Germaniyadagi tarixiy maktab Reja



Yüklə 431,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/26
tarix21.05.2023
ölçüsü431,19 Kb.
#111775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
79547-Germaniyadagi tarixiy maktab

«yuksak benuqson tiplar»
konsepsiyasini ilgari surdi. 
Yuksak va benuqson tip - bu o'z mohiyatiga ko'ra olim shakllantirgan kon- kret 
faktlar va u yoki bu xalqning tarixiy rivojlanish jarayonlarini tushuntirib berishi 
uchun tuzadigan muayyan sxemasidir. M.Veber- ning XV-XVI asrlarda 
Yevropaning xo'jalik burihshiga deformatsiya- ning ta’siri sohasidagi izlanishlari 
fanda juda katta iz qoldirdi. Bu izlanishlaming markazida 
«Protestant etikasi va 
kapitalizm ruhi» 
asari turadi. Ma’lum ma’noda Veber Zombart amalga oshira 
olmagan ishni, ya’ni fundamental tarixiy-iqtisodiy asami yaratdi. Bu kitob sayo- 
xatchining kelajak haqidagi yozuvlari emas, balki kosmosdan turib kuzatishi edi. 


Qisqacha xulosalar 
F.List va tarixiy maktab namoyandalari o'z asarlari va uslubiyatlari bilan 
Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar. 
List asarlarining betakrorligi va ilmiy ahamiyati xo'jalik siyosiy muammolarini 
chuqur tahlil qilishda hamda kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish 
qiyinchiliklarini oldindan ko'rsatib berishda o'z o'mini topadi. F.Listning traktati 
to'rtta asosiy kitobdan iborat bo'lib, 
«Tarix», «Nazariya», «Sistemalar» 
va 
«Siyosat» 
deb nomlanadi. Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini 
o‘rganib, zarur xulosalar chiqaradi. Ikkinchi kitob olitnning iqtisodiy qarashlarining 
nazariy asoslarini ko‘rsatib beradi. Uchinchi Idtobda List siyosiy iqtisodning bir 
nechta tizimlarini ko‘rib chiqadi. Jumladan, merkantilistlar, fiziokratlar tizimlari 
bilan bir qatorda sanoat tizimi mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi. 
B.
Gildebrandning «Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi» va 
K.Knisning «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» nomli kitoblari nashr 
qilinishi iqtisodiy ta’limotlar tarixida tarixiy maktab o‘mini mustahkam belgilab 
berdi. 
Shunday qilib, tarixiy maktab vakillari tarixiy rivojlanish ketma- ketligini e’tirof 
etib, iqtisodiy qonunlami e’tibordan chetda qoldirdilar. XIX asming 70-yillarida 
iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida bir nechta nazariy maktablar vujudga keldiki, ular 
o‘z maqsad, vazifalari va uslubiyatlari bilan o'zaro farq qilar edilar. Germaniyadagi 
yangi tarixiy maktab ham xuddi ana shunday ya’ni, yangi yo‘nalishni ilmiy 
asoslashga harakat qilgan va klassik nazariyotchilami ayovsiz tanqid qilgan nazariy 
maktablardan biri edi. 
Ushbu maktab iqtisodchilari klassiklar fikriga qarshi iqtisodiy qonunlaming 
nisbiy, tarixiylik nuqtayi nazaridan vaqtincha ekanligini hamda ijtimoiy va tabiiy 
faktorlarga mos ravishda shartli ekanligini ko‘rsatib berdilar. Shuningdek
klassiklaming «iqtisodiy inson» g'oyalari ham tanqid qilinib, undagi insonlaming 
xo‘jalik faoUyati — xulqiga xos kechinmalari (ijtimoiy manfaat, oilaviy 
g‘amxo‘rlik, mehribonlik, burchni his etish, urf-odatlar va boshqalar) e’tibordan 
chetda qolma- ganligini alohida ta’kidladilar. 
Vanihoyat, ular klassik maktabga xos bo‘lgan abstraksiya va deduksiya 
uslublaridan keng foydalanish, o‘z navbatida, ilmiy kuzatish va induk- siya 
uslublaridan yetarli foydalanmaslikka asosiy sabab ekanligini ko‘rsatib berdilar. 
Haqiqatan ham, yangi tarixiy maktab olimlari qo‘llagan iqtisodiyot fanidagi 
yangicha tarixiy usullar ushbu maktab erishgan ijobiy yutuqlarga asosiy sababchi 
edi. 

Yüklə 431,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə