtobda List
siyosiy iqtisodning bir
nechta tizimlarini ko‘rib chiqadi. Jumladan, merkantilistlar,
fiziokratlar tizimlari
bilan bir qatorda sanoat tizimi mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi.
B.
Gildebrandning «Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi» va
K.Knisning «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» nomli kitoblari nashr
qilinishi iqtisodiy ta’limotlar tarixida tarixiy maktab o‘mini mustahkam belgilab
berdi.
Shunday qilib, tarixiy maktab vakillari tarixiy rivojlanish ketma- ketligini e’tirof
etib, iqtisodiy qonunlami e’tibordan chetda qoldirdilar. XIX asming 70-yillarida
iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida bir nechta nazariy maktablar vujudga keldiki, ular
o‘z maqsad, vazifalari va uslubiyatlari bilan o'zaro farq qilar edilar. Germaniyadagi
yangi tarixiy maktab ham xuddi ana shunday ya’ni, yangi yo‘nalishni
ilmiy
asoslashga harakat qilgan va klassik nazariyotchilami ayovsiz tanqid qilgan nazariy
maktablardan biri edi.
Ushbu maktab iqtisodchilari klassiklar fikriga qarshi iqtisodiy qonunlaming
nisbiy, tarixiylik nuqtayi nazaridan vaqtincha ekanligini hamda ijtimoiy va tabiiy
faktorlarga mos ravishda shartli ekanligini ko‘rsatib berdilar.
Shuningdek,
klassiklaming «iqtisodiy inson» g'oyalari ham tanqid qilinib, undagi insonlaming
xo‘jalik faoUyati — xulqiga xos kechinmalari (ijtimoiy manfaat, oilaviy
g‘amxo‘rlik, mehribonlik,
burchni his etish, urf-odatlar va boshqalar) e’tibordan
chetda qolma- ganligini alohida ta’kidladilar.
Vanihoyat, ular klassik maktabga xos bo‘lgan abstraksiya va deduksiya
uslublaridan keng foydalanish, o‘z
navbatida, ilmiy kuzatish va induk- siya
uslublaridan yetarli foydalanmaslikka asosiy sabab ekanligini ko‘rsatib berdilar.
Haqiqatan ham, yangi tarixiy maktab olimlari qo‘llagan iqtisodiyot fanidagi
yangicha tarixiy usullar ushbu maktab erishgan ijobiy yutuqlarga
asosiy sababchi
edi.
Dostları ilə paylaş: